Assalomu alaykum, yordam.uz saytimizga xush kelibsiz.
Bu saytda o`zingizni qiziqtirgan savollarga javob olishingiz va o`z sohangiz bo`yicha savollarga javob berishingiz mumkin. Bizning Oilamizga a'zo bo`lganingiz uchun chuqur Minnatdorchilik bildiramiz !!!

Qanday PHP framework tanlagan ma'qul?

+7 ovoz
1,054 marta ko‘rilgan
so‘radi 11 iyul, 17 Javlonbek (136 bal)
Laravel yoki Yii PHP framework laridan qaysi birini tanlagan ma'qul?

5 Javoblar

+2 ovoz
javob berdi 15 iyul, 17 GENIUS (639 bal)
tanlangan 15 iyul, 17 Javlonbek
 
Eng yaxshi javob
Biron Framework yaxshi yoki yomon deb bo'lmidi. Har bir framework o'ziga xosligka ega va har birida ustun va kamchilik tomonlari mavjud. Qaysi birini o'rgansam ekan, qay biri yaxshi ekan degan savolni o'zingizga bering. Frameworkdan foydalangan yaxshi ammo oldin PHP, DB, va shu kabi tillarni yaxshilab o'zlashtirish maqsadga muoffiq manimcha. Chunki agar oldin tilni yaxshi bilmasdan tezda framworkga o'tish keyinchalik sizga muammolarni keltirib chiqaradi. Agarda tillarni blsangiz unda siz o'rgana olaman degan frameworkni o'rganing.

Bizda asosan YII dan foydalanishadi ammo statistikaga qaraydigan bo'lsak Laravel oldinda butun dunyo bo'yicha ammo bu hamma Laravel ni o'rgansin degani emas.

Shaxsan man boshlovchilarga YII ni tavsiya qilaman chunki o'rganishga juda oson va ortiqcha bilim talab qilmaydi tushunush qulay. Professional darajada manimcha laravel sal yaxshiroq biroq "Ustasiga farqi yo'q" degan maqol ham mavjud shundan kelib chiqib aytadigan bo'lsam birini yaxshilab o'rganing va o'z ustingizda ishlang natijaga erishishingiz yaxshi bo'ladi....

Bundan tashqari hozirda Zend Framework ham juda yaxshi va osonlashib qolgan Slim va b...

Keyinchalik ishlashga bo'lsa Yii yoki Laravel maqul.
izoh qoldirdi 15 iyul, 17 Javlonbek (136 bal)
Fikringiz uchun katta raxmat. C++ tilini bilganim uchun PHP ni o'rganish hozircha qiyinchilik tug'dirmayapti.  Yana bitta savolim bor: Yii dan mi yoki Yii2 dan boshlagan yaxshimi? Fikringizni kutib qolaman.
izoh qoldirdi 16 iyul, 17 GENIUS (639 bal)
YII2 dan boshlaganingiz ma'qul mening fikrimcha. Shu yaxshiroq variant, ishlash uchun juda qulay...
Yoki Laravel, buni esa oxirgi versiyasini o'rgangan ma'qul. 5.x dan keyin unchalik ham farqi yo'q.
+4 ovoz
javob berdi 12 iyul, 17 uzbek (48 bal)
tahrirlandi 12 iyul, 17 uzbek
Bizning mintaqa uchun Yii2 frameworkini tavsiya qilaman. Agar sizning darajangiz boshlang'ich bo'lsa Yiiframeworkni tanlaganingiz ma'qul. Chunki uni o'rganish oson. Aynan shu uchun ham boshlang'ichlar uchun Yii2 tavsiya etiladi. Documentation ham Yii2 da ko'proq. Har bir class, class funksiyalari uchun docs yozilgan. Laravelda esa aynan shu qismida kamchilik borligi uchun boshlang'ichlar uchun tavsiya etishmaydi.Yii2 da biroz malaka oshirib, phpdagi frameworklar haqida biroz tushunchaga ega bo'lganingizdan keyin Laravelni ham ko'rib chiqsangiz bo'ladi. Performance ni o'ylaydigan bo'lsangiz Yii2 Laravelga nisbatan biroz tezroq ishlaydi, xotirani ham kamroq foydalanadi. Lekin bu performance bo'yicha eng zo'ri degani emas. Qulaylik tomoniga keladigan bo'lsak ikkala frameworkni ham o'ziga yarasha qulayliklari bor. Yii2 da routelar bilan ishlash sodda qilib ishlangan. Yii2 ning yana bir afzalligi gii - generatori. Laravelda ham bunga o'xshash qo'shimchalari bor. Lekin Yii2 nikidek qulay emas. Laravelni birgina "Eloquent"ini men boshqa butun boshli frameworklarga alishmasligim mumkin. Bu orqali DB bilan ishlash juda oson.
izoh qoldirdi 16 iyul, 17 Javlonbek (136 bal)
javob uchun raxmat!
+3 ovoz
javob berdi 11 iyul, 17 Asadbek (70 bal)
O'zimdan kelib chiqib aytadigan bo'lsam laravelni tanlaganingiz ma'qul. Statistika bo'yicha ham laravel oldinda. O'rganish uchun juda qulay. Juda tez o'rganib olasiz. Baza bilan ishlash uchun tayyor funksiyalari juda ko'p. Bundan tashqari shablonizatori ham qulay qilib tuzilgan. Bir so'z bilan aytganda ushbu frameworkdan zo'ri yo'q men uchun.
izoh qoldirdi 11 iyul, 17 Javlonbek (136 bal)
Raxmat javobingiz uchun. Yii haqida nima deya olasiz?
izoh qoldirdi 12 iyul, 17 Unknown (802 bal)
shu savolizga men javob bersam ^___^. (hazil)

Yii chilar laravelga o'tsin deya olaman ))).
izoh qoldirdi 12 iyul, 17 uzbek (48 bal)
Men Laravelda ishlayman, Lekin Yiichilarni o'tsin demayman. Chunki ikkala frameworkni ham o'ziga yarasha +/- lari bor. Kim qaysi frameworkda yaxshi ishlay olsa o'shanisi yaxshi. Laravel framworkini web saytida e'tibor bergan bo'lsangiz bir gap yozilgan: "The PHP Framework For Web Artisans". Shunday ekan boshlang'ich dasturchilar uchun biroz og'irlik qiladi bu framework.
izoh qoldirdi 13 iyul, 17 Asadbek (70 bal)
Yii ni ham yomon deb bo'lmaydi yii ham juda yaxshi framework. Ajax va jquerylar bilan yaxshi ishlaydi. Ishlashi ham tez. Lekin laravelga o'rganib qolsangiz yii da ishlagingiz kelmaydi. Kimga qanday bilmadimu menda shunday bo'lgan. Balki yii chilarga teskarisidir. Maslahatim ikkalasini ham o'rganing. Ikkalasi ham o'z o'rnida juda zo'r framework.
+2 ovoz
javob berdi 18 iyul, 17 Farhodjon (1,192 bal)
Men sizga avval PHP OOP ni yaxshilab o'rganib keyin o'zingiz kichik framevorkcha yozib ko'rishingizni tavsiya qilaman. Shunda har qanday frameworkni ham qanday ishlashini hamda undan qangay foydalanishni yaxshi tushunasiz
izoh qoldirdi 21 iyul, 17 Javlonbek (136 bal)
Tavsiyangiz uchun raxmat Farhodjon. OOP ni o'rganishga qaysi manbalarni tavsiya qilgan bo'lardingiz. Hozir men o'zim Koterovning "Samuchitel PHP" kitobini o'qiyapman. Lekin bilishimcha bundagi ma'lumotlar juda eskirgan(yani, barchasi php 5.0 haqida). Bundan boshqa 2016 yilda chiqqan shu avtorning "Samuchitel PHP 7" kitobi ham bor. Lekin u haqida forumlarda salbiy fikrlar keltirilgan.  Yana bir savol meni qiynayapti: o'rganishni PHP 5 dan mi yoki PHP 7 dan mi? Fikrigizni kutib qolaman.
izoh qoldirdi 20 sentabr, 17 parmonov98 (1,678 bal)
siz php ni asosini o'rganing versiyalarida qo'shimcha imkoniyatlar va oldindan tuzilgan class bor bu degani ulardan foydalanish qoladi faqat! agar versiya kerak bo'ladigan bo'lsa php 5.2 yoki 5.3 - 7.2 gacha tanlang qaysi birida yaxshi qo'llanma yoki kurs topa olsangiz o'sha! agar asosni tushunib o'rgangan bo'lsangiz versiyalarga convert qilish juda qiyin bo'lmaydi.faqat zamon bilan ham nafas bo'lishni unitmang
+1 ovoz
javob berdi 27 mart, 19 Oscar (211 bal)

Laravel yoki Yii: qaysi foydaliroq ushbu saytga qarab ko'ring

 https://azamat.uz/laravel-yoki-yii-qaysi-foydaliroq/

Assalomu alaykum, yordam.uz saytimizga xush kelibsiz.

Bu saytda o`zingizni qiziqtirgan savollarga javob olishingiz va o`z sohangiz bo`yicha savollarga javob berishingiz mumkin.

Bizning Oilamizga a'zo bo`lganingiz uchun chuqur Minnatdorchilik bildiramiz !!!

Telegram kanal YordamUzRss

...