Assalomu alaykum, yordam.uz saytimizga xush kelibsiz.
Bu saytda o`zingizni qiziqtirgan savollarga javob olishingiz va o`z sohangiz bo`yicha savollarga javob berishingiz mumkin. Bizning Oilamizga a'zo bo`lganingiz uchun chuqur Minnatdorchilik bildiramiz !!!

WiFi orqali telefonlarga xabar junatish va yunaltirish

+1 ovoz
135 marta ko‘rilgan
so‘radi 20 iyun Muminniyoz (20 bal)
tahrirlandi 17 avgust Muminniyoz

Salom. O'tgan yili Toshkent shahridagi bir supermarketlardan birida bepul wifi bor ekan, ammo unga ulanmoqchi bo'lsangiz sizga  ulanishdan oldin reklamani ko'rishingiz kerakligini va ko'rib bo'lgandan keyingina wifi orqali bepul internetga kirish mumkinligi haqida xabar keladi va shunday bo'ldi ham. Savolim bu qanday boshqarilyapti? Mening wifi routerimga bog'langan qurilmalarga men ham o'z local apache tomcat linkiga yunaltira olamanmi? Restoranga programma yasayapman. Mijoz WiFi ga bog'langada u to'g'ridan to'gri web ilovaga o'tishini ta'minlamoqchi edim.

izoh qoldirdi 17 iyul Sharofiddin (158 bal)
Sizga SMS ko'rinishida ma'lumot keldimi?
izoh qoldirdi 17 avgust Muminniyoz (20 bal)
Yo'q. Kelgani yo'q

1 ta javob

0 ovoz
javob berdi 19 iyul Saidolim (3,546 bal)
tanlangan 20 avgust Muminniyoz
 
Eng yaxshi javob
Buni qilish uchun mahsus WiFi uchun Controller programmalar bor. Sizga IP berish vaqtida sizning barcha trafikingizni bitta local saytga qaratadi. Siz u yerda ro`yxatdan o`tgandan keyin, yoki deylik reklamani ko`rganingizdan keyin, sizni o`zini bazasiga avtorizatsiya qiladi va ma'lum vaqtga sizga internetda ishlash huquqini beradi.

Buni oddiy wifi da qilish qiyinroq. Unify degan wifi lar bor, o`shalarni o`qib ko`ring.
izoh qoldirdi 17 avgust Muminniyoz (20 bal)
Rahmat. Men internetga emas local serverda joylashgan linkga murojaat qildirmoqchiman.
Restoranga programma yasayapman. Mijoz WiFi ga bog'langada u to'g'ridan to'gri web ilovaga o'tishini ta'minlamoqchi edim.

Assalomu alaykum, yordam.uz saytimizga xush kelibsiz.

Bu saytda o`zingizni qiziqtirgan savollarga javob olishingiz va o`z sohangiz bo`yicha savollarga javob berishingiz mumkin.

Bizning Oilamizga a'zo bo`lganingiz uchun chuqur Minnatdorchilik bildiramiz !!!

Telegram kanal YordamUzRss

...