Assalomu alaykum, yordam.uz saytimizga xush kelibsiz.
Bu saytda o`zingizni qiziqtirgan savollarga javob olishingiz va o`z sohangiz bo`yicha savollarga javob berishingiz mumkin. Bizning Oilamizga a'zo bo`lganingiz uchun chuqur Minnatdorchilik bildiramiz !!!

Ubuntuda papkaga qanday ruxsat beriladi?

+5 ovoz
67 marta ko‘rilgan
so‘radi 18 dekabr, 16 Unknown (803 bal)
Assalomu Alaykum.

Ubuntuda papkaga dostup berish kerak. Faqat "root" bilan ochganda o'zgartirsa bolyabdi. Odatiy holda qulf turibdi.
Qanday ruxsat bersa bo'ladi?

1 ta javob

+4 ovoz
javob berdi 19 dekabr, 16 Unknown (803 bal)
tanlangan 20 dekabr, 16 Kenjebaev
 
Eng yaxshi javob

Va alaykum Assalom.

Linuxda userlar gruppalarga biriktiriladi. Biror papka yoki faylni huquqlari ma’lum guruh va userlarga berilgan bo’ladi. Huquqlarni bilasiz: yozish o’qish … Endi 777 yoki 775 kabilar aynan shu huquqlarni darajasini bildiradi, kodlarni har bir xonasi nima anglatishini netdan qarab oling, aniqroq tushunasiz. 

Endi chmod va chown ga kelsak. Chmod bu yuqoridagi papka yoki faylga yozish va o’qish huquqini barcha guruh hamda undagi foydalanuvchilarga ochib yoki yopib qo’yadi. Chown esa shu ishni aynan bir guruh hamda uning useriga nisbatan amalga oshiradi. 

Xulosa, huquqni yoppasiga hammaga o’zgartirish kerak bo’lsa chmod, va aksincha aniq guruh foydalanuvchilariga nisbatan o’zgartirish kerak bo’lsa chown ishlatiladi.
 

Ma’lumot uchun:
chmod - CHange access MODe flags (huquqni o’zgartirish)
chown - CHange OWNer (papka yoki fayl egalarini o’zgartirish)

(Savol va javobim manbasi:  Telegramdagi UzbekDevelopers yopiq guruhidan olingan.)

Assalomu alaykum, yordam.uz saytimizga xush kelibsiz.

Bu saytda o`zingizni qiziqtirgan savollarga javob olishingiz va o`z sohangiz bo`yicha savollarga javob berishingiz mumkin.

Bizning Oilamizga a'zo bo`lganingiz uchun chuqur Minnatdorchilik bildiramiz !!!

Telegram kanal YordamUzRss

...