Assalomu alaykum, yordam.uz saytimizga xush kelibsiz.
Bu saytda o`zingizni qiziqtirgan savollarga javob olishingiz va o`z sohangiz bo`yicha savollarga javob berishingiz mumkin. Bizning Oilamizga a'zo bo`lganingiz uchun chuqur Minnatdorchilik bildiramiz !!!

C# dan ma'lumotlarni yuborish va ularni Yii2 orqali o'ziga yozib olish

+1 ovoz
94 marta ko‘rilgan
so‘radi 12 oktabr, 17 Hasan (424 bal)
ASP. NET da qilingan akt.uz degan sayt bor. U saytga kirish uchun avval login parol so'raladi. Kerakli login va parol terilgandan keyin foydalanuvchiga dostup beriladi. Va to`liq imkoniyat beriladi. akt.uz saytida yii2 da qilingan murojaat.uz saytga link ko'rsatilgan. O'sha link orqali murojaat.uz kirgan foydalanuvchiga ham toliq imkoniyat beriladi. Agar akt.uz orqali emas. balki murojaat.uz orqali kirmoqchi bo'lganlarga dostup berilmaydi.

Qo'shimcha: akt.uz ga kirgan foydalanuvchi link orqali murojaat.uz ga saytiga kirganda foydaluvchining ma'lumotlari murojaat.uz sayting bazasiga ham yozilishi kerak. Bunda akt.uz, murojaat.uz ga foydalanuvchilarning logini, emaili, ismi, familiyasi kabi ma'lumotlarni beradi.

Savol shundan iboratki: Shu ma'lumotlarni qanday jo'natish muammo. Ya'ni boshqa dasturlash tilidan boshqasi ma'lumotlarni qanday jo'natishni va uni qanday qilib bazaga yozib quyishni bilmayabman. Ikkalasini integratsiya qilsa bo'ladimi? Va ma'lumotlarni ajax yoki json orqali jo'natishga doir qanaqadir misol yoki takliflariz bo'lsa kamina bilan baham ko'ring.

2 Javoblar

0 ovoz
javob berdi 12 oktabr, 17 Sardor Dushamov (1,652 bal)
Agar siz yii1 da ishlayotgan bo'lsangiz rest api qilish extensioni orqali bu api qilib, o'sha apiga murojaat qilishingiz mumkin.

http://www.yiiframework.com/extension/restfullyii - bu yerda tutorial.

Agar  sayt yii2 da bo'lsa o'zida rest api qilish imkoniyati mavjud.

http://www.yiiframework.com/doc-2.0/guide-rest-quick-start.html

https://code.tutsplus.com/tutorials/programming-with-yii2-building-a-restful-api--cms-27513

Yuqoridagi linklarda yii da rest api qilishni o'rgatgan.

Siz ham API qilasiz va shu apiga ASP net dan request yuborasiz. Request aynan asp netda qilingan saytdan yuborilganligini bilish uchun esa qandaydir ikki sayt bir birini tushunadigan hashlar yoki parametrlarni qo'shib yuborish orqali avtorizatsiya qilishiz mumkin.
0 ovoz
javob berdi 23 oktabr, 17 m.kholmirzaev (164 bal)
"OAuth"ni o'qib chiqing. Aynan shunaqa masalalarni hal qilish uchun yaratilgan.

Assalomu alaykum, yordam.uz saytimizga xush kelibsiz.

Bu saytda o`zingizni qiziqtirgan savollarga javob olishingiz va o`z sohangiz bo`yicha savollarga javob berishingiz mumkin.

Bizning Oilamizga a'zo bo`lganingiz uchun chuqur Minnatdorchilik bildiramiz !!!

Telegram kanal YordamUzRss

...