Assalomu alaykum, yordam.uz saytimizga xush kelibsiz.
Bu saytda o`zingizni qiziqtirgan savollarga javob olishingiz va o`z sohangiz bo`yicha savollarga javob berishingiz mumkin. Bizning Oilamizga a'zo bo`lganingiz uchun chuqur Minnatdorchilik bildiramiz !!!

Web sahifalarni yangi saytga joylash

+3 ovoz
508 marta ko‘rilgan
so‘radi 19 aprel, 17 RMX (122 bal)
teglar o‘zgartirildi 19 aprel, 17 Saidolim
Men yaqinda bir sayt ochmoqchiman hozir web sahifalarni ustida ish olib boryapman!

Men saytga domen va hosting olganimdan keyin o'zim tuzib chiqqan web sahifalarni saytga qanday joylayman ?

(Bu ish qiyinchilik tug'dirmaydimi ?)
izoh qoldirdi 19 aprel, 17 RMX (122 bal)
Iloji bo'lsa to'liqroq javob bering!
Javob uchun oldindan raxmat...
izoh qoldirdi 19 aprel, 17 parmonov98 (1,684 bal)
bunaqa savolga javob ololmaysiz! saytni tayyorlang keyin guruhda yozsayiz birorta odam bo`sh vaqt topsa o`rgatvoradi, yoki hostingdan so`raysiz

1 ta javob

+1 ovoz
javob berdi 19 aprel, 17 Saidolim (3,566 bal)
tanlangan 21 aprel, 17 RMX
 
Eng yaxshi javob

Quyidagi ketma-ketlikda qilinadi:

  1. Site ni local o`zingizda ishlatib ko`rasiz. Buning uchun sizga apage+php+mysql kerak bo`ladi.
  2. Hammasi ishlaganidan keyin, file larni va bazani export qilingan faylini ajratasiz.
  3. Hosting sotib olasiz. Hosting bu site turadigan joy.
  4. Domen sotib olasiz. Bu sitening nomi bo`ladi. Uni hostingga ulash kerak bo`ladi. Buning uchun Domen ning adresida hostingning IP manzilini ko`rsatib qo`yasiz.
  5. Hostingga FTP orqali kirasiz ga file laringizni yuklaysiz. Filezilla yoki Total commanderda qilsangiz osonroq. Oddiy Explorerda qilsa ham bo`ladi, lekin muammo ko`p chiqadi.
  6. Hostingga CPanel/Plesk panel orqali kirasiz.Qaysi biri berilganida qarab va yangi Baza hosil qilazi. Bazani yasagandan keyin PhpMyAdmin orqali kirib, o`zingizdabi export qilgan fileingizni Import qilasiz.
  7. Serverga qo`yib bo`lganingizdan keyin, site ingizning sozlashlaridan, baza nomi, foydalanuvchi login/parollarini yozib chiqasi.
  8. Hammasi ishlagan bo`lsa, domenga kirsangiz siteingiz ishlashi kerak. Bitta eslatma: Agar domenni endi olgan bo`lsangiz, hostingga o`tib olishi uchun 48 soatgacha kutish kerak bo`ladi. Bazida tez o`tadi, bazida 48 soat vaqt kerak bo`ladi.

Bu hozir oddiy PHP da qilingan site haqida edi. Agar sizga Postgresda yoki Tomcatda qilingan bo`lsa, unda boshqacha qilish kerak bo`ladi.

izoh qoldirdi 21 aprel, 17 RMX (122 bal)
Javob uchun rahmat!

Assalomu alaykum, yordam.uz saytimizga xush kelibsiz.

Bu saytda o`zingizni qiziqtirgan savollarga javob olishingiz va o`z sohangiz bo`yicha savollarga javob berishingiz mumkin.

Bizning Oilamizga a'zo bo`lganingiz uchun chuqur Minnatdorchilik bildiramiz !!!

Telegram kanal YordamUzRss

...