Assalomu alaykum, yordam.uz saytimizga xush kelibsiz.
Bu saytda o`zingizni qiziqtirgan savollarga javob olishingiz va o`z sohangiz bo`yicha savollarga javob berishingiz mumkin. Bizning Oilamizga a'zo bo`lganingiz uchun chuqur Minnatdorchilik bildiramiz !!!

Dasturlash tilini tanlashda maslahat kerak

0 ovoz
105 marta ko‘rilgan
so‘radi 21 noyabr, 19 Sherzod ! (5 bal)
tahrirlandi 21 noyabr, 19 Saidolim
Assolomu aleykum.

Man java dasturlash tilini android yoki web yo'nalishlaridan qaysi birini tanlashni bilmay turibman.

Shunga maslahat bersanggiz degandim.

1 ta javob

0 ovoz
javob berdi 18 dekabr, 19 Abduqodir (20 bal)

Assalomu alaykum Sherzod ! 

Siz dasturlash tilini tanlashdan oldin Html, Cssning asosiy tushunchalariga ega bo'lishingiz kerak.

Agar siz web yo'nalishini tanlagan bo'lsangiz unda siz uchun birinchi qadam Html va Css. Ko'pchilik  dasturchilarning birinchi qadami Html va Cssdan boshlanadi.

JavaScript:

JavaScript bu ko'pchilik uchun birinchi to'liq dasturiy til. JavaScript HTML va CSS-ni o'rgangandan keyingi mantiqiy qadamdir. JavaScript tobora ommalashib bormoqda va hozirda veb-brauzerlar tashqarisida ham ishlaydi.  So'nggi paytlarda JavaScript hamma joyda ishlatilyapti.

Java:

Java-dan veb-ilovalardan tortib ish stoliga(desktop) va mobil ilovalargacha har qanday narsa uchun foydalanish mumkin.Java yirik korxona dasturlari - banklar, kasalxonalar va universitet dasturlari orasida kuchli ahamiyatga ega. Bundan tashqari Java Android ilovalarini xam qo'llab quvvatlaydi 

Php: 

PHP eng mashhur veb-tillardan biridir. WordPress va Drupal ikkalasi ham PHP-da yozilgan va ushbu ikki platforma bugungi kunda Internetda juda ko'p saytlarga ega. 

Python:

 Python - bu serverlarni avtomatlashtirishdan tortib to ma'lumotlar ilmigacha bo'lgan hamma narsada ishlatiladigan umumiy til. Python yangi o'rganuvchilar uchun ajoyib til, chunki o'qish va tushunish oson. Pythonda siz juda ko'p narsalarni qilishingiz mumkin. Pythonda ham veb-ilovalar, robotexnika va desktop dasturlari yaratish mumkin.

Umuman olganda mening tanlovim Python bo'lar edi xozirda Python dasturlash tili jadal rivojlanmoqda. 

Hozirda juda ham ko'p dasturlash tillari mavjud bo'lib ayni paytdagi kerakli dasturlash tili xaqida qisqacha yozdim. 

Top 10 dasturlash tili ro'yhati:

  1. JavaScript
  2. Python
  3. Java
  4. Go
  5. Elixir
  6. Ruby
  7. Kotlin
  8. TypeScript
  9. Scala
  10. Clojure

Manba: https://codeburst.io/10-top-programming-languages-in-2019-for-developers-a2921798d652

Assalomu alaykum, yordam.uz saytimizga xush kelibsiz.

Bu saytda o`zingizni qiziqtirgan savollarga javob olishingiz va o`z sohangiz bo`yicha savollarga javob berishingiz mumkin.

Bizning Oilamizga a'zo bo`lganingiz uchun chuqur Minnatdorchilik bildiramiz !!!

Telegram kanal YordamUzRss

...