Design Patterns nima?

+1 ovoz
39 marta ko‘rilgan
so‘radi 05 aprel Mastura Qayumova (16 bal)
tahrirlandi 05 aprel Saidolim
Design Patterns nima? Patternslar nima uchun ishlatiladi?

1 ta javob

0 ovoz
javob berdi 05 aprel Saidolim (2,910 bal)
 
Eng yaxshi javob

Design patternning o’zi nima?

Design Pattern bu qayta-qayta qo’llash, ma’lum bir kontekstda aniq muammoni hal qilish uchun foydalanish mumkin bo’lgan yechim, yillar davomida dasturchilar tomonidan yig’ilib borgan eng yaxshi tajribalar to’plamidir. Design patternning o’zi muammo hal qilmaydi, aksincha u abstrakt fikr bo’lib class, interface, metodlarning o’zaro bog’lanishlari ko’rinishida beriladi. Misol tariqasida, bino qurilishi davomida quruvchilarning avval poydevor, keyin devor keyin esa tom qurish ketma-ketligini keltirishimiz mumkin. Undan tashqari OOP sifat talablarining mukammal tarzda ishlatilgan holati. Maqolalar seriyasi davomida ushbu prinsiplarning qanday qilib yo’lga qo’yilishi haqida ma’lumot berib borishga xarakat qilamiz. Design Patternlar haqida yozilgan shu kunga qadar eng mashhur kitob bu Design Patterns: Elements of Reusable Object-Oriented Software bo’lib, bu shu darajada mashhurki kitob muallfilariga GOF(Gang of Four) laqabini olib bergan. Ushbu to’rtlik kompyuter olamida eng ko’p eslanadigan insonlardan hisoblanishadi.

Manba

Assalomu alaykum, yordam.uz saytimizga xush kelibsiz.

Bu saytda o`zingizni qiziqtirgan savollarga javob olishingiz va o`z sohangiz bo`yicha savollarga javob berishingiz mumkin.

Bizning Oilamizga a'zo bo`lganingiz uchun chuqur Minnatdorchilik bildiramiz !!!

Telegram kanal YordamUzRss

...