Assalomu alaykum, yordam.uz saytimizga xush kelibsiz.
Bu saytda o`zingizni qiziqtirgan savollarga javob olishingiz va o`z sohangiz bo`yicha savollarga javob berishingiz mumkin. Bizning Oilamizga a'zo bo`lganingiz uchun chuqur Minnatdorchilik bildiramiz !!!

ASCII,JPEG,RPC,PAP,IPv4,IPv6,PPD,JEEE,DSL protokollar haqida

+1 ovoz
721 marta ko‘rilgan
so‘radi 28 oktabr, 17 JamK (92 bal) 1 ta bekor qildi
tahrirlandi 28 oktabr, 17 Saidolim
ASCII,JPEG,RPC,PAP,IPv4,IPv6,PPD,JEEE,DSL protokollar haqida malumot bering raxmat!
izoh qoldirdi 28 oktabr, 17 Saidolim (3,566 bal)
Internetdan qarab ko`rdizmi?
izoh qoldirdi 28 oktabr, 17 JamK (92 bal)
Salom, ruscha varianti bor ekan, men ruschaga yaxshi tushunmayman
izoh qoldirdi 28 oktabr, 17 Saidolim (3,566 bal)
Iltimos, unda savol berganda aniqroq, nima aynan kerakligini chuntirib so`rang, bittada 10 talab narsani so`rash odobdan emas. https://yordam.uz/savol-berish-qoidalari mana shuni o`qib chiqing.
izoh qoldirdi 28 oktabr, 17 Saidolim (3,566 bal)
ASCII bilan JPEG ni orasi, yer bilan osmonchalik. IPv6 ku umuman boshqa narsa. Pahlavonlar bo`tqasi bo`lib qolibdi.
izoh qoldirdi 28 oktabr, 17 JamK (92 bal)
model osining urovenlarida ishlaydigan protokollar bular, man shular nima ish qilishini bilmagan edim oka, "Bu saytda o`zingizni qiziqtirgan savollarga javob olishingiz va o`z sohangiz bo`yicha savollarga javob berishingiz mumkin." deb yozib quyibsiz oka
izoh qoldirdi 28 oktabr, 17 Saidolim (3,566 bal)
uzr agar xato gapirgan bo`lsam, lekin ISO OSI ni bilganim uchun, ASCII, JPEG larni bilganim uchun, aralashib ketibdi dedim. Hasanga rahmat to`liq javob beribdilar. Agar javob kerak bo`lsa, savol bering, marhamat. Faqat bitta mavuzda bitta savol bo`lsin, maqsadga muvofiq.

1 ta javob

+3 ovoz
javob berdi 28 oktabr, 17 Hasan (424 bal)
tanlangan 28 oktabr, 17 JamK
 
Eng yaxshi javob

1) ASCII (ingl. American Standard Code for Information Interchange) — bosma belgilar va boshqa maxsus kodlar uchun Amerika Qoʻshma Shtatlari standart kodlash jadvali. Ingliz tilining amerika variantida [esqi] shaklida aytiladi, Buyuk Britaniyada esa [asqi] shaklida koʻproq aytiladi; oʻzbekchada ham [asqi] shaklida aytiladi.

ASCII oʻnlik sonlar, lotin va milliy alifbolar, tinish belgilari va boshqaruvchi belgilarni tasvirlovchi kodlashlarni oʻz ichiga oladi. Dastlab 7-bitlik qilib yaratilgan, keyinchalik 8-bitlik baytga oʻtkazilgan ASCII 8-bitlikning yarmi deb qabul qilina boshlandi. Komputerlarda odatda 8-bit va kod jadvalining ikkinchi yarmi bilan ishlangan ASCII kengaytmasi foydalaniladi (masalan KOI-8).

2) JPEG. Tarmoqda tasvirlarning asosan JPEG (Joint Phorographic Experts Group «Dji-pеg» dеb o’qiladi), formati qo’llaniladi. Lekin bu protokol emas shunchaki tarvirning formatini bildiradi.

3) RPC (Remote Procedure Call). O’chirilgan amaliy dasturlarni bir-biri bilan sodda va effektiv holatda biriktiradi.

4) va 5) IPv4,IPv6 haqida mana bu sahifada to`liq ma`lumot berilgan http://uz.infocom.uz/2016/07/06/ipv4-va-ipv6-protokollarining-tahlili/

6) va 7) PPD va JEEE haqida uzb ma`lumot topa olmadim

8) DSL (Digital Subscriber Lines ) – abonеntlarning raqamli liniyalari. DSL Raqamli Abonent Liniyasi uchun turadi, qaysi oddiy telefon liniyalari va axborot ustidan jo'natish va qabul qilish uchun foydalanadi texnologiyasi xil anglatadi normal telefon foydalanish nisbatan yuqori chastota da internet. DSL aloqasi shu bilan bir vaqtda ma'lumotlar va ovoz signallari, ham qo'yish mumkin. Shuning uchun telefon xizmati internet foydalanganda so'zini emas. DSL ulanish tezligi abonent va provayder orasidagi masofa bog'liq. DSL texnologiyalari ikki asosiy turlari bor: ADSL internet tarmog'idan foydalanish, lekin sekin yuqorida ulanish tez downstream aloqani talab qiladi, va Simmetrik DSL ikkala yo'nalish bo'yicha yuqori tezlikda ulanish talab qiladi.

Qo`shimcha ma`lumotlar:

TCP/IP terminidagi protokollar turli xil darajada tushuniladi. Quyidagi turlar bo`yicha sanab o`tamiz.

  • TCP—Transport bazali protocol
  • VOp—Ikkinchi protokolli protocol (TCP dan farqlanadi)
  • ARP_IP—Adressdagi va Ethernet adresiga muvofiq keluvchi adresslarni aniqlashda foydalaniladi.
  • SLIP—Ma`lumotlarni telefon mishlari orqali uzatuvchi protokol
  • PPP—Ma`lumotlarni o`zaro almashinish protokoli
  • FTP—Fayllarni o`zaro almashinish protokoli
  • TFTP—Uch tomonlama fayllarni uzatish protokoli
  • DNS—Mazilli nomlarni shakllantirish tizimi
  • RIP— Yo`naltiruvchi protokol
  • NFS (Network File System). Lokal kompyuterlarda mavjud bo’lgan katalog va fayllardan foydalanish imkonini beradi. 
  • NIS (Network Information Servise). Parollarni tekshiradi va sistemasiga kirishni modellashtiradi.  Tarmoqdagi bir nechta kompyuterlar foydalanuvchilari haqidagi ma’lumotlarni ko’rsatadi.
  • SMTP (Simple Mail Transfer Protocol). Oddiy pochtani uzatish qaydnomasi (elektron pochtani kompyuterlarga yuboruvchi qaydnoma).
  • SNMP (Simple Network Management Protocol). Ma’muriy qaydnoma tarmoq holati va unga ulangan boshqa qurilmalarga ma’lumotlarni uzatadi.
izoh qoldirdi 28 oktabr, 17 JamK (92 bal)
raxmat okalar :)

Assalomu alaykum, yordam.uz saytimizga xush kelibsiz.

Bu saytda o`zingizni qiziqtirgan savollarga javob olishingiz va o`z sohangiz bo`yicha savollarga javob berishingiz mumkin.

Bizning Oilamizga a'zo bo`lganingiz uchun chuqur Minnatdorchilik bildiramiz !!!

Telegram kanal YordamUzRss

...