Assalomu alaykum, yordam.uz saytimizga xush kelibsiz.
Bu saytda o`zingizni qiziqtirgan savollarga javob olishingiz va o`z sohangiz bo`yicha savollarga javob berishingiz mumkin. Bizning Oilamizga a'zo bo`lganingiz uchun chuqur Minnatdorchilik bildiramiz !!!

Vebsite vaqtlarni har qanday davlat vaqtlariga moslahstirish

+5 ovoz
342 marta ko‘rilgan
so‘radi 02 fevral, 18 Farhodjon (1,192 bal)
Assalomu alaykum. Men qilgan saytda vaqtlar chiqarilgan joylar bor. U vaqt PHP da chiqarilgani uchun server vaqtini olyapti. Shu vaqtlarni qanday qilib barcha mamlakatda shu mamlakat vaqtini chiqaradigan qilsam bo'ladi. Masalan Server O'zbekistonda bo'lsa saytda soat 09:00 bo'lsa Moskvada 07:00 ko'rsatishi kerak. Internetda qarab ko'rdim buni PHP bilan qilib bo'lmas ekan. JavaScript yordamida amalga oshirish kerak ekan. MomentJS kutubxonasini ishlatishga harakat qilib ko'rdim lekin ba'zi muammolarga duch keldim. Shunday kutubxonalardan xabardor bo'lsangiz yoki shunga o'xshash vaziyatga duch kelganlar bo'lsa yordam uchun oldindan rahmat

3 Javoblar

+1 ovoz
javob berdi 02 fevral, 18 Sardor Dushamov (1,683 bal)

Foydalanuvcihning browseridan timezonasini ovolasiz va serverdan current timeni UTC da olib usha timezonani qo'shasiz.

 var offset = new Date().getTimezoneOffset()

Yuqoridagi funksiya yordamida, foydalanuvchining vaqti UTC vaqtdan qancha farq qilishini bilib olish mumkin. SHunag qarab hisoblayverasiz

izoh qoldirdi 02 fevral, 18 Farhodjon (1,192 bal)
Saytni PHP da qilganman. Yii2 da Yii::$app->formatter->asDatetime() dan foydalanib qilganman bu ishni. SIz aytgan funksiyadan foydalandim. Siz bergan kodni console dachiqarib ko'rsam -300 ko'rsatyapti UZB uchun. Bu orqali qande page da ishlatilgan barcha vaqtlarni o'zgartirishim mukin?
izoh qoldirdi 03 fevral, 18 Sardor Dushamov (1,683 bal)
Utc timedan farqini qaytaradi. Natijani 60 ga bolsa soati chiqadi yani -5 deb. Agar manfiy chiqsa demak utc+5 boladi, yani utc vaqtdan tepada degani, agar musbat chiqsa utc-5 kabi boladi, yani utc vaqtdan pastda degani. Siz qaytgan natijani 60 ga boling va musbat bolsa manfiy qiling, manfiy bolsa musbat qilib, serverni vaqtiga chiqqan soatni qo’shing
izoh qoldirdi 03 fevral, 18 Farhodjon (1,192 bal)
Sardoraka javobiz uchun rahmat. Siz aytgan yo'ldan foydalanishga harakat qildim lekin bitta muammo mani qiynayapti. Sayt serverga ulanib bo'lgandan keyin ishlaydiku, yani vaqtlar avval serverdan olib kelinib bo'ladi. JavaScript keyin ishlaganda serverdagi vaqtni JavaScript orqali qande o'zgartiraman? Yoki saytdagi barcha vaqtlarni olib js orqali integratsiya qilib qaytadan qo'yib chiqishim kerakmi?
izoh qoldirdi 03 fevral, 18 Sardor Dushamov (1,683 bal)
serverni vaqtini o'zgartirmaysizku siz. serverda utc vaqtni qo'ying. foydalanuvchi biror pageni ochayotganda, serverdan utc vaqt kelgan bo'ladi, render qilayotganda jsni ishga tushirishiz mumkinku.
+1 ovoz
javob berdi 02 fevral, 18 GENIUS (639 bal)
Buning yo'li ko'p, serverni sozlab qo'yish, timezone sozlamalari code.....

http://php.net/manual/en/function.date-default-timezone-set.php

Bu default timezone uchun

quyida bir link keltridim, bu yerda server timezone va user timezone larni solishtirish ko'rsatilgan va tushuntriligan.

https://www.hieule.info/web/convert-date-time-data-between-php-servers-and-user-browsers
–1 ovoz
javob berdi 02 aprel, 18 Hamroyev (23 bal)

kim aytdi sizga php qilib bo'lmaydi deb?

$kun = date('Y.m.d H:i:s', strtotime('5 hour'));

shunga qarab tayorlab olaverasiz. misol uchun bu yerda 5 hour toshkent ashxabod vaqti, moskvalarniki o'ziz topib to'g'irlab qo'yaverasiz

izoh qoldirdi 05 aprel, 18 Farhodjon (1,192 bal)
Siz Toshkent uchun 5 hour oldiz. Moskva uchun qanday oalsiz? Qo'lda yozib chiqasizmi? Qaysi user qaysi davlatdan kirayotganini qanday aniqledi php?
izoh qoldirdi 09 aprel, 18 Hamroyev (23 bal)
date_timezone_set dan foydalanasiz unda

Assalomu alaykum, yordam.uz saytimizga xush kelibsiz.

Bu saytda o`zingizni qiziqtirgan savollarga javob olishingiz va o`z sohangiz bo`yicha savollarga javob berishingiz mumkin.

Bizning Oilamizga a'zo bo`lganingiz uchun chuqur Minnatdorchilik bildiramiz !!!

Telegram kanal YordamUzRss

...