Assalomu alaykum, yordam.uz saytimizga xush kelibsiz.
Bu saytda o`zingizni qiziqtirgan savollarga javob olishingiz va o`z sohangiz bo`yicha savollarga javob berishingiz mumkin. Bizning Oilamizga a'zo bo`lganingiz uchun chuqur Minnatdorchilik bildiramiz !!!

ssl sertifikat chrome da ishlamayapti boshqa browserlarda ishlamayapti

+1 ovoz
75 marta ko‘rilgan
so‘radi 17 dekabr, 18 Iskandarcoder (153 bal)
ssl sertifikat chrome da ishlamayapti boshqa browserlarda ishlamayapti

geotrust.com dan sertifikat olingan
izoh qoldirdi 17 dekabr, 18 Sardor Dushamov (1,683 bal)
https://www.sslshopper.com/ssl-checker.html   saytizni tekshirib ko'ring, nima muammo ekanligini aytadi
izoh qoldirdi 17 dekabr, 18 Iskandarcoder (153 bal)
Bunda tekshirdim hammasi joyida chiqdi
izoh qoldirdi 17 dekabr, 18 Sardor Dushamov (1,683 bal)
unda chrome ni cache larini tozalang

1 ta javob

0 ovoz
javob berdi 18 dekabr, 18 Shokhrukh Erkinov (80 bal)
tahrirlandi 18 dekabr, 18 Shokhrukh Erkinov

Assalomu alaykum.

SSL (Secure Sockel Layers) xatosini to'g'irlashning bir necha yo'llari mavjud. 

Sizga SSL xatosini tuzatishning men pastda keltiradigan 4 ta usullarini qo'llab ko'ring. Iltimos, bu usullarni qo'llab ko'rishdan avval komputeringizda avvalgi holatga qaytish (create a restore point)operatsiyasini amalga oshiring. Chunki, nimadir noto'g'ri ketib qolsa qayta tiklashingiz mumkin.

1-usul. Xavfsizlik ro'yxatiga ishonchli saytlarni qo'shish: a. Google Chrome ni oching va "Settings" qismiga o'ting. b. Pastga tushing va "Advanced" ni bosing. c. Pastga tushib "Open proxy settings" ni ustiga bosing va sizga oyna taqdim etiladi . d. U yerdan "Security" qismiga o'ting. e. "Trusted sites" va "Sites" ni ustiga bosing. f. "Add this website to the zone" sarlavha ostiga o'z saytingizning linkini kiriting. Yodda tuting, sizning siz qo'shgan ischonchli saytda xavfsizlik darajasi (Security level) ortacha (Medium) bo'lishi kerak. Agar sizda muammo hali ham bartaraf etilmaga bo'lsa, 2-usulga o'ting.

2-usul. Kun va vaqt (Date and Time) ni o'zgartirish: Kun va vaqt ni avtomatik tarzda o'zgartirish (set time automatically) qilib ko'ring. Agar sizda muammo hali ham bartaraf etilmaga bo'lsa, 3-usulga o'ting.

3-usul. SSL State Cache larni o'chirish: a. Google Chrome da "Settings" qismiga o'ting. b. Pastga tushing va "Advanced" ni bosing. c. Pastga tushib "Open proxy settings" ni ustiga bosing. d. "Content" qismiga o'tib, "Clear SSL state" ni ustiga bosing. e. Hamma oynalarni yoping va komputeringizni qaytadan yuklang (restart). Agar sizda muammo hali ham bartaraf etilmaga bo'lsa, 4-usulga o'ting.

4-usul. Google Chrome va sizning Windows tizimingiz eng so'nngi versiya (Latest version) ekanligini tekshiring. Agar so'nggi versiya bo'lmasa yangilang.

Agar javobim sizni qoniqtirgan bo'lsa bu Allohning irodasidan, kamchilik va xatolar bo'lsa kaminaning ojizligidan deb bilasiz.

izoh qoldirdi 18 dekabr, 18 Iskandarcoder (153 bal)
Javob uchun rahmat Alloh rozi bo'lsin. Muammo mening kompyuterimda emas. Bu mening saytim hammada chromeda ssl ishlamayapti Firefoxda va Edge larda ishlayapti. Shunga sll ni nimasi to'g'rilashni tushunmayapman.
https://www.sslshopper.com/ssl-checker.html  bu sayt orqali tekshirsam hammasi ok chiqdi
izoh qoldirdi 18 dekabr, 18 Shokhrukh Erkinov (80 bal)
1-usulning f qismida "... sarlavha ostida https://www.google.com ni kiriting" turgan edi. Uni "... o'z saytingizning linkini kiriting" ga o'zgartirdim.

Assalomu alaykum, yordam.uz saytimizga xush kelibsiz.

Bu saytda o`zingizni qiziqtirgan savollarga javob olishingiz va o`z sohangiz bo`yicha savollarga javob berishingiz mumkin.

Bizning Oilamizga a'zo bo`lganingiz uchun chuqur Minnatdorchilik bildiramiz !!!

Telegram kanal YordamUzRss

...