Assalomu alaykum, yordam.uz saytimizga xush kelibsiz.
Bu saytda o`zingizni qiziqtirgan savollarga javob olishingiz va o`z sohangiz bo`yicha savollarga javob berishingiz mumkin. Bizning Oilamizga a'zo bo`lganingiz uchun chuqur Minnatdorchilik bildiramiz !!!

SQL Server Management Studio 2017 ni o'rntish va boshlang'ich sozlashga yordam

+2 ovoz
108 marta ko‘rilgan
so‘radi 21 dekabr, 18 E-soft (698 bal)
SQL Serverni o'rnatdim. Ishga tushgandan so'ng qanday qilib sozlanadi va baza hosil qilinadi. Serverni localhostga ulab bo'lmayapti.

1 ta javob

0 ovoz
javob berdi 21 dekabr, 18 Shokhrukh Erkinov (80 bal)
tanlangan 06 yanvar, 19 E-soft
 
Eng yaxshi javob
Assalomu alaykum.

Men bir necha oy avval Microsoft SQL Server Management Studio (SSMS) o'rnatgandim. SSMS da ishlash uchun har safar kirganizda sizdan serverga ulanishni so'raydi. Men topgan yechim quyidagicha edi.

SSMS dan foydalanish uchun sizga komputeringizda yangi SQL Server Database Engine (SSDE) ni yaratishni tavsiya qilaman. Uning uchun quyidagi amallarni bajaring.

1) SSDE ni yarish uchun ushbu linkni bosing: https://docs.microsoft.com/en-us/sql/database-engine/install-windows/install-sql-server-database-engine?view=sql-server-2017

2) U yerdan "Install SQL Server from the Installation Wizard" nomli link berilgan. Shu linkni bosing: https://docs.microsoft.com/en-us/sql/database-engine/install-windows/install-sql-server-from-the-installation-wizard-setup?view=sql-server-2017

3)  U yerdan "Get the Installation media" sarlavhasi ostida "Free editions" qismida "SQL Server downloads" nomli linkni bosing: https://www.microsoft.com/en-us/sql-server/sql-server-downloads

4) U yerdan "Or, download a free specialized edition" sarlavhasi ostida SQL Server Developer 2017 ni yuklab olasiz.

5) SQL Server Developer 2017 ni komputeringizda o'rnating.

6) YouTube da SQL Server Database Engine ni qanday qilib komputeringizda o'rnatishni ko'rishingiz mumkin. Quyida link berilgan: https://www.youtube.com/watch?v=yasfZuou3zI&t=354s

Agar SSDE ni o'rnatishda qandaydir muammolarga duch kelsangiz, shu javobga izoh qoldirish orqali savollaringizni berishingiz mumkin.

Agar javobim sizni qoniqtirgan bo'lsa, bu Allohning irodasidan, kamchilik va xatolar bo'lsa kaminaning ojizligidan deb bilasiz.
izoh qoldirdi 23 dekabr, 18 E-soft (698 bal)
Rahmat! YouTubedagi videolarni ko'rdim, yaxshi o'rgatilgan ekan.

Assalomu alaykum, yordam.uz saytimizga xush kelibsiz.

Bu saytda o`zingizni qiziqtirgan savollarga javob olishingiz va o`z sohangiz bo`yicha savollarga javob berishingiz mumkin.

Bizning Oilamizga a'zo bo`lganingiz uchun chuqur Minnatdorchilik bildiramiz !!!

Telegram kanal YordamUzRss

...