Assalomu alaykum, yordam.uz saytimizga xush kelibsiz.
Bu saytda o`zingizni qiziqtirgan savollarga javob olishingiz va o`z sohangiz bo`yicha savollarga javob berishingiz mumkin. Bizning Oilamizga a'zo bo`lganingiz uchun chuqur Minnatdorchilik bildiramiz !!!

Obyekt va Classning farqi?

+6 ovoz
583 marta ko‘rilgan
so‘radi 08 fevral, 17 dilmurod (66 bal)
teglar o‘zgartirildi 09 fevral, 17 Saidolim
obyekt va klasslarning farqi nimada

6 Javoblar

+6 ovoz
javob berdi 09 fevral, 17 Gayratjon (408 bal)
tanlangan 17 iyul, 17 vejon
 
Eng yaxshi javob

Object – Obyekt klass turidagi o'zgaruvchi. Obyekt bu klass bilan farqli tushuncha hisoblanadi. Objekt biz yozgan klassimizdagi har xil qoidalarga bo'ysunadigan ma'lumot bo'lib, u tezkor hotirada saqlanadi, klass esa qattiq diskda saqlanadi. Har bir yasalgan Obyect tezkor xotiraning ma'lum bir xonachalariga joylashadi. Hayotiy bir misol, masalan, ko'p qavatli binoni tezkor xotira deb qarasak. Unda istiqomat qiluvchi insonlar esa unda saqlanuvchi obyektlar bo'lib. Agar biz Insonning hususiyatlari, bajaradigan ishlari va hokazo xususiyatlari haqidagi bilimlarni qog'ozga tushursak bu qoralamani klass deb qaralishi mumkin garchi u texnik usulda yozilmagan bo'lsa ham. Biz ana o'sha qoralamani klassimizda kompyuter tushunadigan tilga keltiramiz.

Class – OYDning marzkazi hisoblanadi va u har xil kodlar, ma'lumotlar va shu ma'lumotlar qay tarzda o'zgarishini ifodalovchi xususiyatlar saqlanadi. Boshqacharoq qilib aytadigan bo'lsak hayotiy obyektlarning qanday faoliyat yuritishi, nimalardan iborat ekanligi, qanday xususiyatlarga ega ekanligini tavsiflovchi kichik bir hujjat sifatida qarash ham mumkin.  Klass o'z ichiga o'zgaruvchilar va metodlar(funksiyalar) va qiymati o'zgarmaydigan konstantalarni oladi. Yana shuni ham ta'kidlash kerakki, har bitta klass bitta o'zgaruvchi turi bo'lib ham xizmat qiladi. Huddi Integer, String yoki boshqa turlar kabi har bir klass ham ma'lum bir tur sifatida qaralishi mumkin

+4 ovoz
javob berdi 09 fevral, 17 svaqqosov (68 bal)
Kod yozayotganizda deylik sizga o'zgaruvchi kerak deylik. Siz uni qanday e'lon qilasiz?

int a = 5;

Endi OOP da shu ifodani quidagicha yozamiz:

classA a = new classA();

Qo'pol qilib aytganda class bu qolip, object bu g'ish.

g'ish 10x7_gish = new g'ish(loy);

Siz g'ish(object) yasashiz uchun qolip(class) kerak. Qolibni qo'yasiz ichiga loy(parametr) solasiz, qolipni ko'tarasiz ... g'ish(object) tayyor!
+3 ovoz
javob berdi 09 fevral, 17 Baron (862 bal)
Sinf - berilganlar va ular bilan bog'liq metodlarini ishlatish mexanizmi. Ya'ni, tushunarliroq qilib aytganda - obyektni yaratish uchun shablon.

Obyekt - sinfning nusxasi, yoki sinf turidagi o'zgaruvchi.
+3 ovoz
javob berdi 09 fevral, 17 Faxriddin (823 bal)

Obyekt: Obyektlar xususiyatlar va xolatlardan iborat bo’ladi. Masalan Kuchukdagi xususiyatlari vovullashi, ovqatlanishi. Kuchukning belgilariga esa rangi, ismi kabilar. Buni Kuchukchani obyekt sifatida qarashimiz mumkun.

Class: Bu obyektning belgi va xususiyatlarini o’zida jamlovchi tushuncha. Masalan: Kuchuk bu obyekt hisoblanib undagi barcha belgilari (yani rangi, ismi) va xolatlari (yani ovqatlanishi, vovullashi) ni o’zida jamlovchi tushunchaga class deyishimiz mumkun. Bitta classdan ko'plab obyektlar olishimiz mumkun.Yuqoridagi misol bo'ycha class yozamiz:

public class Kuchuklar {

    public Kuchuklar(){ // konstruktor(classdan foydalanishda uning konustruktoriga murojat qilinadi)

   }

   public void ovqatlanish(){

  //bu yerda sizning kod

  }

  public int balandligi(){

   //bu yerda sizning kod

  }

  public String ismi(){

  //bu yerda sizning kod

  }

}

Endi bu classga quyidagicha murojat qilinadi

Kuchuklar kuchuk = new Kuchuklar() // bunda Kuchuklar nomli classdan kuchuk nomli obyekt oldik

+2 ovoz
javob berdi 09 fevral, 17 Mirsaid (25 bal)
Class bu odam.

Obyekt bu Valijon (konkret bitta odam)
+2 ovoz
javob berdi 09 fevral, 17 Jasur TIU (117 bal)
Obyekt bu - biron bir ish harakatga ya'ni, Qandaydir funksiyalarga ega bo'lgan Narsa Buyimga aytiladi.

Javada har bir narsani Obyekt deb qarasak bo'ladi, chunki hamma narsani qila oladigan ishi bor.

Misol uchun: Kompyuter, Mashina, stol, deraza, kiyim,  h.k lar.

Class  - Biron bir narsani, qila oladigan ishlari ya'ni, qanday funksiyalarga egaligi va nima qila olishini yozish bu class deyiladi.

Uning yana bir nomi Qoralama desak ham bo'ladi. Chunki Qandaydir narsa haqida yozishingiz bu qoralama deyiladi.

Qisqacha qilib aytganda.

  Obyektni Qo'lyozma nusxasi Class bo'ladi.

Bularning farqlari:

      1.  Obyekt bu ko'rinish, his qilishni aks ettiradi,  Class esa biron narsani qila oladigan funksiyalarini bildiradi.

Assalomu alaykum, yordam.uz saytimizga xush kelibsiz.

Bu saytda o`zingizni qiziqtirgan savollarga javob olishingiz va o`z sohangiz bo`yicha savollarga javob berishingiz mumkin.

Bizning Oilamizga a'zo bo`lganingiz uchun chuqur Minnatdorchilik bildiramiz !!!

Telegram kanal YordamUzRss

...