Assalomu alaykum, yordam.uz saytimizga xush kelibsiz.
Bu saytda o`zingizni qiziqtirgan savollarga javob olishingiz va o`z sohangiz bo`yicha savollarga javob berishingiz mumkin. Bizning Oilamizga a'zo bo`lganingiz uchun chuqur Minnatdorchilik bildiramiz !!!

Javada ArrayList klass nima vazifani bajaradi

+1 ovoz
96 marta ko‘rilgan
so‘radi 13 yanvar google (292 bal)
tahrirlandi 15 yanvar Saidolim
Javada ArrayList klass nima  vazifani bajaradi

1 ta javob

+1 ovoz
javob berdi 15 yanvar Baxouz (128 bal)

1.     Javada ArrayList klass, u ma’lumotlarni yig’ishda dinamik massivdan foydalanadi.  ArrayList AbstractList’dan nasl oladi va List ni implement qiladi.

2.     Javada ArrayList klass dublikat elementlarni ham saqlashi mumkin.

3.     Javada ArrayList klass tartib bilan elementlarni yozadi(index ketma-ketligi).

4.     Javada ArrayList klass sinxron emas.

5.     Javada ArrayList klassi ixtiyoriy kirishga (ixtiyoriy indexdagi elementni olish) ruxsat beradi chunki u asosi index bo’lgan massivda ishlaydi.

Java ArrayList klassida ma’lumotlarni boshqarish(o’chirish, yozish) sekin chunki elementlarni ko’chirish-o’tish jarayonlari ko’p sodir bo’ladi.

Javada umumiy(generic) bo’lmagan va umumiy(generic) bo’lgan to’plam(collection)lar

Javada umumiy bo’lmagan to’plam(collection)lar JDK 1.5  dan boshlab qo’shilgan.

Umumiy to’plam(collection)lar sizga faqat bir turdagi obyektlar bilan ishlashga ruhsat beradi.

Umumiy bo’lmagan arraylist yaratishga misol:         

    ArrayList al=new ArrayList();//umumiy bo’lmagan array list yaratish

Umuumiy bo’lgan arraylist yaratishga misol:

ArrayList<String> al=newArrayList<String>();//umumiy arraylist

Umumiy to’plam(collection)lar maxsus (<>) belgi bilan yaratiladi. Bunda ArrayList faqat bir turdagi obyektlar bilan ishlashini bildiradi. Agar biz boshqa turdagi obyektni qo’shsak  compile time error xatolik beradi

ArrayListga misol:

import java.util.*;

class TestCollection1{

public static void main(String args[]){

ArrayList<String> al=new ArrayList<String>();// arraylist yaratildi

al.add("Zafar");//obyekt qo’shilyapti

al.add("Jalol");

al.add("Fayzullo");

Iterator itr=al.iterator();

while(itr.hasNext()){

System.out.println(itr.next());

}

}

}

Assalomu alaykum, yordam.uz saytimizga xush kelibsiz.

Bu saytda o`zingizni qiziqtirgan savollarga javob olishingiz va o`z sohangiz bo`yicha savollarga javob berishingiz mumkin.

Bizning Oilamizga a'zo bo`lganingiz uchun chuqur Minnatdorchilik bildiramiz !!!

Telegram kanal YordamUzRss

...