Assalomu alaykum, yordam.uz saytimizga xush kelibsiz.
Bu saytda o`zingizni qiziqtirgan savollarga javob olishingiz va o`z sohangiz bo`yicha savollarga javob berishingiz mumkin. Bizning Oilamizga a'zo bo`lganingiz uchun chuqur Minnatdorchilik bildiramiz !!!

IT sohasida bakalavr diplomi kerakmi

+3 ovoz
636 marta ko‘rilgan
so‘radi 06 sentabr, 17 anorboev (124 bal)
Ukam shu yil kollejni bitirib institutga kirolmadi. Hozir bir yil repititorlarga borib keyingi yilga harakat qilib ko‘rmoqchi. Shu yerda bir savol, intitutda o‘qigan bo‘lish shartmi. Aytmoqchimanki IT da ko‘proq bilim va tajriba ro‘l o‘ynashini hisobga olib video darsliklar, yoki boshqa kurslardan qaysidir texnalogiyani o‘rganib karerasini boshlagani ma’qulroq bo‘lmasmikin. Ukam ingliz va rus tillarini biladi, va web-developmentga qiziqadi. Men o‘zim hozircha web texnalogiyalarni o‘rganib yaxshi mutaxassis bo‘lishni, bakalavr diplomini keyinchalik kerak bo‘lib qolsa olishini maslahat berdim. Ungacha TATU yoki boshqa IT sohasi bor institutlarda ham sirtqi bo‘lim (zauchniy) ochilib qolar deb umid qilmoqdaman. Shu fikr to‘g‘rimi, yoki avval bakalavr diplomi olishga harakat qilgan ma’qulmi?

Javob, maslaxat va takliflar uchun oldindan raxmat
izoh qoldirdi 11 sentabr, 17 tax (13 bal)
Eng qiziq tomoni shundaki ish faoilayatiga kirishgandan so`ng oliy ta`limga umuman qiziqish qolmasligi ham mumkin.
Avval oliy ta`limga harakat qilsin. Dasturlasрga qiziqsa o`zi ishini ham topib ketadi.
O`zim Islom universitetida o`qiyman bizda ham Informatika va axborot texnologiyalari mavjud.
Dasturchi bulish uchun shu yunalishda o`qishga majbur degan tushunchani ham yuqotish kerak.
Dasturchi faqat ish jarayonida toblanadi.Universitet esa hayotdan ham dars beradi.Hayot esa faqat dastur yaratish va pul topishdan iborat emas.

3 Javoblar

+4 ovoz
javob berdi 06 sentabr, 17 GENIUS (639 bal)
Bir tomondan olib qarasa DIPLOM bo'lgani ma'qul, Ammo IT sohada ayni paytda DIPLOM axamiyatga egamas, Davlat ishxonalarida o'sish istagida bo'lsa unda o'qigan ma'qul bunda faqat TATU da o'qish shartmas, MILLIY dayam shu yo'nalishda bo'limlar ochilgan shu yerga topshirsa ham bo'ladi hohlasa TATU ga o'zgartirsa ham bo'ladi (foyda yo'q TATU dan yaxshi milliy hozir).....
Agar o'z ustida kata yutuqlarga erishish istagi bo'lsa individual ko'p o'z ustida izlanib brogan ma'qul, diplom faqat yordam berishi mumkin qachonki biron sohada yuqoriga ko'tarilganda yoki shu kabi talab qilinadigan joylarga yoki bo'lmasam chetelda o'qishni davom ettirmoqchi bo'lsangi IT sohasiga oid diplom kerak bo'ladi (Agar IT bo'yocha o'qimoqchi bo'lsangiz ).....
izoh qoldirdi 07 sentabr, 17 Shoh (109 bal)
TATU dan foyda yo'q deb kim aytdi sizga?
Shu gapizga javob berolasizmi?
izoh qoldirdi 07 sentabr, 17 GENIUS (639 bal)
TATU ni yomonlamadim sheklli?) Unga o'xshash universetitni etdimk xolos(
+4 ovoz
javob berdi 07 sentabr, 17 Shoh (109 bal)
tahrirlandi 07 sentabr, 17 Shoh
Maqsad ilm olish va uni tarqatish bo'lsa. Nafaqat bakalavr balki Master va PHD ni ham o'qish kerak bo'ladi.

IT sohasida ukangiz academic yo'ldan ketmoqchimi yoki industry dan?

Agar Academic yo'l bo'lsa  bakalavr, Master va PHD zarur.

Agar Industry da maxsulot yaratib uni sotish bilan shug'illansa, bu yerda diplom kerak emas.

Agar Ukangiz Bakalavrni TATU da o'qisalar keyinchalik Master ga chetga chiqish imkoniyati bo'ladi. Xozir chet ellarda Master uchun 100% grant olish imkoni mavjud.

Pul va vaqt bo'lsa o'qiganlari maqul menimcha.

Web development ga qiziqar ekanlar.

Web bo'yicha ishga kirib olsinlar. Ham Webni ham Math va Physics dan tayyorgarlik ko'rsinlar.

Kelasi yili o'qishga kirib olsalar, ishni ham o'qishni paralel olib ketadilar. Shunisi eng to'g'ri yo'l. Ukangiz haqiqattan ham qiziqadigan bo'lsalar bu qiyin bo'lmaydi. Odam ishini va fanni sevishi kerak. Sevgi bo'lsa o'rganish va ishlash osson bo'ladi.

TATU ga kirolmagan bo'lsalar math va fizikadan bo'sh ekanlar. Shuning uchun math va fizikani sevib, yaxshi ko'rib o'rganib olsinlar, kelajakda juda ko'p kerak bo'ladi. Web da kerak bo'lmasa, boshqa developmentlarda kere bo'ladi. IT degani faqat web emas.

Oxirgi maslaxatim yaxshi mutaxasisga shogird qilib bering ukangizni.

Ukangizni hayoti o'yinchoq emasku to'g'rimi? Yuqoridagi javoblarni o'qib chiqdim, nihoyatda saviyasi past javoblar. Bunaqa savollarni Hudodan qo'rqadigan, o'z yo'nalishida yutuqlarga erishgan va  ilmli odamlarga berganingiz maqul.
izoh qoldirdi 09 sentabr, 17 parmonov98 (1,684 bal)
Pul va vaqt bo'lsa o'qiganlari maqul menimcha.   shunisiga 10000 .... % bo'lsa ham qo'shilaman.imkon bor vaqti o'qib qolish kerak.
+3 ovoz
javob berdi 06 sentabr, 17 Clever (169 bal)
Man ko'pchilik programistlardan eshitganman 4 yil bekor o'qigan ekanman deb. Mani firkrimcha 4 yil o'qish davomi ko'p narsani o'rgandim, to'g'ri ko'p vaqtingiz bazi befoyda narsalarga ketadi o'qish mobaynida, lekin o'ziga yarasha gashti bor. 4 yil ichida dasturlashdan zo'r mutahasiz bo'lishi mumkin (rus va ingliz tilini bilsa). Agar sizni o'rningizda man ham bo'lganimda ham ukamni ishga ham o'qishga joylashtirgan bo'lardim. Albatta bu mani shaxsiy fikrim
izoh qoldirdi 11 sentabr, 17 tax (13 bal)
+++++++++++++++++

Assalomu alaykum, yordam.uz saytimizga xush kelibsiz.

Bu saytda o`zingizni qiziqtirgan savollarga javob olishingiz va o`z sohangiz bo`yicha savollarga javob berishingiz mumkin.

Bizning Oilamizga a'zo bo`lganingiz uchun chuqur Minnatdorchilik bildiramiz !!!

Telegram kanal YordamUzRss

...