Assalomu alaykum, yordam.uz saytimizga xush kelibsiz.
Bu saytda o`zingizni qiziqtirgan savollarga javob olishingiz va o`z sohangiz bo`yicha savollarga javob berishingiz mumkin. Bizning Oilamizga a'zo bo`lganingiz uchun chuqur Minnatdorchilik bildiramiz !!!

MYSQLda ma'lumotlar statistikasi

+2 ovoz
110 marta ko‘rilgan
so‘radi 08 iyul, 17 Erkin Pardayev (203 bal)
Assalomu alaykum. MYSQLda ma'lumotlar ko'payib ketadigan proektda statistika bilan ishlashda qanday yo'l tutgan ma'qul deysizlar? Masalan admin kirganda xamma qatorlarni soni, bazi joylarda bir necha xil shartlarni bajaradigan qatorlar soni chiqadi. Lekin qatorlar soni, ularning xolati doimiy ravishda o'zgarib borishi sababli statistika doimiy ravishda o'zgarib boradi. Shu statistikani COUNT() bilan xar safar xisoblab kelib chiqarib berish optimal yo'lmi yoki yangi jadval ochib, statistikani saqlab borish, asosiy jadvaldagi qatorning xolati o'zgarganda statistika saqlanadigan jadvalni ma'lumotini yangilab turgan ma'qulmi?

1 ta javob

+1 ovoz
javob berdi 08 iyul, 17 Saidolim (3,566 bal)
tanlangan 08 iyul, 17 Erkin Pardayev
 
Eng yaxshi javob
Agar ma'lumotlar juda tez o`zgaradigan bo`lsa, o`qishlar soniga qaraganda. Unda Index larni ishlatish maqul. Agar ma'lumotlar kam almashsa, lekin ko`p o`qiladigan bo`lsa, unda alohida statistika jadvalini qilganingiz yaxshi. Statistika jadvalini qilishda ham 2 xil usul bor. 1-usul, har safar row o`zgarganida yoki qo`shilganida statistikadasi sonni almashtirish, 2-usul, har sekunda statistik ma'lumotlarni olib, statistika jadvalini to`ldirib borish.
izoh qoldirdi 08 iyul, 17 Erkin Pardayev (203 bal)
Ma'lumotlar tez o'qiladi va tez o'zgaradi xam. Javobingiz uchun katta rahmat

Assalomu alaykum, yordam.uz saytimizga xush kelibsiz.

Bu saytda o`zingizni qiziqtirgan savollarga javob olishingiz va o`z sohangiz bo`yicha savollarga javob berishingiz mumkin.

Bizning Oilamizga a'zo bo`lganingiz uchun chuqur Minnatdorchilik bildiramiz !!!

Telegram kanal YordamUzRss

...