Assalomu alaykum, yordam.uz saytimizga xush kelibsiz.
Bu saytda o`zingizni qiziqtirgan savollarga javob olishingiz va o`z sohangiz bo`yicha savollarga javob berishingiz mumkin. Bizning Oilamizga a'zo bo`lganingiz uchun chuqur Minnatdorchilik bildiramiz !!!

HTMLda meta=UTF-8 nima degani va vazifasi

+1 ovoz
382 marta ko‘rilgan
so‘radi 07 dekabr, 18 Yosh_dasturchi (13 bal)
tahrirlandi 07 dekabr, 18 Saidolim
Hurmatli Sayt a`zolari, Men 13 yoshdaman va anchadan beri dasturlashni o'rganib kelmoqdaman, Hozirda HTML tili va shu bilan birgab Python, Java hamda Pascal tillarini ham o'rganmoqdaman (O'zi Pascaldan nafratlanaman, juda imkoniyatlari kam til, ammo ta`lim buni taqozo etadi). HTML tilini w3Schools.com saytidan o'rganish jarayonida ushbu kodlarga ko'zim tushdi, ya`ni, META = UTF-8. Bu kod ma`nosini uncha tushunmadim, shu yuzasidan yordam beringlar!
izoh qoldirdi 07 dekabr, 18 Saidolim (3,566 bal)
Hurmatli Yosh-dasturchi. Hali UTF-8 ga yetib kelmasdan turib, biror tilni yomonlash va nafratlanish juda katta xato. Siz aytgan Pascal tilida, siz hali tasavvur qila olmaydigan tizimlar yozilgan. Shunga iltimos, savol berganda izzatingizni bilib yo`l tuting.

3 Javoblar

+1 ovoz
javob berdi 08 dekabr, 18 Dilmurod Kholmurzaev (133 bal)
UTF - 8, bu kodirovka. Buni yozmay qoldirib o'tib ketsangiz matnda har xil tushunib bo'lmas so'zlar paydo bo'ladi. Masalan bu kodirovkani qoldirib ketib bironta so'zni yozsangiz, "5;Ўюй@=╖" shunaqa yozuvlar chiqishi mumkin.

Keyin mayli nafratlanishingizga javob bermay. Lekin  Pascal nima uchun ta'limga taqozo etishini bilasizmi? Nima uchun u 9-sinf Informatika darsiga kiritilgan? Nega Java va C++ emas yoki Python?  Chunki Pascal oson va tushunarli til. Ko'p kuchli dasturchilar avval Pascaldan boshlab keyin boshqa tillarga o'tishgan.  Chunki dasturlashni asos va mantig'ini tushinib olsangiz keyin boshqa dasturlar qiyin bo'lmaydi. (Informatikaga Pascalni kiritganlar ahmoq emasdir:))

Hullasi kalom, sizga Omad 3ta dasturlash tilini bir vaqtda o'rganayotgan sizga o'xshagan dasturchilar bizga juda zarur)))
+1 ovoz
javob berdi 09 dekabr, 18 Shokhrukh Erkinov (80 bal)
Assalomu alaykum.

Siz komputerda kiritadigan har bir belgi komputerda 0 va 1 bit shaklida saqlanadi. Belgilarni bit shakliga o'zgartirishning bir necha shakllari ishlab chiqilgan. Shulardan biri UTF (Universal Transformation Format) bo'lib o'zbek tiliga Universal O'zgartirish Shakli kabi tarjima qilinadi.

Hammaga ma'lumki, 1 bayt 8 bitdan iborat, masalan, 00100101.  UTF-8 da har bir belgi bayt shaklidagi bir birini takrorlamaydigan 0 va 1 sonlariga biriktirilgan. Endi, siz komputerda kiritadigan "Apple" so'zi bilan komputerda kechadigan jarayonni ko'rib chiqamiz.

1. Siz komputerda "Apple"  so'zini yozdingiz.

2. Komputer o'zi tushinishi uchun UTF-8 ga murojat etadi. Ya'ni, UTF-8 da "A", "p", "p", "l", "e"  belgilarining 0 va 1 shaklidagi ifodalarini topadi.

3.Shu ifodalarni "A", "p", "p", "l", "e" belgilarining ifodalari sifatida o'z xotirasida saqlaydi.

4. Agar, siz shu "Apple" so'zi ustida komputerda qandaydir jarayonlarni amalga oshirmoqchi bo'lsangiz, komputer har doim 0 va 1 shaklidagi "Apple" ning ifodalardan foydalanadi.

Agar javobim sizni qoniqtirgan bo'lsa, bu Allohning irodasidan, kamchilik va xatolar bo'lsa kaminaning ojizligidan deb bilasiz.
0 ovoz
javob berdi 16 fevral, 19 ASAuz (109 bal)

Assalomu alaykum, yordam.uz saytimizga xush kelibsiz.

Bu saytda o`zingizni qiziqtirgan savollarga javob olishingiz va o`z sohangiz bo`yicha savollarga javob berishingiz mumkin.

Bizning Oilamizga a'zo bo`lganingiz uchun chuqur Minnatdorchilik bildiramiz !!!

Telegram kanal YordamUzRss

...