Pascal procedure haqida

+1 ovoz
90 marta ko‘rilgan
so‘radi 01 iyun murodov350 (35 bal)
Salom menga pascal procedure haqida malumot bersangiz. Mazmuni va ishlatilishi haqida!

1 ta javob

+1 ovoz
javob berdi 05 iyun DelphiGuru (774 bal)

Bir xil ifodalarni qayta qayta yozmaslik uchun procedure va funksiyalardan foydalaniladi. Misol uchun, sizda massiv mavjud va siz massivni elementlarini dasturingizda bir necha marotaba consolega chiqarishingiz kerak va har safar massiv elementlarini chiqarish uchun bir xil kodlarni yozasiz. Aynan shu yerda, siz o'sha massiv elementlarini chiqaruvchi kodlarni bitta proceduraning ichiga yozib, va asosiy dasturingizda o'sha yaratgan massiv elementlarini chiqaruvchi procedurani nomini yozgan holatda xohlagancha chaqirib ishlatishingiz mumkin.

Qo'shimcha manba sifatida quyidagi darsni taklif qilaman: https://delphi.uz/delphi-programming-language/20-delphi-academy-darslari-strukturaviy-dasturlash/

Assalomu alaykum, yordam.uz saytimizga xush kelibsiz.

Bu saytda o`zingizni qiziqtirgan savollarga javob olishingiz va o`z sohangiz bo`yicha savollarga javob berishingiz mumkin.

Bizning Oilamizga a'zo bo`lganingiz uchun chuqur Minnatdorchilik bildiramiz !!!

Telegram kanal YordamUzRss

...