Assalomu alaykum, yordam.uz saytimizga xush kelibsiz.
Bu saytda o`zingizni qiziqtirgan savollarga javob olishingiz va o`z sohangiz bo`yicha savollarga javob berishingiz mumkin. Bizning Oilamizga a'zo bo`lganingiz uchun chuqur Minnatdorchilik bildiramiz !!!

Ubuntuda tizimga kirib bo'lmayapti

+3 ovoz
106 marta ko‘rilgan
so‘radi 14 iyul, 17 vejon (2,992 bal)
tahrirlandi 16 iyul, 17 vejon
Assalom alaykum.

Ubuntu 16.04 da qaysidir kutubxona/dasturni o'rnatganimdan so'ng, tizimga o'zimi foydalanuvchim paroli orqali kirib bo'mayapti. Parol to'g'ri. Agar xato parol yozsam parol xato diyapti. O'zimi parolimni yozsam oyna(VirtualBox) bir o'chib-yonib(bir zumda) yana o'sha kirish qismiga yuboryapti. Bunda tizim biron xatolik haqida hech qanday yozuv, xabar berymayapti, ko'rsatmayapti. Bu muommoni qanday hal qilsa bo'ladi?

Oldindan rahmat!
izoh qoldirdi 14 iyul, 17 vejon (2,992 bal)
Internetda lightdm xizmatini o'chirib qo'yish kerak deb yozilgan. Shunday qilib ko'rdim, lekin ishlamadi.
izoh qoldirdi 14 iyul, 17 Axrorxo'ja (743 bal)
bu grafik managerdagi eng ko'p tarqalgan bug lardan,manimcha sizda hozir console bilan kira olyapsiz, grafik rejim bilan kirib bo'lmayapti,manda linux mint da bo'lardi,rosti javob qidirib soatlab vaqtib ketib qogan oxiri yana 20 min vaqt ketkazib qayta qo'yib ogandim :)
izoh qoldirdi 15 iyul, 17 parmonov98 (1,684 bal)
bitta screen  qilib tashlasangiz yaxshi bo`lardi.menda Debianda shunday bo`lgandi.yaxshi yechim reinstall baribir!!!

1 ta javob

+2 ovoz
javob berdi 16 iyul, 17 vejon (2,992 bal)
 
Eng yaxshi javob

Yechimini topdim!

Demak, kompyuterni o'chirib yoqamiz, Ubuntu yozuvi chiqishi bilan <shift> tugmasini bosamiz. GRUB menyusidan "Advanced options for Ubuntu" ni tanlaymiz. U yerdagi menyudan "Ubuntu, with Linux 4.2.0-19-generic (recovery mode)" ga bosamiz. Keyingi menyudan "root" ni ustiga bosamiz. Shunda bizda konsol ochiladi va konsolda  "home" direktoriyasidagi foydalanuvchi papkasiga o'tamiz(cd orqali).  Endi quyidagi buyruqlarni beramiz:

restart mount -o rw,remount /

chmod 666 .Xauthority Xauthority

mv .Xauthority Xauthority

Endi tizimimizni o'chirib yoqib, bemalol foydalanuvchi nomi va paroli orqali tizimga kirishimiz mumkin.

Assalomu alaykum, yordam.uz saytimizga xush kelibsiz.

Bu saytda o`zingizni qiziqtirgan savollarga javob olishingiz va o`z sohangiz bo`yicha savollarga javob berishingiz mumkin.

Bizning Oilamizga a'zo bo`lganingiz uchun chuqur Minnatdorchilik bildiramiz !!!

Telegram kanal YordamUzRss

...