Assalomu alaykum!
Android GO 8.1 telefonda rootsiz hosts faylni tahrirlasa bo'ladimi?
Men kompyuterda OpenServer'da tarqatilayotgan saytni telefonda ip ko'rinishida ocha olaman, Wi-Fi router orqali.
Kompyuterda shu saytni domen ko'rinishida tarqatish uchun C:\Windows\System32\Drivers\etc\hosts faylga yozsam, domen qilib ochib berardi.
Telefonda shu hosts fayl /system/etc/ manzilida ekan. Total Commander ham bu papkani telefonda topdim. Hosts faylni tahrirladim. Saqlashni bosdim. Fayl muvaffaqiyatli saqlandi deb xabar chiqdi. Faylga qaytadan kirib koʻrsam men yozgan ip va domen yoʻq boʻlib qildi.
Saqlashni bosganimda saqlandi deyapti, aslida saqlanmayapti. Shuni qanday qilib saqlash mumkin?