Assalomu alaykum, yordam.uz saytimizga xush kelibsiz.
Bu saytda o`zingizni qiziqtirgan savollarga javob olishingiz va o`z sohangiz bo`yicha savollarga javob berishingiz mumkin. Bizning Oilamizga a'zo bo`lganingiz uchun chuqur Minnatdorchilik bildiramiz !!!

Visual studio ishlamayapti

+2 ovoz
115 marta ko‘rilgan
so‘radi 21 yanvar, 18 FAXRIDDIN TOJIBOYEV (306 bal)
Yaqinda kompyuterni antivirus bilan YAXSHILAB tozalab kerakmas fayllarni o'chirib tashlagandim. Ularga qo'shilib visual studioga aloqador fayllar ham ochib ketgan ko'rinadi. Keyin negadir yaratgan proyektlarim ochilmaydigan bo'lib qoldi. So'ng visual studio ni TotalUninstaller yordamida ochirib tashladim. So'ngra qaytadan o'rnatdim. Endi eski proyektlarni ochyapti va bir oz vaqt o'tgach yopilib qolyapti tezda. Yana bir muammo paydo bo'ldi. Yengi proyekt ochmayapti.
6-7 marotaba qaytadan o'rnatdim visual studioni baribir o'sha ahvol borgan sari yomonlashib bormoqda. Saytlarda berilgan maslahatlarni ham qilib ko'rdim baribir o'hshamayapti.
Nima qilsam ekan? Balki uninstal qilayotganda xato qilayapmanmikin? Nima qilish mumkin?

1 ta javob

0 ovoz
javob berdi 09 dekabr, 18 Shokhrukh Erkinov (80 bal)
tanlangan 09 dekabr, 18 FAXRIDDIN TOJIBOYEV
 
Eng yaxshi javob
Assalomu alaykum.

Siz balki Visual Studio ni ishlashini ta'minlab beradigan komputeringizdagi fayllarni ham o'chirib yuborgandirsiz. Maslahatim, komputeringizga boshqatdan operatsion tizim o'rnatib, keyin, Visual Studio ni o'rnatganingiz ma'qul.

Javobim sizni qoniqtirgan bo'lsa Allohning irodasidan, agar kamchilik va xatolar o'tgan bo'lsa kaminaning ojizligidan deb bilasiz.
izoh qoldirdi 09 dekabr, 18 FAXRIDDIN TOJIBOYEV (306 bal)
Assalomu aleykum
Rahmat bergan maslahatingiz uchun. Ohiri shunday qilgandim. Hozir yaxshi ishlayapti

Assalomu alaykum, yordam.uz saytimizga xush kelibsiz.

Bu saytda o`zingizni qiziqtirgan savollarga javob olishingiz va o`z sohangiz bo`yicha savollarga javob berishingiz mumkin.

Bizning Oilamizga a'zo bo`lganingiz uchun chuqur Minnatdorchilik bildiramiz !!!

Telegram kanal YordamUzRss

...