Assalomu alaykum, yordam.uz saytimizga xush kelibsiz.
Bu saytda o`zingizni qiziqtirgan savollarga javob olishingiz va o`z sohangiz bo`yicha savollarga javob berishingiz mumkin. Bizning Oilamizga a'zo bo`lganingiz uchun chuqur Minnatdorchilik bildiramiz !!!

Beginner, Intermediate, Advanced va Senior Darajalari haqida

+5 ovoz
426 marta ko‘rilgan
so‘radi 11 aprel, 17 DelphiGuru (823 bal)
teglar o‘zgartirildi 11 aprel, 17 Saidolim
Beginner, Intermediate, Advanced yoki Senior deb ataymiz. Lekin bu darajalarni hammamiz yaxshi bilavermaymiz.

Misol uchun men, Beginner deganda boshlang'ich darajani tushunaman. Intermediate da esa, boshlang'ich bilimlarga ega bo'lgan lekin, juda yaxshi bilmiydigan insonni tushunaman. Va qolganlari shu tarzda oshib boraveradi.

1. Menga hozirda eng qizig'i, Java dasturlash tilida Beginner, Intermediate, Advanced va Senior darajalarida nimalarni bilishi kerak?! Ya'ni, nimalarni bilsa va qila olsa uni Advanced yoki Senior deyish mumkin?

Ba'zi kitoblarda Beginner, Intermediate deb bo'lib boblarga bo'lishadi. Ba'zida hatto Advanced darajasidagi example lar ham oddiy bo'ladi...

2. Iltimos, menga Java dasturlash tili bo'yicha shu darajalarga chiqish bo'yicha maslahatlar bersangizlar!

1 ta javob

+4 ovoz
javob berdi 18 aprel, 17 SedBigDaddy (1,237 bal)
tanlangan 20 aprel, 17 DelphiGuru
 
Eng yaxshi javob
Hozirgi paytda dasturchilar uch turga bo'linadi: Junior (Boshlang'ich), Middler (O'rta Tajribali) va Senior (O'ta tajribali).

1. Junior dasturchilar hozirda, tilniing assosiy sintaksisi, biznes logikani va Databaza bilan ishlashni bilishi kerak. Yana kamida, SVN yoki GIT bilan tanish bo'lishi kerak.

Middler Programmistlar, bular kamida bir yil tajribasi bor bo'gan Junior dasturchilar. Middler dasturchi bemalol har qanday loyihalar bilan ishlay olishi kerak.

Senior dasturchi bu kamida 5 yil tajribasi bor dasturchilardir. Ular har qanday loyihalarni boshidan boshlay oladi yoki kerak bo'lsa, boshqalar yozgan kodni bemalol o'qiy oladi va o'zgartira oladi. Senior dasturchilar ko'pincha loyihalarga bosh bo'luvchi kishi.

2. Agar siz Java bo'yicha ketmoqchi bo'lsangiz unda Siz oldin, Java tilini, keyin u bilan bog'liq frameworklarni o'rganing. Maslahatim: Java tilidan keyin Spring Frameworki va MYSQL databazasini o'rganing, chunki bizning bozorda bu bilimlar juda qimmatli. Bularni o'rgangandan keyin GIT yoki SVN ni o'rganishni boshlang. GIT va SVN faqat asosini o'rgansangiz yetadi, qogani ish vaqtida tajriban o'rganiladi. Hammasini tugatib Junior dasturchi sifatida ishga kirishni boshlasangiz bo'ladi.
izoh qoldirdi 19 aprel, 17 Faxriddin (823 bal)
Javob uchun raxmat

Assalomu alaykum, yordam.uz saytimizga xush kelibsiz.

Bu saytda o`zingizni qiziqtirgan savollarga javob olishingiz va o`z sohangiz bo`yicha savollarga javob berishingiz mumkin.

Bizning Oilamizga a'zo bo`lganingiz uchun chuqur Minnatdorchilik bildiramiz !!!

Telegram kanal YordamUzRss

...