Ubuntu o'rnatishda xatolik.

+1 ovoz
67 marta ko‘rilgan
so‘radi 12 noyabr, 18 Husniddin0426 (21 bal)
Avvalambor assalomu alaykum.

Bundan bir necha hafta avval xitodan ultrabook olib kelgandim. Hozir unga ubuntu o'rnatmoqchiman.
Lekin Bios orqali kirishga urunsam fleshkaga o'tmayabdi. Yani hech qanday o'zgarishsiz bios ochilayabdi.

Bios: Aptio setup utility 2018 AMI

UEFI ni o'zgartirish bo'limi yo'q

P.S Bu ultrabooklarda HDD ham SSD ham qo'yilmagan eMMC hotirada ishlaydi.

Kimdir shu xolatga tushganmi?
izoh qoldirdi 22 dekabr, 18 Mr_ZAFAR (5 bal)
ko‘chirildi 23 dekabr, 18 Saidolim
Salom,

Savolni aniqroq qilib keltirsangiz javob olishingiz xam oson va tez kechadi.

Bios -da fleshkaning nomi chiqyaptimi?

va yana savol

qaysi programma orqali fleshkaga yozdingiz Ubuntini obrazini?

BIOS  ga kirib MBR,GPT yoki UEFI punktlarini o`zgartirib ko`ring

2 Javoblar

0 ovoz
javob berdi 09 yanvar Ruhillo (104 bal)

Agar siz "Ubuntu 11.10"ni o'rnatishga qaror qilgan bo'lsangiz, quyida ko'rsatilgan bosqichlarni bosib o'tishga to'g'ri keladi. Shunday qilib o'rnatish jarayoniga o'tamiz: 1. Eng birinchi oldimizda turgan muammolardan biri qattiq disk (vinchester)da bo'sh joy hosil qilish kerak. Agar Ubuntu linuxni hech qanday tizim o'rnatilmagan toza diskka o'rnatmoqchi bo'lsangiz bu jarayonni bosib o'tishning ahamiyati yo'q. "Ubuntu"da "gparted" dasturi orqali disk qismlariga ajratish mumkin, lekin kompyuteringizda "Windows" operatsion tizimi o'rnatilgan bo'lsa,unda "Windows"da ishlaydigan dasturlardan foydalangan ma'qul. Bo'sh joy hosil qilganingizdan so'ng, ushbu manzildan "Ubuntu obraz"laridan keraklisini tanlab, kompyuteringizga yuklab olasiz. Yozib olish jarayoni tugagandan so'ng, o'sha obrazni diskka yozishingiz yoki usb fleshga yuklanuvchi sifatida o'rnatishingiz kerak bo'ladi. 

0 ovoz
javob berdi 09 yanvar Elbekjon (179 bal)
Dastlab internetdan UltraBook ingizni texnik xarakteristikasini ishlab chiqaruvchi saytidan topasiz.

Ishlab chiquvchi saytida UltraBook ga qanday operatsion sistemalarni o'rnatish mumkinligi berilgan bo'ladi.

Shunga qarab qaysi operatsion tizim tushsa shuni o'rnata olasiz

Assalomu alaykum, yordam.uz saytimizga xush kelibsiz.

Bu saytda o`zingizni qiziqtirgan savollarga javob olishingiz va o`z sohangiz bo`yicha savollarga javob berishingiz mumkin.

Bizning Oilamizga a'zo bo`lganingiz uchun chuqur Minnatdorchilik bildiramiz !!!

Telegram kanal YordamUzRss

...