Assalomu alaykum, yordam.uz saytimizga xush kelibsiz.
Bu saytda o`zingizni qiziqtirgan savollarga javob olishingiz va o`z sohangiz bo`yicha savollarga javob berishingiz mumkin. Bizning Oilamizga a'zo bo`lganingiz uchun chuqur Minnatdorchilik bildiramiz !!!

Mashina tili, 2lik kod va 2lik fayl lari orasida nima farqlari bor?

+6 ovoz
243 marta ko‘rilgan
so‘radi 18 dekabr, 16 Unknown (803 bal)
tahrirlandi 18 dekabr, 16 Saidolim
Assalomu Alaykum.

Mashina tili("machine language"), 2lik kod("binary code") va 2lik fayl("binary file") lari orasida nima farqlari bor?

Meni tushunishim bo'yicha mashina tili 2 lik tizimidagi sonlar(ya'ni 0 va 1) tashkil topgan kompyuterlar(qurilmalar) tushuna oladigan til ekan. Ammo "binary code" ham shunaqaku, bu degani "machine language"="binary code" (ikkalasi teng)mi?

"binary file"(2lik fayl) nima? Atama so'zidan kelib chiqqanda, ichida 2lik kodlar joylashgan fayl bo'lishi kerak. Misol uchun quyidagi faylda:
010010101010010
010101010101011
010101010010111...

Ammo https://en.wikipedia.org/wiki/Binary_file da faqat 0 va 1 emas, balki boshqa sonlar va harflar ham bor. Nima bu "binary code" emasmi?
Bu yerdagi izohlar menga mavhum, ya'ni nima deyilganini aniq anglay olmadim.

2 Javoblar

+3 ovoz
javob berdi 18 dekabr, 16 Исломбек Анваров (77 bal)

Kompyuter va boshqa qurilmalar haqiqatdanam mashina tilini ishlatishadi va u 0 va 1 dan tashkil topadi. (0 kuchlanish yo'q 1 kuchlanish bor (misol: 1 == 5V va 0 == 0V))

Siz ko'rgan fayl 16 lik sanoq timida yozilgan fayl bo'lib uni ichila 0-9 va A-F lar bo'lishi mumkin. Hozirgi kunda eng kichkina mikrokontrollerlar 1 bite yani 8 bitlikdir. Lekin ilgari yarim baytlik yani 4 bitlik protsessorlar ham bo'lgan, o'sha davrlardan beri binar kodni 16 lik .hex fayllarda saqlash osonroq deb topilgan. Chunki 16 lik sanoq tizimidan 2 lik sanoq tizimiga o'tish juda oson. Shuning uchun bu faylda boshqa narsalar ham mavjud. binar til va binar kodni farqiga kelsak hamma yaratilgan protsessorlar uchun ularni ishlab chiqruvchi kompaniya tomonidan 2 lik sanoq tizimida yaratilgan opetarsiya kodlari yoziladi va taqdim etiladi. Shuning uchun 2 lik sanoq tizimida kod yozib bo'lmaydi. Sizning: "machine language"="binary code" deganingiz to'gri deb hisoblayman.

Oxirgacha o'qiganigiz uchun raxmat.

2 lik va 16 lik orasidagi o'tish.

+1 ovoz
javob berdi 19 dekabr, 16 Unknown (803 bal)

Va alaykum Assalom.

"Machine code" va "binary code" lar 2 lik sanoq tizimiga(0 va 1) asoslangan kodlardir. Bu ikkalasi bir xil narsa. Lekin "machine code" 2(binary), 8(octal), 10(decimal) va 16 lik(hexadecimal) sanoq tizimlarida ham ifodalanadi. Sanoq tizimlari bir-biriga o'xshash va biri biriga aylana(convert) oladigan tizimlardir. 16lik(hexadecimal) sanoq tizimi ancha qulay va oson o'qiladigan tizimdir. Siz qo'ygan link(web address)da 16 lik sanoq tizimidan foydalanilgan.
 
Misol uchun 2 lik sonlar ketma-ketligida: 1001111000001010 - osongina 16 likka qism-qism qilib o'giriladi. Har bir qism 4 bitni tashkil qiladi.
 1001 1110 0000 1010 => 9 14(14=E) 0 10(10=A)     bu 16lik sanoq tizimida: 9E0A  bo'ladi.
 
"Binary file" esa matnli bo'lmagan fayl, misol uchun .exe, .doc, .png va hokazo.
C dasturlash tilida yozilgan dastur matn fayldir, lekin agar uni komplyatsiya(compile) qilsangiz u "binary file" bo'lib o'giriladi.

"Microsoft word" fayli ham "binary file" dir, chunki uning ichida turli ranglarni, shrift turi, hajmi, rasmlar, jadvallarni aks ettirish uchun turli kodlardan foydalanilgan. Shunchaki o'sha dasturning o'zi o'sha kodlarni siz ko'ra oladigan, o'qiy oladigan tarzda ko'rsatadi. Ammo, bajarilgan amallar "binary code" bo'lib saqlanadi va o'qiladi.

http://stackoverflow.com/questions/21571709/difference-between-machine-language-binary-code-and-a-binary-file (savol-javob shu yerdan olindi, lekin qo'shimchalar qilindi)

Assalomu alaykum, yordam.uz saytimizga xush kelibsiz.

Bu saytda o`zingizni qiziqtirgan savollarga javob olishingiz va o`z sohangiz bo`yicha savollarga javob berishingiz mumkin.

Bizning Oilamizga a'zo bo`lganingiz uchun chuqur Minnatdorchilik bildiramiz !!!

Telegram kanal YordamUzRss

...