Assalomu alaykum, yordam.uz saytimizga xush kelibsiz.
Bu saytda o`zingizni qiziqtirgan savollarga javob olishingiz va o`z sohangiz bo`yicha savollarga javob berishingiz mumkin. Bizning Oilamizga a'zo bo`lganingiz uchun chuqur Minnatdorchilik bildiramiz !!!

Wordpress CMSda ko‘p tillik sayt qilish

+3 ovoz
298 marta ko‘rilgan
so‘radi 13 yanvar, 17 User (144 bal)
Wordpressda qaysi pluginni maslahat berasizlar ko‘p tillik sayt qilishda?
izoh qoldirdi 14 yanvar, 17 GENIUS (639 bal)
Wordpress da Multilanguage dgan plugin mavjud bo'ladi manimcha shu orqali qilinadi qo'shimcha plugin o'rnatish shart emas bilishim bo'yicha
izoh qoldirdi 19 iyun, 17 xakbar (129 bal)
men polylang ni eng afzali deb bilaman va shu pluginni ishlatishingizni maslahat beraman.

3 Javoblar

+3 ovoz
javob berdi 21 yanvar, 17 Azamat (131 bal)
tanlangan 24 yanvar, 17 User
 
Eng yaxshi javob

WordPress asosida ishlaydigan saytda ko'ptillilik imkoniyatini yaratish uchun bir nechta plaginlar mavjud. Ular ichida o'zim uchun eng qulayi qTranslate X plagini hisoblanadi. Bu plagin yordamida bitta ma'lumotning bir nechta tildagi aynan tarjimalarini yaratishingiz mumkin.

Ko'pchilik saytidagi har bir ma'lumotni saytda mavjud boshqa tillarga tarjima qilib chiqadi. Masalan, saytda rus, ingliz va o'zbek tillari ishlab turgan bo'lsa, o'zbek tiliga kiritilgan ma'lumotni rus va ingliz tillariga ham tarjima qilish talab etiladi. Aks holda o'zbek tilida yozilgan ma'lumot rus yoki ingliz tilidagi ko'rinishda ochilsa "Bu ma'lumotning siz tanlagan tilda tarjimasi mavjud emas" mazmundagi xatolik xabari ko'rsatiladi.

Ba'zilar uchun saytda ko'p tillilik imkoniyati kerak, ammo har bir ma'lumotning bir necha tildagi tarjimasi kerak bo'lmaydi. Masalan, kimdir saytining o'zbekcha ko'rinishida boshqa ma'lumotlarni, rus tili qismida butunlay boshqa ma'lumotlarni, ingliz tilida esa saytning boshqa tomonlarida kuzatilmagan ma'lumotlarni kiritishni xohlaydi. Bunda saytning har bir tili alohida bir sub sayt sifatida yaratilishi maqsadga muvofiq. Aynan shu holatda WPMU imkoniyatidan foydalanishimiz qulay hisoblanadi. WPMU imkoniyatini o'rnatish va ko'p tillilik uchun ishlatish to'g'risidagi batafsil ma'lumotni mana bu yerdan olishingiz mumkin.

+1 ovoz
javob berdi 19 yanvar, 17 Jamshid Toshpo'latov (88 bal)
WPML va Google translator plaginlari yordamida saytingizni ko'p tilli qilishingiz mumkin. Bu plaginlar bepul.
+1 ovoz
javob berdi 19 yanvar, 17 abdujabbor (399 bal)
qtranslate-x dan foydalanib ko'rsezam bo'ladi.

Assalomu alaykum, yordam.uz saytimizga xush kelibsiz.

Bu saytda o`zingizni qiziqtirgan savollarga javob olishingiz va o`z sohangiz bo`yicha savollarga javob berishingiz mumkin.

Bizning Oilamizga a'zo bo`lganingiz uchun chuqur Minnatdorchilik bildiramiz !!!

Telegram kanal YordamUzRss

...