Assalomu alaykum, yordam.uz saytimizga xush kelibsiz.
Bu saytda o`zingizni qiziqtirgan savollarga javob olishingiz va o`z sohangiz bo`yicha savollarga javob berishingiz mumkin. Bizning Oilamizga a'zo bo`lganingiz uchun chuqur Minnatdorchilik bildiramiz !!!

q2a ni Wordpress saytga ulash haqida

+4 ovoz
157 marta ko‘rilgan
so‘radi 28 aprel, 17 Gayrat (113 bal)
tahrirlandi 01 may, 17 Gayrat

Q2Ani Wordpress saytga sub domen qilib, alohida uladim (savol.kadrovik.uz). Ammo u saytning domenidan ajralib qoldi. Tas-ix hisoblagichlar bu subdomenga kirganni hisobga olmayapti ham, bunda hisoblagich ko'rinmayapti ham. Shuni saytni ichida qilib, subdemonensiz ulashda yordam beringizlar xuddi kadrovik.uz/savol kabi.

Rahmat!

izoh qoldirdi 29 aprel, 17 Gayrat (113 bal)
ko‘chirildi 29 aprel, 17 Saidolim
Qoyil, sizlardan javob kutib, zerikib, o'zim qilvoldim. Bu yerdagilarga bunaqa o'ta past darajadagi savollar yoqmasa kerak. Ammo shuni unutmaslik kerakki, savol bergan kishiga uning javobi juda muhim va zarur. Kunlaaaab kutishi javobning qadrini pasaytirvoradi.
izoh qoldirdi 29 aprel, 17 Saidolim (3,546 bal)
Gayrat iloji bo`lsa, topgan yechimingizni javob tariqasida yozib bersangiz. WP bilan ishlaydigan faollarimiz kamligi bilinvotti. Siz birinchilardan bo`lsangiz, zo`r bo`lardi. Rahmat

2 Javoblar

+1 ovoz
javob berdi 30 aprel, 17 Gayrat (113 bal)
tanlangan 01 may, 17 Gayrat
 
Eng yaxshi javob

Q2A ni wordpress saytga ulash uchun quyidagi amallar ketma-ketligini bajarish kerak:

  1. Wordpress sayti joylashtirilgan xosting papkasidan siz link bermoqchi bo’lgan papka ochamiz. Masalan http://saytnomi.uz/savol. Ushbu havola orqali saytning Q2A bo’limiga o’tish uchun Xostingdagi Папка сайта:  httpdocs/ papkasida “savol” degan papka ochishimiz va uning ichiga qa-lang papkadagi barcha fayllar va papkalarni ko’chirib o’tkazishimiz kerak. Bunda siz ochgan “Savol” degan papka wp-load.php fayli bilan bitta papkada joylashgan bo’lishi kerak.
  2. Qa-lang papkadagi qa-config-example.php faylini qa-config.php qilib nomini o’zgartiramiz.
  3. qa-config.php fayliga kirib, undan define('QA_WORDPRESS_INTEGRATE_PATH', '/PATH/TO/WORDPRESS'); kodini topamiz va undagi '/PATH/TO/WORDPRESS' ni xostingdagi saytingiz joylashgan papkaga to’liq yo’l manzili bilan almashtiramiz. Masalan, /var/www/vhosts/saytnomi.uz/httpdocs/. Agar siz ushbu manzilni topishga qiynalsangiz, ushbu arxiv faylni ko'chirib olib, undagi PHP faylni saytingiz joylashgan papkaga ko’chiring (wp-load.php fayli turgan papkaga) va brauzerdan http://saynomi.uz/path.php manziliga o’ting. Shunda sizning saytingizga to’liq yo’l chiqadi.
  4. Shundan keyin brauzerdan http://saytnomi.uz/savol qilsangiz, Q2A plaginni o’rnatish oynasi chiqadi va u avtomatik ravishda o’rnatiladi.

Ushbu usulda MySQL baza parametrlarini ko’rsatish talab qilinmaydi. Q2A sizning saytingiz uchun sozlangan MySQL bazaga ko’chiladi va unda alohida jadvallarda joylashadi. Istagan paytingiz bu jadvallarni alohida qilib ko’chirib olib, alohida bazaga ulab qo’yishingiz mumkin.

Ushbu usulda saytning hamda Q2A ning foydalanuvchilari umumiy bo’ladi va ro’yxatdan o’tkazish bo’limini Wordpress qo’llab quvvatlaydi.

Ushbu usulning qulay tarafi saytingizni backup qilganingizda Q2A ham saytning tarkibiy qismi sifatida backup qilinadi va sayt bilan birga qayta o’rnatilaveradi.

izoh qoldirdi 09 mart Elbekjon (550 bal)
Aka men ham shu cmsni WordPress ga o'rnatdim. Ammo kirish qismidagi matn kiritish qismlari chiqmasdan kirish VA ro'yhatdan o'tish tugmalarigina chiqyapti. Kirishni bosganda wordpressning kirish oynasi chiqyapti. Login VA parolni kiritib kirishni bossam, WordPress ni admin paneliga kiryapti. Q2a saytga esa kirmayapti. Saytim local. Nega bunday bo'lyapti. Q2a ning foydalanuvchilar qismi bo'sh turibti. Wordpressdagi foydalanuvchilar q2a ga o'tmayapti. Yordam Bering.
0 ovoz
javob berdi 01 may, 17 •●๑۩Javohir۩๑●• (119 bal)
salom bu q2a degani wordpress shablonimi ?men shunga o'xshagan 3 ta saytni bilib oldim.Qanday-qilib.uz

yordam.uz

va sizning saytingiz.men agar bu shablon bo'lsa internetdan izlab ko'rdim.yuklab olib bo'lmadi.

bu o'zi shablonmi ?
izoh qoldirdi 01 may, 17 Gayrat (113 bal)
Yo'q, plagin emas. Bu ham wordpressga o'xshagan narsa. Agar sizga shunday sayt yoki saytning qismi kerak bo'lsa, murojaat qiling, shaxsiy xabar orqali. Men xuddi shunga o'xshagan saytning qismini qildim.: http://savol.kadrovik.uz
izoh qoldirdi 20 fevral Orzular.uz [Админ] (1,311 bal)
tahrirlandi 25 iyun Orzular.uz [Админ]
Bu CMS ya'ni q2a nomli CMS bu ham WordPress , DLE , OpenCart ga o'xshagan CMS

Bu CMS menda bor Uzbek tiliga ham o'girganman

Kerak bo'lsa  Telegram :  @Qnbuz_admin

Qanday-qilib.uz xozir nomi o'zgargan   Ya'ni    https://Qnb.uz bo'lgan
izoh qoldirdi 22 fevral Elbekjon (550 bal)
ko‘rsatildi 22 fevral Elbekjon
Question2Answer CMSini o'zbekcha languagesini qayerdan olsam bo'ladi
izoh qoldirdi 22 fevral Orzular.uz [Админ] (1,311 bal)
Hech qaysi saytda
o'ziz tarjima qilasiz
Men tarjima qilganman

Assalomu alaykum, yordam.uz saytimizga xush kelibsiz.

Bu saytda o`zingizni qiziqtirgan savollarga javob olishingiz va o`z sohangiz bo`yicha savollarga javob berishingiz mumkin.

Bizning Oilamizga a'zo bo`lganingiz uchun chuqur Minnatdorchilik bildiramiz !!!

Telegram kanal YordamUzRss

...