Assalomu alaykum, yordam.uz saytimizga xush kelibsiz.
Bu saytda o`zingizni qiziqtirgan savollarga javob olishingiz va o`z sohangiz bo`yicha savollarga javob berishingiz mumkin. Bizning Oilamizga a'zo bo`lganingiz uchun chuqur Minnatdorchilik bildiramiz !!!

Professional dasturchi bo'lish...

+4 ovoz
3,954 marta ko‘rilgan
so‘radi 19 aprel, 17 RMX (122 bal)
tahrirlandi 19 aprel, 17 vejon
Men professional dasturchi bo'lmoqchiman ya'ni "web, pc, mobil" dasturlash sohasida ham.

Menga buning uchun bir reja kerak !

Men qaysi dasturlash tilidan boshlab qaysiga o'tib borishim kerakligi haqida batafsil ma'lumot bering iltimos?

Ilojji bo'lsa to'liqroq javob bering...
izoh qoldirdi 19 aprel, 17 Saidolim (3,566 bal)
Professional bo`lmoqchi bo`lsangiz, oldin sitedan foydalanish qoidalarini o`qib chiqing. Chunki professional bo`lish uchun ko`p kitob o`qishingiz kerak bo`ladi. 1 betlik site qoidalarini o`qimagan odam, professional bo`lishi qiyin manimcha...

2 Javoblar

+11 ovoz
javob berdi 19 aprel, 17 Saidolim (3,566 bal)
tanlangan 25 aprel, 17 RMX
 
Eng yaxshi javob

Professional dasturchi bo`lish uchun birinchi navbatda sizga:

  1. Sabr
  2. Qunt
  3. Diqqat

Kerak bo`ladi. Qolganini tajribada orttirib olasiz.

Sabr - ilm olish uchun soatlab o`tira olishingiz kerak. Biror masalani hal qilishni boshladingizmi, uni oxiriga yetish uchun soatlar o`tirib qolishingiz mumkin, shunday paytda ishni yarim yo`lda qoldirmaslik kerak.

Qunt - Adabiyot o`qiyotganingizda, biror kishi yozgan ma'lumotni o`qiganingizda, agar oson hazm bo`lmasa, tashlab qo`ymaslik kerak. Nima demoqchi ekanini, nimalarni hisobga olib gapirganini qunt bilan o`qib, tushunishga harakat qilishingiz kerak. Qo`l uchida, oddiy sichqoncha bilan qilinadigan ishlarga uchmasdan, aynan ishlab turgan narsa nima uchun ishlayotganini, nima qilsangiz, sizda ham shundan a'lo darajada ishlashini izlashingiz kerak bo`ladi.

Diqqat - juda muhim narsa. Sizga oddiy ko`ringan narsa, payti kelib ishlamay qolishi mumkin. Bunga esa kichkina ko`rinmas xato olib kelgan bo`lishi mumkin. Masalan, oddiy nuqtali-vergul (;) bitta joyda xato qo`ysangiz, yechimingiz 100% boshqacha ishlashi mumkin. Chunki mantig`i o`zgarib ketadi. Shunga mayda xatolarni qilmidigan xolatga kelib olishingiz kerak.

Keyin esa asosiy narsalar. Bu aniq bir yo`nalishni tanlab olishingiz kerak:

  1. Til - qaysi tilni o`rganishni. Ko`pchilik C/C++ dan boshlashadi. Chunki u quyi dastur​lash tili Assemblerga juda yaqin va ayni vaqtda yuqori dastur​lash tillari bilan bellasha oladi. C/C++ dan keyin boshqa tillarga o`tish ancha oson, masalan C#, Java, php va boshqalariga.
  2. Soha - web, mobile, pc deganingizdek, o`zingizga qizziq bo`lgan, ishlaganingizda zerikib qolmaydigan sohani tanlashingiz kerak. Masalan, Backeng, Frontend, Mobile, Desktop, Veb, Database va boshqalar.
    1. Backend - ko`proq fundament va oddiy foydalanuvchi uchun ko`rinmaydigan bo`lib. API lar shu sohada yoziladi. Sizga ko`proq sonning qanday ko`rishini emas, uning qiymati bilan ishlash yoqadigan bo`lsa, shuni tanlashingiz kerak.
    2. Frontend - foydalanuvchi bilan to`g`ridan-to`g`ri bog`liq bo`lgan soha. Bunda sizning ishingiz ko`proq Foydalanuvchi uchun qulay, tez tushiniladigan va sodda ko`rinishlar yasash (+dizayn) va ularni backend bilan aloqasini qilish kerak bo`ladi.
    3. Mobile - bu ko`proq imkoniyati cheklangan qurilmalar uchun dastur​lash. Bu yerda o`ziga hos dastur​lash madaniyati bor, yani dastur​ingiz oddiy telefonda yoki biror qurilmada ishlashi mumkin. Shunda sizga xotira chegaralangan bo`ladi, ko`p ishlarni OTning imkoniyatidan kelib chiqish qilishingizga to`g`ri keladi. Agar Sensor ekranli smartfonlar bilan ishlashga to`g`ri kelsa, demak sizda klaviatura va sichqoncha bo`lmaydi, moslashishingiz kerak bo`ladi.
    4. Desktop - bu ko`pincha windowsda ishlaydigan dasturlar bo`lib, (iMac da ham ishlashi mumkin). O`zi alohida ishga tusha oladi va to`liq kompyuterning barcha imkoniyatlaridan foydalana oladi. Albatta bu serverlarda ishlatilmaydi, bu yerda frontend va backend ko`pincha birga qilinadi. Klaviaturaning barcha imoniyatlaridan tortib, tashqi qurilmalar bilan ishlashgacha hammasini o`z ichiga oladi.
    5. Web - bu brovser da ishlaydigan tizimlar bo`lib. Server tomonda turgan sayt orqali ishlash kerak bo`ladi. Oddiy veb sahifadan tortib, katta tizimlargacha hozirda vebda qilinadi. Desktopchalik kompyuterning barcha imkoniyatlaridan foydalana olmaydi, chunki biror brovserning ichida ishlaydi. Lekin ko`p foydalanuvchilik tizimlar uchun juda qulay texnologiya.
    6. Database - bu o`ziga hos alohida yo`nalish. Bunda ko`proq toza ma'lumotlar bilan ishlash kerak bo`ladi. Ayniqsa ma'lumotlar ko`p bo`lganida bazani o`zida dastur​ tuzishga to`g`ri keladi. Bu ham veb ham desktop bilan ishlay oladigan texnologiya.
    7. Bulardan tashqari yana ko`p texnologiyalar bor, hammasini sanab o`tishning iloji yo`q.

Bundan tashqari yana ko`p narsalar bor. Full-stack dasturchi​ dan boshlab, AVL dasturchigacha​. Shunga siz bir chekkadan boshlasangiz qolganini asta-asta o`rganib olasiz.

Ko`proq adabiyot o`qing. o`zingizga qizziq bo`lgan, texnologiyalarni kuzatib boring.

Savollaringiz bo`lsa, alohida savol qilib yozing aniq savolga javob berish osonroq bo`ladi.

izoh qoldirdi 21 aprel, 17 anorboev (124 bal)
Barcha aytilgan fikrlarga qo'shilgan holda shuni qo'shimcha qilishim mumkin: dasturlashni o'rganishda chet tillarini bilish juda muxim. O'zbek tilida adabiyotlar deyarli yo'q, rus tilida tarjima qilinganlar ko'p. Dasturlashga muhim bo'lgan ma'lumotlarning asosiy qismi ingliz tilida. Shuning uchun dasturlashni o'rganishni, ingliz tilini o'rganishdan boshlash kerak deb o'ylayman.
izoh qoldirdi 25 aprel, 17 RMX (122 bal)
To'g'ri fikr rahmat!
ingliz va rus tillarini o'rganish uchun biror bir tas-ix tizimidagi sayt bormi ?
(Darslar iloji boricha ko'p va to'liq bo'lsa yaxshi bo'lardi..)
izoh qoldirdi 02 may, 17 Gayrat (113 bal)
Saidolim aka C++ dan o'rganish uchun qanday kitob, e blok larni tavsiya qilasiz? O'zim qidirib, duchor kelganidan boshlagandan ko'ra, maslahat olgan yaxshi
+2 ovoz
javob berdi 24 aprel, 17 SedBigDaddy (1,237 bal)
mendan Oldin Saidolim sizga judaham kerakli bo'ladigan Maslahat beribtilar. Men faqatgina munga qo'shimcha qilmoqchiman. Agar siz bir vaqtning o'zida Ham PC, ham WEB, Ham Mobile bilan ishlashni hohlasangiz unda Stack lar bilan ishlang.

Hozirda ikkita juda kuchli staklar mavjut bular C# va JavaScript. Stack deganda men Jamlamani nazarda tutyapman.

Masalan agar siz JavaScriptni tanlasangiz unda

AngularJs React yoki Emberjs web uchun

Ionic, ReactNative yoki PhoneGap mobile uchun

Electron PC app uchun ishlatiladi. Yani agar JavaScriptni tanlasangiz unda shu frameworklarni tanlasangiz bo'ladi.

Agar C# ni tanlasangiz (Maslahatim C#ni tanglang) siz unda

MVC, WEB API web uchun

Xamarin mobile uchun

va WindowsFroms Pc uchun tanlasangiz bo'ladi.

C# JavaScriptga nisbatan qiyinroq til lekin C#da yasalgan programmalar juda tez va kutulgandek resultat beradi. JavaScript bazida hatoliklar beradi yoki bazi hollarda sekin ishlashi mumkin (Boshimdan o'tgan).
izoh qoldirdi 25 aprel, 17 RMX (122 bal)
Javobingiz uchun katta rahmat!

Assalomu alaykum, yordam.uz saytimizga xush kelibsiz.

Bu saytda o`zingizni qiziqtirgan savollarga javob olishingiz va o`z sohangiz bo`yicha savollarga javob berishingiz mumkin.

Bizning Oilamizga a'zo bo`lganingiz uchun chuqur Minnatdorchilik bildiramiz !!!

Telegram kanal YordamUzRss

...