Assalomu alaykum, yordam.uz saytimizga xush kelibsiz.
Bu saytda o`zingizni qiziqtirgan savollarga javob olishingiz va o`z sohangiz bo`yicha savollarga javob berishingiz mumkin. Bizning Oilamizga a'zo bo`lganingiz uchun chuqur Minnatdorchilik bildiramiz !!!

Wordpressda revslider qo'yish

+2 ovoz
131 marta ko‘rilgan
so‘radi 05 fevral, 17 Ochilbek (13 bal)
Wordpressda revslider plugini asosiy sahifaga qoyish uchun kodni qayerga qo'yish kerak
izoh qoldirdi 18 iyun, 17 Toir427 (5 bal)
tahrirlandi 18 iyun, 17 Saidolim
<?=do_shortcode(shortcode_nomi)?>

header.php ni oxiriga qo'shing

2 Javoblar

+1 ovoz
javob berdi 05 fevral, 17 Azamat (131 bal)
Revolution Slidera plagini yordamida saytingizga slayder qo'yishning asosan 2 xil usuli bor:

1. Slayder shortkodini istalgan joyga (sahifa, maqola, vidjet) qo'yish;

2. Slayder PHP kodini shabloningizning istalgan PHP fayli ichiga qo'yish;

Agar Siz ishlatayotgan shablonning asosiy sahifasi sifatida biror sahifa tayinlangan bo'lsa, shunchaki Revolution Slider shortkodini shu asosiy sahifa ichiga joylashtiring. Albatta, slayder qayerda ko'rinishini istasangiz, shortkodni aynan shu joyga qo'yasiz.

Agar shabloningiz bosh sahifa sifatida biror sahifani tayinlashni talab etmasa va shablonning asl holatida saytning orqa tomonidan bosh sahifaga slayder joylashning imkoni bo'lmasa, FTP orqali shabloningiz PHP fayllarini o'zgartirishingizga to'g'ri keladi. Bunda bosh sahifa PHP faylini topib, slayder ko'rinishi kerak bo'lgan joyga slayderning maxsus PHP kodini kiritishingiz kerak bo'ladi.

Revolution Slayderning har bir slayderi sahifasida shu slayderni shablonga qo'yish uchun shortkod va PHP kod ko'rsatiladi.
0 ovoz
javob berdi 10 fevral, 17 Jamshid Toshpo'latov (88 bal)
Avva plagin menyusiga kirib slayder tayyorlab olasiz, keyin slaydni saqlaganingizdan so'ng uning kodlari ko'rsatiladi (contact form 7 kabi), siz osha kodni sahifa yoki maqolaning kerakli yeriga yozasiz (Text editor muharririda).

Assalomu alaykum, yordam.uz saytimizga xush kelibsiz.

Bu saytda o`zingizni qiziqtirgan savollarga javob olishingiz va o`z sohangiz bo`yicha savollarga javob berishingiz mumkin.

Bizning Oilamizga a'zo bo`lganingiz uchun chuqur Minnatdorchilik bildiramiz !!!

Telegram kanal YordamUzRss

...