Android dasturlashda javani ahamyati

+1 ovoz
190 marta ko‘rilgan
so‘radi 25 dekabr, 17 Farruxnet (815 bal)
Android dasturlash oid video darslani youtubeda ko'raman dasturlash jarayonida java kodlar yozilmaydi ko'proq XML kodlari yoziladi Androidga dastur tuzishda java tilini ahamyati qanday?

2 Javoblar

+1 ovoz
javob berdi 25 dekabr, 17 alfraganus (770 bal)
Androidga turli hil dasturlash tillarida ilovalar qilsa bo'ladi, Java ham ularni biri, Javadan ko'proq qilinadi Android Ilovalar, lekin C#, C++, Native React  va yana boshqa tillarda ham bajarsa bo'ladi
izoh qoldirdi 28 dekabr, 17 SARVARBEK (321 bal)
C# da Android uchun dastur tuzib ko'rganmisiz?
Man C# da faqat Desktop dasturlar tuzardim, endi Androidga o'tmoqchi edim. C# tuzilgan Android dasturlar ishlatishda alohida e'tiborga olish kerak bo'lgan narsalar (masalan desktop uchun .NET versiyasi) bormi?
Agar iloji bo'lsa shu bo'yicha, ya'ni C# da Android uchun dastur tuzish haqida to'liqroq ma'lumot bersangiz.
izoh qoldirdi 15 mart, 18 ddk9499 (1 ball)
C# da ham Android dasturlar tuzsa bo'ladi. Buning uchun Xamarin freymvorkidan foydalanadi. Xamarin orqali faqatgina, Android uchun emas, balkim boshqa platformalar uchun ham dasturlar tuzish mumkin.
Qo'shimcha sifatida shuni aytish mumkinki, freymvorklar yordamida tuzilgan dastur, nativ dasturlar oldida, anchagina yutqazadi! Shuning uchun hozirgi kunda katta dasturlar yaratishda, Java/Kotlin dasturlash tillaridan foydalaniladi.
0 ovoz
javob berdi 27 dekabr, 17 PyBOY (210 bal)
XML tilida faqat dasturni interfeysi teriladi, bu degani xml bilan yasaladi degani emas. Shunchaki javani o'zida ko'rinish terish qiyin shuning uchun  ma'lumotlar xmlga yozib, keyin javaga o'giriladi. Andorid uchun esa javani ahamiyati juda katta, chunki android kerneli c da yozilgan, qolgan barcha qismlari esa javada.

Assalomu alaykum, yordam.uz saytimizga xush kelibsiz.

Bu saytda o`zingizni qiziqtirgan savollarga javob olishingiz va o`z sohangiz bo`yicha savollarga javob berishingiz mumkin.

Bizning Oilamizga a'zo bo`lganingiz uchun chuqur Minnatdorchilik bildiramiz !!!

Telegram kanal YordamUzRss

...