Assalomu alaykum, yordam.uz saytimizga xush kelibsiz.
Bu saytda o`zingizni qiziqtirgan savollarga javob olishingiz va o`z sohangiz bo`yicha savollarga javob berishingiz mumkin. Bizning Oilamizga a'zo bo`lganingiz uchun chuqur Minnatdorchilik bildiramiz !!!

Videodarslik yozish uchun dasturlar to'plami zarur

+1 ovoz
569 marta ko‘rilgan
so‘radi 07 dekabr, 18 protect77 (27 bal)
tahrirlandi 07 dekabr, 18 Saidolim

Assalomu alaykum. Noutbukimda videodarslik yozmoqchi edim.

Buning uchun menga qanday dasturlar zarur bo'ladi ?

Ya'ni:

1. Kompyuterimning o'zidan videoni yozib olish uchun (bandicam, snagit va hokazo. yaxshisini tanlay olmayapman).

2. Ovoz bilan ishlash (biror mikrofonda ovoz yozsam uni tiniqlashtirish va hokazolar uchun.)

3. Hajm bilan ishlash (masalan olgan videom 200mb bo'ldi deylik shu videoni iloji boricha biror darajada hajmini kichraytirgan holda sifatni ham saqlab qolish zarur)
 

5 Javoblar

+2 ovoz
javob berdi 20 dekabr, 18 Akmal Abdullayev (123 bal)
Camtasia studio eng yaxshisi. Videoni yozib olib birdaniga montaj qilib eng kichik hajmlarda saqlashingiz mumkin. Videoga yozuv yozish ham mumkin. Bu dasturni windows.uz (tas-ix) saytidan yuklab olishingiz mumkin.
+1 ovoz
javob berdi 10 dekabr, 18 Shoxrux TATUQF (45 bal)

Salom sizga FastStone degan dastur bilan ishlashizdi maslahat beram. Hajmi ham kichik ishlatish qo"lay, dasturni o'zida olgan video rolikizni mantaj qilsez ham bo'ladi.

+1 ovoz
javob berdi 17 dekabr, 18 Ruhillo (299 bal)
Assalomu alekum sizga Bandicam dasturi sizga mos
+1 ovoz
javob berdi 19 dekabr, 18 sierus (88 bal)
Assalomu Aleykum! Camtasia studio eng ma'qul variant. Men ham videodarslarimni shunga yozaman. Mikrofonniyam 30 minglik uzuni bor. Shundan oling. Tiniq
+1 ovoz
javob berdi 21 dekabr, 18 Kamron (34 bal)
Camtasia studio da ishlaganingiz ma'qul. Hamma narsasi o'zida bor. Aniqrog'i Video darsliklar yozish uchun juda qulay...

Assalomu alaykum, yordam.uz saytimizga xush kelibsiz.

Bu saytda o`zingizni qiziqtirgan savollarga javob olishingiz va o`z sohangiz bo`yicha savollarga javob berishingiz mumkin.

Bizning Oilamizga a'zo bo`lganingiz uchun chuqur Minnatdorchilik bildiramiz !!!

Telegram kanal YordamUzRss

...