Assalomu alaykum, yordam.uz saytimizga xush kelibsiz.
Bu saytda o`zingizni qiziqtirgan savollarga javob olishingiz va o`z sohangiz bo`yicha savollarga javob berishingiz mumkin. Bizning Oilamizga a'zo bo`lganingiz uchun chuqur Minnatdorchilik bildiramiz !!!

Stajirovka ishga kirish

+6 ovoz
531 marta ko‘rilgan
so‘radi 30 iyun, 17 Adham (330 bal)
tahrirlandi 30 iyun, 17 Adham
c# .net web developer boyicha stajirofka yoki ishga kirmoqchi bo'lganlardan asosan nimalar talab qilinadi? Masalan Asp.net MVC boyicha backend razrabotchik yoki shu boyicha web razrabotchik bolish uchun stajirovkaga borganda suhbatta asosan nimala soraladi? yoki ishga kirish uchun qandaydir firmaga? oldindan rahmat

1 ta javob

+6 ovoz
javob berdi 01 iyul, 17 Unknown (802 bal)
tanlangan 20 dekabr, 17 Adham
 
Eng yaxshi javob

Assalomu Alaykum. Hammamizni boshimizda o'tkazgan va o'tkazadigan holat haqida savol beribsiz. 
So'raladigan savollar qanaqa kompaniya ekanligiga va ularga qanday darajadagi shogird(stajiyor) kerakligiga bog'liq. Ba'zi holatlarda ba'zi ishxonalar qilgan ishlaringizni ko'rsatsangiz va tushuntirib bilimingiz borligiga ishontira olsangiz shunday ham olishi mumkin.(har qalay o'zimda boshida shunda bo'lgan smiley ). Lekin baribir keyingi ishga kirishlarda savollar(interview)lardan o'tishingizga to'g'ri keladi. 

Umuman olganda so'raladigan (faqat Asp.Net uchun emas, boshqa tillarda ham) va siz bilishingiz zarur bo'lgan savollar:

  1. Algoritm bo'yicha savollar(rekursiya(recursion) nimaligi, saralash(sort), izlash(search) ... algoritmlarini, avzalliklari, farqlarini, kerak bo'lsa dasturini tuzib berish) va qo'shimcha masalalar
  2. OOP bo'yicha savollar (nimaligi, Constructor, Destructor,  Inheritance, incapsulation, polymorphism, ... abstraction  lar haqida tushuntirib berish)
  3. Birorta tilni (bu yerda bilgan tilingiz nazarda tutiladi. sizni holatizda C#) sintaksisi haqida. (oddiy savollardan tortib, ArrayList va LinkedList faqlari, ..., Thread lar gacha)
  4. Ma'lumotlar bazasi(database) bo'yicha savollar (so'rovlar(query)ni yozib berish, select, create, uptade, delete(CRUD) qilish) 
  5. Izlanish(Researching)  qobiliyati smiley. Ya'ni uchragan muommolarga google.com dan izlanib, yechim topa olish. Dasturchilar uchun eng muhim va har kuni ko'p marta qiladigan ishlardan biri :). Google.com va stackoverflow.com saytlari dasturchilarni asosiy ustozlaridandir smiley.
  6. Git - bilan ishlaganmisiz? VCS (Version Control Softwares) nimaligi, birortasi bilan ishlaganmisiz (GIT, SVN, Mercurial) 
  7. Birorta uzingiz loyiha qilganmisiz, qanaqa funksiyalari bo'lganligi haqida savollar (misol uchun project ichida authentification, blog, file importing/exporting, report)
Shuncha narsani bilishim kerakmi deb qo'rqib, yana shashtiz qaytib ketmasin. E'lonlarni ko'rishda va suhbatlar borishda davom etavering. Suhbatlardagi savollarni ko'ring va o'sha savollarga javob toping. Harakat qilgan albatta topadi. Yuqoridagilarni albatta hammasidan so'ralmaydi. Lekin siz o'rganishda to'xtab qolmang.

Omad tilayman. 



 
izoh qoldirdi 01 iyul, 17 Unknown (802 bal)
Foydali bo'ladi deb https://t.me/QueryUz dan quyidagi savol-javobni  keltiraman:

❓Savol:  Qanday qilib tajribasi bo'lmasdan ish topsa bo'ladi?
Tez orada Institutni tugataman. Tugatgach amaliyotchi ko'ngilli(volontyor) ishchi yoki kichik dasturchi mutaxasis lavozimida ishga kirmoqchiman. Ammo soha bo`yicha menda hech qanday tajriba yo`q.

Ega bo`ladigan narsam bor yo`g`i oladigan ma`lumotim(diplom) va o`qish davomida bajarilgan kursga taalluqli loyihalar bo`ladi.  Suxbatga chaqirishlari uchun Rezume(Ma`lumotnoma) ni qanday qilib ko`zga tashlanadigan qilsam bo`ladi? Yana, kursda bajarilgan loyihalarimni qanday ko`rsatishim kerak? Batafsil yoritishim kerakmi?
***********************


❗️Javob: Tan olishim kerakki, men anchadan buyon ishga yollovchi kadrlar bo`limi xodimiman. Juda ko`p bitiruvchilar bilan suxbatlar o`tkazganman. Ularning hammasi har xil, ammo avvalo men nomzodning
#1 - o'rinda juda qiyin muammoga duch kelganligi va katta qiyinchilik va to`siqlarga qaramay uni muvaffaqiyatli hal eta olganligini hisobga olaman. Men qadamba-qadam qiyinlashib boruvchi masalalarni yechishni namoyish qilishdan biroz ko`proq narsa qidirganimda... asosan men eng qiyin  “O'ldiruvchi loyiha”("Killer Project" - managmentdagi atama, ya'ni juda qiyinligiga urg'u berilgan) ni nazarda tutgan bo`laman.

Quyida shunday loyihaning sifatlari:

   * Guruh bo`lip ishlash – deyarli har doim loyihalarda shunchaki nomzod dasturchidan ko'ra kuchliroq mutaxasislar qatnashadi. Bu esa guruh qanday qarorlar qabul qilgani, muammolarga qanday yechim topgani va a`zolarning bir-birlarini qanday qo`llab-quvvatlaganlarini nomzodda yuzaga chiqaradi. Bunday loyihalarda albatta qandaydir muammoga yo`liqiladi. Agarda nomzod “hammamiz birga ishlagandik, vaqtimiz juda yaxshi o`tgan va hammamiz yuqori baho olgandik” kabi javoblarni beradigan bo`lsa, unda u loyiha “killer project” bo`lmagan.

   * Tushunarsiz maqsad va muvaffaqiyatga yetishish yo`li -  maqsad va unga yetishish yo`li aniq tushunarli bo`lmagan. Bu esa har doimgi laboratoriya ishi bilan muvaffaqiyatli tamomlash uchun har haftada keyingi bosqichni tushuntirib boriladigan haqiqiy loyihani ajratib beradi. Qiyin loyiha odatda maqsadi tushunarsiz holda boshlanadi. Oliy o`quv yurtlarida ko`pincha bunday loyihalar 10 betcha keladigan loyiha shartidan iborat bo`lip, bu bitiruvchiga o`ta jiddiy va deyarli tushunarsiz ko`rinadi hamda loyihani bitta semestrda tugatish mumkin emasdek bo`ladi. Shuning uchun ham ular bilan biror domla loyiha rahbari sifatida birga ishlaydi. Men nomzodda ko`rmoqchi bo`lgan narsa:
 1) qancha harakat muvaffaqiyatli tugatish uchun yetarli bo`ldi va
 2) tugatish sanasida tamomlash uchun qancha qism bo`lishib olindi. Shunisi ma`lumki, guruh bilan ishlaganda qaysidir qismlar juda oson bitadi va qaysilaridir juda muammoli bo`ladi. Bu esa guruh a`zolariga tajriba bo`ladi.

   * Kutilmagan muammolar – Loyiha kutilmagan muammolarga duch kelish uchun yetarlicha katta bo`lishi kerak. Nimadir rejadagidan boshqacha ketishi kerak.  Bunday holatlar hech qachon oson kechmaydi. Shu narsalarni guruh bilan birga yechish muammolardan ularni yechishni o`rganish kaliti deb o`ylayman.

Gap bitiruvchilar haqida ketganda shuni ta`kidlash kerakki, odatda ular juda aqlli yoki kuchli bilimli bo`lishlari kutilmaydi. Mening xodimim asosan quyidagilarga e`tibor berardi:

- O`rtacha bahosi
- Ko`p kuchli mutahasislarni yetishtirgan bilim yurtlari
- Kurs ishi – kurslarning murakkabligi
- Eng qiyin lohiya haqida ta`rif
- Soha bo`yicha o`talgan amaliyotlar
- Soha bo`yicha o`qituvchi, murabbiy yoki yetakchi bo`lip ishlagan joylar.

Men yirik tashkilotda ishlashimni e`tiborga oling. Doimiy bajaradigan vazifalarim bosh mutahasis rezumeni ko`rip chiqib, nomzodning kutilayotgan sifatlarga mos kelishiga umid bildirgach nomzod rezumesini ko`rip chiqish va uni suxbatga chaqirish yoki chaqirmaslik. Odatda men nomzodning rezumesini ko`rish uchun uzog`i bilan 1 soatcha vaqt ajrataman. Rezumeni esa qisqa va lo`nda bo`lishini kutaman. “Nimani yaxshi bilasiz” kabi juda uzundan uzoq javob bersa bo`ladigan savollardan ko`ra nomzodni nimalarga qodirligini bilib olish uchun aqlliroq savol beraman. Muhimi men nomzod bilan ko`ngildagidek suxbat o`tkazib, boshliqlarim va kadrlar bo`limi guruhiga “bu nomzod nafaqat aqlli va o`qimishli, balki shunday kerakli odamki, agar menda joy bo`lganda, o`z guruhimda bo`lishini hohlardim” kabi so`zlarni aytishni hohlayman. Nomzodning duch kelgan muammolarini qanchalik tushunarli qilib tushuntirib berishi, ularning yechimini topish uchun nimalar qilinganini aniq aytib berishi, oldingi ish joyida nimalar yaxshi ediyu nimalar yomon, boshqalar bilan birga ishlab keta olishi asosiy kalit hisoblanadi.
 http://programmers.stackexchange.com/questions/76182/how-to-get-a-job-with-no-experience

Assalomu alaykum, yordam.uz saytimizga xush kelibsiz.

Bu saytda o`zingizni qiziqtirgan savollarga javob olishingiz va o`z sohangiz bo`yicha savollarga javob berishingiz mumkin.

Bizning Oilamizga a'zo bo`lganingiz uchun chuqur Minnatdorchilik bildiramiz !!!

Telegram kanal YordamUzRss

...