Assalomu alaykum, yordam.uz saytimizga xush kelibsiz.
Bu saytda o`zingizni qiziqtirgan savollarga javob olishingiz va o`z sohangiz bo`yicha savollarga javob berishingiz mumkin. Bizning Oilamizga a'zo bo`lganingiz uchun chuqur Minnatdorchilik bildiramiz !!!

php yoki yii2 da foydalanuvchi TimeZone ni aniqlash

+5 ovoz
130 marta ko‘rilgan
so‘radi 21 noyabr, 17 Farhodjon (1,192 bal)
Assalomua alaykum. Men qilayotgan loyihada shunday holat bor, ya'ni saytdagi barcha vaqtlar saytdan foydalanayotgan foydalanuvchining vaqt zonasi bo'yicha chiqishi kerak. Ya'ni Masalan UZB da soat 14:00 ko'rinsa Rossiyada 16:00 ko'rinishi kerak. Buni momentJs bilan qilib ko'rdim lekin unchalik yaxshi ishlamayapti. Shuni php da yoki Yii2 da qilsa bo'ladimi? Javoblar uchun rahmat

2 Javoblar

+1 ovoz
javob berdi 21 noyabr, 17 vejon (2,992 bal)

Javascriptda getTimezoneOffset() funksiyasi yordamida foydalanuvchi brazueridan vaqt zonasini bilib olish mumkin. Bu eng oson yo'li. Yana bir murakkabroq yo'li bor. Bu uning IP manzili orqali qayerdan saytga kinganligini va o'sha yerdagi vaqt zonasi yordamida foydalanuvchi uchun qulay bo'lgan vaqtni ko'rsatish mumkin.

izoh qoldirdi 21 noyabr, 17 Sardor Dushamov (1,683 bal)
agar userlar avtorizatsiyadan o'tadigan bo'lishsa, yuqorida siz aytgan funksiya yordamida browserning timezonasini olib userni o'zidan so'rab tasdiqlatib olish kerak va bazaga saqlab qo'ygan yaxshi. Keyingi kirganlarida bazadagi ko'rsatgan timezona boyicha korsatishi mumkin. Agar VPN bilan kiradigan bo'lsa browserniki ham o'zgaradi.
izoh qoldirdi 21 noyabr, 17 Farhodjon (1,192 bal)
Bularni javaScript siz PHP da qilishni yagona yo'li faqat IP orqalimi? Yoki uyam JS orqalimi?
izoh qoldirdi 22 noyabr, 17 vejon (2,992 bal)
JavaScript bilan qilgan ma'qul, bitta ajax bilan foydalanuvchi vaqt zonasini bazada saqlab qo'ysangiz bo'ladi(agar foydalanuvchi saytda avtorizatsiyadan o'tsa). Agar saytda oddiygina qilib sana va vaqtni ko'rsatib qo'ymoqchi bo'lsangiz, oddiy javascript orqali, foydalanuvchini qurilmasidagi vaqtni olib chiqarib qo'yish mumkin. Lekin bunda ham xatoliklar bo'lishi mumkin. Katta murakkab saytlarda IP orqali foydalanuvchi vaqt zonasi olinib o'sha yordamida ko'p amallar bajariladi. Bu usul ancha to'g'ri, effektiv va aniq ishlaydi. Lekin bajarish nisbatan murakkab.
0 ovoz
javob berdi 22 noyabr, 17 parmonov98 (1,684 bal)

date_default_timezone_set('Europe/London');
echo strftime("%R");

mana shu narsa sizga maqul keladi.life timer qoymoqchi bolsangiz baribir js ishlatishga to'gri keladi

Assalomu alaykum, yordam.uz saytimizga xush kelibsiz.

Bu saytda o`zingizni qiziqtirgan savollarga javob olishingiz va o`z sohangiz bo`yicha savollarga javob berishingiz mumkin.

Bizning Oilamizga a'zo bo`lganingiz uchun chuqur Minnatdorchilik bildiramiz !!!

Telegram kanal YordamUzRss

...