Assalomu alaykum, yordam.uz saytimizga xush kelibsiz.
Bu saytda o`zingizni qiziqtirgan savollarga javob olishingiz va o`z sohangiz bo`yicha savollarga javob berishingiz mumkin. Bizning Oilamizga a'zo bo`lganingiz uchun chuqur Minnatdorchilik bildiramiz !!!

PHP vebsaytda bir qancha header va footerlardan foydalanish?

+5 ovoz
114 marta ko‘rilgan
so‘radi 14 aprel, 17 GENIUS (639 bal)
tahrirlandi 14 aprel, 17 GENIUS

PHP da qilingan script orqali undagi templateda bir qancha header va footerlardan foydalanish mumkinmi?

Ya'ni hozir asosiy fayl faqat ikkita (header.php va footer.php) ga murojat qilmoqda va man bu ikkita faylni faqatgina bosh sahifa uchun ishlatib qolgan sahifalar uchun boshqa bir (M: header-one.php va footer-one.php) shaklida qanday qilish mumkin?

Umuman boshqa boshqa dizaynda qilinishi kerak bo'lgan template uchun.

<?php

$view->title = $LANG["HOMEPAGE_TITLE"];

$view->description = $LANG["HOMEPAGE_DESCRIPTION"];

$view->keywords = $LANG["HOMEPAGE_TAGS"];

$view->header = $view->render(DIR_TEMPLATE.WEBSITE_TEMPLATE.'/header.php');

$view->footer = $view->render(DIR_TEMPLATE.WEBSITE_TEMPLATE.'/footer.php');

echo $view->render(DIR_TEMPLATE.WEBSITE_TEMPLATE.'/index.php');

?>
// 
//Template faylida asosiy uchta fayl mavjud yani header.php (header qismi) index.php (faqat bosh sahifada ko'rinadigan qismi va asosiy oyna homepage) va footer.php sayt sahifalarining footer qismi uchun.

Bu kod asosiy script index.php fayli edi. Bu fayl template/index.php ga yo'naltiradi.

Man qoshimcha kiritgan sahifalar masalan login, register va b. lar uchun  footer va header qismini quyidagicha chaqirib olaman. Man aytmoqchi bo'ganim faqat index.php (homepage) uchun bir style va qolgan barcha sahifalar uchun alohida yaratilgan style dan foydalanmoqchiman. home page da alohida bitta footer va header qismi qilib qolgan barcha sahifalar (Yaratib bo'lganman) da boshqa style dagi header va footerlardan foydalanmoqchiman. Gapni qisqasi sayt bosh sahifa bir style bo'lsin qolgan barcha sahifalar alohida boshqa style da.

<?php echo $header;?>
//Qandaydir sahifa uchun kodlar
<?php echo $footer;?>

1 ta javob

+1 ovoz
javob berdi 14 aprel, 17 Saidolim (3,566 bal)
tanlangan 14 aprel, 17 GENIUS
 
Eng yaxshi javob

Buni yo`li oson. Har bir guruh link laringiz uchun bitta qiymat olib olasiz. U qiymatni tekshirib, shunga qarab headerlarni ishlatasiz. Masalan:

<?php
$view->title = $LANG["HOMEPAGE_TITLE"];
$view->description = $LANG["HOMEPAGE_DESCRIPTION"];
$view->keywords = $LANG["HOMEPAGE_TAGS"];

if ($view->nav == 'homepage') { // Faqat homepage uchun bo`lim
    $view->header = $view->render(DIR_TEMPLATE.WEBSITE_TEMPLATE.'/header.php');
    $view->footer = $view->render(DIR_TEMPLATE.WEBSITE_TEMPLATE.'/footer.php');}
else { // Umumiy bo`lim
    $view->header = $view->render(DIR_TEMPLATE.WEBSITE_TEMPLATE.'/header-common.php');
    $view->footer = $view->render(DIR_TEMPLATE.WEBSITE_TEMPLATE.'/footer-common.php');
}

echo $view->render(DIR_TEMPLATE.WEBSITE_TEMPLATE.'/index.php');
izoh qoldirdi 14 aprel, 17 GENIUS (639 bal)
tahrirlandi 14 aprel, 17 GENIUS
Siz bergan variantda chalkashib ketmoqda nimagadur barcha stylelar asosiy homepage ga o'tib qolmoqda.
Manda home page uchun alohida va qolganlari uchun alohida qilgandim bu variatni qo'llasam barchasi qolgan header va footerlar uchun berilgan style ga o'tib qolmoqda. asosiy headerlarni ko'rmayapdi.
Asosiy home page ga kiritiladigan kodniyam bir ko'rsata olasizmi iloji bo'lsa. Man bergan qiymatlarimda tekshirmayapdi homepage header va boshqa headerlarni.
izoh qoldirdi 14 aprel, 17 Saidolim (3,566 bal)
Albatta ko`rsata olaman, uning uchun manga qaysi ssilka asosiy sahida, qaysinisi boshqa sahifa ekanligi va har bir ssilkani qaysi funksiya orqali chaqirvossiz, ko`rsatishingiz kerak. shunda man aniq ishlidigan kod ni bera olaman. Iloji bo`lsa, savolni o`zgartirib, tagiga qo`shib bering kodlaringizni

Assalomu alaykum, yordam.uz saytimizga xush kelibsiz.

Bu saytda o`zingizni qiziqtirgan savollarga javob olishingiz va o`z sohangiz bo`yicha savollarga javob berishingiz mumkin.

Bizning Oilamizga a'zo bo`lganingiz uchun chuqur Minnatdorchilik bildiramiz !!!

Telegram kanal YordamUzRss

...