Assalomu alaykum, yordam.uz saytimizga xush kelibsiz.
Bu saytda o`zingizni qiziqtirgan savollarga javob olishingiz va o`z sohangiz bo`yicha savollarga javob berishingiz mumkin. Bizning Oilamizga a'zo bo`lganingiz uchun chuqur Minnatdorchilik bildiramiz !!!

Dasturlashda algoritmlarni o'rganish muhimmi?

+8 ovoz
565 marta ko‘rilgan
so‘radi 18 dekabr, 16 Unknown (803 bal)
tahrirlandi 18 dekabr, 16 Исломбек Анваров
Assalomu Alaykum.

Dasturlashni o'rganmoqchiman. Algoritmni o'rganishim shartmi? Agar shunchalik muhim bo'lsa, qaysi kitobni tavsiya qilasizlar?
izoh qoldirdi 19 dekabr, 16 Unknown (803 bal)
Qaysi javobni belgilashda ikkilanyapman. Qaysini tavsiya qilasizlar?

4 Javoblar

+3 ovoz
javob berdi 19 dekabr, 16 abdujabbor (399 bal)
tanlangan 22 dekabr, 16 Unknown
 
Eng yaxshi javob

Albatta shart! va zarur! agar siz yaxshi dasturchi bo'lishni xoxlasez algoritmlarni bilishiz shart, tog'ri xozirgi yengi texnologiyalarni bilgan odam unchalik ham bunga duch kelvurmidi, masalan graflar, yoki binary searchni dasturini siz qo'lda o'ziz tuzmaysiz he4 qachon, lekin ularni ishlash principini o'rganish sizga kelajakda ancha muncha yordam beradi. kitoblar masalasiga keladigan bo'lsa sizga mana bu kitobni tavsiya qilgan bo'lardim:

Cormen: Introduction to Algorithms

yoki

R.Sedgewick: http://algs4.cs.princeton.edu/home/

Robert Sedgewick ning videolarini mover.uz dan ham topsez bo'ladi.

yana qo'shimcha o'ziz ustizda ishlas, va kopgina masalalarni ishlanishini o'rganishizda

Fyodor Menshikov ning: "олимпиадные задачи по программированию" kitobini o'rganib chiqishi tavsiya qilgan bo'lardim.

bundan tashqari:

cracking the coding interview - Gayle McDowell

yaxshi resurs bu ham 

+4 ovoz
javob berdi 18 dekabr, 16 Saidolim (3,546 bal)

Vaalaykum assalom,

Savol yaxshi berilibdi, shu savolga Algoritm bo`yicha eng yaxshi kitoblar ro`yxatini bersak bo`larkan.

Savolning javobi: Algoritmni o`rganishingiz SHART. Nima uchun degan savol bermaslik uchun, biz bergan kitoblar ro`yxatidan, foydalanib, kitob o`qing, tushunib olasiz.

1) Искусство программирования - Дональд Эрвин Кнут

izoh qoldirdi 18 dekabr, 16 Unknown (803 bal)
O'zbekcha kitoblar bormi. Agar bo'lsa nomini yozib quysangiz yoki elektroniga havola tashlasangiz.
+3 ovoz
javob berdi 18 dekabr, 16 Исломбек Анваров (77 bal)

O'rganish shart! Algoritmlar sizga kamroq ko'd yozib ko'proq foydali ish qilish imkonini beradi.

Yaha habrada shunga atalgan yaxshi maqola bor faqat rus tilida

https://habrahabr.ru/post/135897/

+2 ovoz
javob berdi 19 dekabr, 16 Unknown (803 bal)

Va alaykum Assalom.


Albatta, dasturlash uchun Algoritmni o'rganish birinchi masaladir. Quyida ingliz tilida "Algoritm bilan tanishish"( Introduction to Algorithms)  bo'yicha MIT(Massachusetts Institute of Technology-AQSHdagi universitet) tomonidan tekin tarzda nashr qilingan videolar, eslatmalar, vazifalar va imtixon materiallari qo'yildi: 
http://ocw.mit.edu/courses/electrical-engineering-and-computer-science/6-006-introduction-to-algorithms-spring-2008/

Va Algoritm va Ma'lumotlar strukturasi(Data structure) bo'yicha ham ma'ruza matnlari ro'yxati: 
- http://ocw.mit.edu/courses/electrical-engineering-and-computer-science/6-006-introduction-to-algorithms-spring-2008/lecture-notes/ 
http://6.006.scripts.mit.edu/spring08/wiki/index.php?title=Lectures_and_Recitations

MIT ni matematika(math)ni "Computer Science" bo'yicha onlayn kursi : http://ocw.mit.edu/courses/electrical-engineering-and-computer-science/
 

"Algoritm" bo'yicha tavsiya qiladigan kitoblarim: 
1) Kitob haqida: pdf shakldagi kitob. Robert Sedgewick va Kevin Wayne lar muallifligida 4-nashr, 2011. AQSH, Princeton University): ftp://91.193.236.10/pub/docs/linux-support/computer%20science/data%20Structures%20&%20algorithms/%5BPearson%5D%20-%20Algorithms,%204th%20ed.%20-%20%5BSedgewick,%20Wayne%5D.pdf

Ba'zi dasturchilar Cormen ni ham tavsiya qilishadi: 2 va 3 nashrlarini urllari: 
2) http://web.karabuk.edu.tr/hakankutucu/CME222/MIT[1].Press.Introduction.to.Algorithms.2nd.Edition.eBook-TLFeBOOK.pdf 
3) http://ce.bonabu.ac.ir/uploads/30/CMS/user/file/115/EBook/Introduction.to.Algorithms.3rd.Edition.Sep.2010.pdf

Algoritm va Matematika.

- Tillar va texnologiyalarni mustaqil o'rganish mumkin, albatta vaqt va resurs bo'lsa. Lekin algoritmlashni mustaqil urganish ko'p vaqt oladi. Ustoz bo'lsa ancha tezlashtirish mumkin. Ana undan qolgani oson bo'lib qoladi.

- Fikrimcha mustaqil proyekt qilish algoritmlashni keskin oshirmaydi. To'g'ri bir muncha foydasi tegishi mumkin. Lekin undan ko'ra ko'proq o'sha texnologiyaga vaqt ketip qoladi. Masala yechish eng yaxshi usul deb bilaman. Topcoder, codeforces yoki timus larda.

- Ko'pchilik yoshlar qaysi tilni yaxshi bilsa, o'zini yaxshi bilishini bildirish uchun o'sha tilni maqtab jar soladi. Aslida tub sonni topish algoritmini bilmaydi. Zo'r mashinam busayu yoqilg'i bumasa, maqtashni keragi yuq.

Algoritm siz bo'lajak dasturchilarga, junior(kam malakali), middle(o'rtacha malakali)  (va balkim ba'zi senior(katta tajribali))  dasturchilarga ham qattiq tavsiya qilamiz. 

Algoritmni yaxshi bilishingiz:
 - standartlar uslublardan xabardor bo'lishingiz (sort - tartiblash, search-izlash, ...)
 - kodlaringizning aqlli yozilishiga
 - masalalarni, holatlarni eng qisqa yo'l bilan yecha olishingizga
 - ishga kirishdagi savol-javob(interview)da a'lo darajada o'tishingizga
 - dasturingizning ishlash tezligini, sifatini yaxshilashda(performance)
 - juda katta ko'lamdagi masala, loyihalarni dasturlashda matematik yechimlarni topishga
va boshqa shu kabi holatlarda juda katta ko'mak beruvchi, dasturchining asosiy bilishi shart bo'lgan bilimdir. 

(Savol va javobim manbasi:  Telegramdagi UzbekDevelopers yopiq guruhidan olingan.)

Assalomu alaykum, yordam.uz saytimizga xush kelibsiz.

Bu saytda o`zingizni qiziqtirgan savollarga javob olishingiz va o`z sohangiz bo`yicha savollarga javob berishingiz mumkin.

Bizning Oilamizga a'zo bo`lganingiz uchun chuqur Minnatdorchilik bildiramiz !!!

Telegram kanal YordamUzRss

...