Assalomu alaykum, yordam.uz saytimizga xush kelibsiz.
Bu saytda o`zingizni qiziqtirgan savollarga javob olishingiz va o`z sohangiz bo`yicha savollarga javob berishingiz mumkin. Bizning Oilamizga a'zo bo`lganingiz uchun chuqur Minnatdorchilik bildiramiz !!!

C# da 'thread'lar bilan ishlash

+2 ovoz
222 marta ko‘rilgan
so‘radi 10 dekabr, 17 SARVARBEK (355 bal)
Programma ishga tushgach thread.Start() bo'ladi. Qanaqadir shartla bajarilganda thread.Abort() bo'ladi va qanaqadir amalla bajariladi va yana thread.Start() qilish kere. Lekin 2-marta start qiganda xatolik beryapdi.

Error: "Additional information: Поток выполняется или прерван; его нельзя запустить повторно."

2-marta thread.Start() ni o'rniga thread.Resume() qilganda ham shunaqa xatolik kelib chiqyapdi.

Nima qilsam bo'ladi?
izoh qoldirdi 12 dekabr, 17 m.kholmirzaev (164 bal)
Nima qilmoqchisiz o'zi? Thread.Start yangi oqimni tuzish va ishga tushirish uchun. Thread.Resume vaqtincha toxtatilgan oqimni davom ettiradi. Thread.Abort oqimni to'xtatish haqida buyruq beradi lekin bu degani oqim toxtaydi deganimas. Thread.Suspend oqimni vaqtincha to'xtatib turadi.
izoh qoldirdi 13 dekabr, 17 SARVARBEK (355 bal)
thread.Start() bo'lganda yangi oqim ishga tushadi. Maqsadim shu oqimni vaqtinchalik to'xtatish va keyinchalik yana ishga tushirish. Agar sizni to'gri tushungan bo'lsam, bu holatda oqimni ishini vaqtinchalik to'xtatish uchun thread.Suspend() va qayta ishga tushirish uchun thread.Resume() ni ishlatilish kerak.

Javob uchun rahmat

1 ta javob

+1 ovoz
javob berdi 13 dekabr, 17 m.kholmirzaev (164 bal)
Oqimlarni bunday ishlatish usuli unchalik ham ma'qul yechimmas. Oqimni vaqtincha to'xtatib yana ishga tushirishdan maqsadingiz nima?
izoh qoldirdi 13 dekabr, 17 SARVARBEK (355 bal)
tahrirlandi 13 dekabr, 17 SARVARBEK
Dastur ishga tushganda bir nechta mijoz(mijoz - bu dasturga ma'lumot jo'natib turuvchi qo'shimcha dastur)ga socket orqali ulanadi.  Har bitta mijozga alohida oqimlar yaratilgan. Biror mijoz bilan aloqa uzulganda (chiroq o'chishi, internet ishlamay qolishi, ...) o'sha mijozga tegishli oqimni to'xtatib turish, yana aloqa tiklanganda o'sha oqimni  ishga tushirish kerak.

Man o'zim bilgan usulda qigandim bu dasturni, yoki boshqacharoq texnologiyadan foydalanishmi, yoki boshqacha yondashish kerakmi bu dasturga. Optimal ishlashi uchun threaddanmas boshqa narsadan foydalanish kerakmi?

Assalomu alaykum, yordam.uz saytimizga xush kelibsiz.

Bu saytda o`zingizni qiziqtirgan savollarga javob olishingiz va o`z sohangiz bo`yicha savollarga javob berishingiz mumkin.

Bizning Oilamizga a'zo bo`lganingiz uchun chuqur Minnatdorchilik bildiramiz !!!

Telegram kanal YordamUzRss

...