Assalomu alaykum, yordam.uz saytimizga xush kelibsiz.
Bu saytda o`zingizni qiziqtirgan savollarga javob olishingiz va o`z sohangiz bo`yicha savollarga javob berishingiz mumkin. Bizning Oilamizga a'zo bo`lganingiz uchun chuqur Minnatdorchilik bildiramiz !!!

Dasturlashda chiroyli kod yozish

+4 ovoz
260 marta ko‘rilgan
so‘radi 30 aprel, 17 Adham (330 bal)
tahrirlandi 01 may, 17 vejon
Dasturlashda chiroyli kod yozish uchun nimalarni bilish kerak yoki nimalarga e'tibor qilish kerak.. Fikrlarini uchun oldindan rahmat...

2 Javoblar

+5 ovoz
javob berdi 01 may, 17 Saidolim (3,566 bal)
tanlangan 17 iyul, 17 vejon
 
Eng yaxshi javob

Chiroyli kod yozish ko`p narsalarga bog`liq.

Agar faqat formatlash haqida gapirayotgan bo`lsangiz. Bu muammo emas, Kenjebaev aytganlaridek, IDE ning o`zi formatlab bera oladi. Lekin:

  1. Guruh bo`lib ishlaganingizda hamma bir xil formatlashni ishlatishi kerak. Bittasini kelishib olishingiz kerak bo`ladi. Aks xolda : 
    • har bir odam o`ziga yoqadigan qilib formatlasa, svn/git otqali commit qilsa, hamma fayllar o`zgargan bo`lib chiqadi;
    • bir biriga kodni ko`rsatishda, odam birovni kodini chinishdan tashqari uni formatini ham o`rganishi kerak bo`ladi
  2. Kod ni chiroyli yozish faqat formatlashdan iborat emas, shu bilan birga, nomlarda:
    1. o`zgaruchilarni nomlash
    2. local va global o`zgaruvchilarni ajrata olish
    3. funksiyalarni nomlash
    4. modullarni nomlash
    5. amallarni nomlar orqali ajratish kabi narsalarni ham kelishib olish kerak. Va odam tez tushunadigan qilib olish kerak.
  3. Class va modullarga to`g`ri ajratish:
    1. Juma ko`p abstrukt classlarni ishlatib tashlansa, yangi kelganlar kod yozishga qiynaladi
    2. juda ko`p, bir xil kodlarni nusxalari ishlatilsa, bitta joyda o`zgarish bo`lsa, hamma kodlarda o`zgartirib chiqish kerak bo`ladi.
Bu kabi yana juda ko`p narsalarga bog`liq. Tavsiya qilar edim, shu sohada kitob o`qib chiqsangiz. Chuki hammasini sabab bera olmimiz. Sanash uchun kitobchalik ko`p narsa yozish kerak bo`ladi.
Misol uchun, Clean Code kitobini o`qib ko`ring.
+2 ovoz
javob berdi 30 aprel, 17 Kenjebaev (1,092 bal)
Tajribamdan kelib shuni aytishim mumkinki. Chiroyli kod yozich uchun IDEning imkoniyatlari yetadi.

Hozirdagi ko'p IDElar kodlarni o'zi tartiblab beradi.

TextEditorlardan foydalanib yozishda chiroyli yozishni istasangiz TAB=4 qilib sekin davom qila berasiz

Assalomu alaykum, yordam.uz saytimizga xush kelibsiz.

Bu saytda o`zingizni qiziqtirgan savollarga javob olishingiz va o`z sohangiz bo`yicha savollarga javob berishingiz mumkin.

Bizning Oilamizga a'zo bo`lganingiz uchun chuqur Minnatdorchilik bildiramiz !!!

Telegram kanal YordamUzRss

...