Dasturlash-tillari-haqida

0 ovoz
133 marta ko‘rilgan
so‘radi 16 sentabr tatu_talabasi (3 bal)
Assalomu alaykum! Men bu yil TATU ga 1-kursga o'qishga kirgan edim. Bizga dasturlash fanidan 3 ta dasturlash tilidan bittasini tanlashni aytishyapti, ya'ni C++, Java va Python. Savolim qaysi birini o'rgansam O'zbekistonda talab yuqori? Javob uchun oldindan rahmat!
izoh qoldirdi 17 sentabr alfraganus (513 bal)
java yaxshiroq, talab ham katta, o'rganishga ham c++ nisbatan soddaroq, lekin 3 kurs bolishni kutib turmasligiz kerek, bu tillarni tezda o'rganib bo'lmedi, ancha sabr talab qiladi, hozirdan boshlasez, 3 kursda uje ish qopishiz ham mumkun
izoh qoldirdi 20 sentabr Specialist001 (143 bal)
C++ yaxshimasmi, sababi kelajagimiz robotlar, AI lar bilan to'ladi. Agar o'rnizda bo'ganimda shu yo'nalishni tanlardim. Sababi xali bizda robototexnika uncha rivojlanmagan. Siz esa "kerakli" dasturchi bo'lardingiz

3 Javoblar

0 ovoz
javob berdi 16 sentabr MrHope (411 bal)
Java bugungi kunda ko'p joyda bizda ishlatiladi
0 ovoz
javob berdi 25 sentabr SARVARBEK (179 bal)
Bittasini tanlashdan oldin dasturlash tillari haqida qisqacha ma'lumotga ega bo'lganingiz maqsadga muvofiq. C++ bilan Java bir-biriga ancha o'xshash dasturlash tillari hisoblanadi. Ulardan bittasini o'rgansangiz 2-sini o'rganish unchalik muammo tug'dirmaydi. Lekin Phytonning ishlash konsepsiyasi ulardan sal farq qiladi. Siz avvalo algoritmlar bilan ishlash ko'nikmasini hosil qilishingiz zarur. Buning uchun C++ ni maslahat bergan bo'lardim. Ko'pchilik kuchli dasturchilar oldin pascal yoki shunga o'xshash dasurlash tillarida o'z malakasini oshirib, keyin boshqa yuqori darajadagi dasturlash tillariga o'tishgan. Sizga ham maslahatim oldin quyi darajadan boshlaganingiz ma'qul. Chunki asosiysi, dasturlash prinsipini tushunib olsangiz boshqa dasturlash tilini o'zingiz ham mustaqil ravishda o'rganib keta olasiz.
0 ovoz
javob berdi 29 sentabr Abdufattokh (23 bal)
Assalomu alaykum, meni fikrimcha o'zbekistondagi talabga qarab emas, o'zingiz qiziqqan dasturlash tilini o'rgansangiz va o'sha dasturlash tilini ustasi bo'lsangiz, sizga talab albatta bo'ladi

Assalomu alaykum, yordam.uz saytimizga xush kelibsiz.

Bu saytda o`zingizni qiziqtirgan savollarga javob olishingiz va o`z sohangiz bo`yicha savollarga javob berishingiz mumkin.

Bizning Oilamizga a'zo bo`lganingiz uchun chuqur Minnatdorchilik bildiramiz !!!

Telegram kanal YordamUzRss

...