Assalomu alaykum, yordam.uz saytimizga xush kelibsiz.
Bu saytda o`zingizni qiziqtirgan savollarga javob olishingiz va o`z sohangiz bo`yicha savollarga javob berishingiz mumkin. Bizning Oilamizga a'zo bo`lganingiz uchun chuqur Minnatdorchilik bildiramiz !!!

method overloading va method overraiding

+5 ovoz
160 marta ko‘rilgan
so‘radi 08 fevral, 17 dilmurod (66 bal)
method overloading va method overraiding va ularning farqlari misoli bilan iloji bo'lsa

2 Javoblar

+1 ovoz
javob berdi 09 fevral, 17 Faxriddin (823 bal)

Overloading metodlar-Java va boshqa ko'plab dasturlash tillarida overloading metodlar tushunchasi mavjud, agar bitta class yoki subclassda bir nechta bir xil nomli metodlar elon qilingan bo'lsa bular overloading metodlar deyiladi. Overloading metodlar o'zi bilan bir xil nomga ega bo'lgan va bitta classda joylashgan boshqa metoddan butunlay farq qiladi. Boshqacha aytganda overloading metodlar orqali bitta classda bir xil nomli bir nechta metod yaratish imkoniga ega bo'lamiz.

overloading metodlar polimorfizmning imkonyatlaridan foydalanishga qo'l keladi,, agar dasturchilar bir biriga o'xshash operatsiyalar bajaradigan metodlarni bir xil nom bilan eslab qolmoqchi bo'lsa, dasturchi overloading metodlardan foydalanadi bunda har metodlar nomi bir xil ammo parametrlari soni va tipi boshqa boshqa bo'ladi. Kompilator metod tipi va parametrlari soni bilan aynan qaysi metodga murojat qilinayotganini aniqlab oladi.

Misol uchun burcha nomli Overloading metodlar:

public void burchak(int alfa){//Sizning kodingiz}

public void burchak(int alfa, int burchaklar_soni){//Sizning kod}

public void burchak(int alfa, String burchak_turi){//Sizning kod}

yana bir misol

class B
{
  public void aMethod (byte x)
  {
    System.out.println("byte x: " + x);
  }
 
  public void aMethod (short x)
  {
    System.out.println("short x: " + x);
  }
 
  public void aMethod (int x)
  {
    System.out.println("int x: " + x);
  }
 
  public void aMethod (long x)
  {
    System.out.println("long x: " + x);
  }
 
  public void aMethod (float x)
  {
    System.out.println("float x: " + x);
  }
 
  public void aMethod (double x)
  {
    System.out.println("double x: " + x);
  }  
}

Overraiding metodlar-Agar class ichidagi metod sub classdagi biron metod bilan bir xil nomga ega bo'lsa bunda class ichidagi metod Overraiding metodlar sifatida yaratiladi.
class Animal
{
 Animal myType()
 {
  return new Animal();
 }
}

class Dog extends Animal
{
 Dog myType()     //Legal override after Java5 onward
 {
  return new Dog();
 }
}
method overloading va method overraiding ning ularning farqlari


overloading metod
overraiding metod
Parametrlari har xil va nomi bir xil bo'lishi shartNomi va parametrlari bir xil bo'lishi shart
polimorfizmdan foydalanadipolimorfizmdan foydalanadi

difference between overloading and overriding

+1 ovoz
javob berdi 09 fevral, 17 Jasur TIU (117 bal)
Method Overloading bu - Bir classda bo'lgan nomi bir xil parametrlari har xil bo'lgan funksiyalarga aytiladi.

Method Overraiding bu - Bir classni funksiyasini, boshqa classda qayta ishga tushirishga aytiladi.Uni extends orqali qilinadi.

Farqlari:

  1. Overloadingni arametrini o'zgartirsa bo'ladi, Overraidingni esa o'zgartirib bo'lmaydi.

  2.  Bir funksiyadan bir nechta Overloading funksiya yasasa bo'ladi, Overraidingda esa faqat o'zi bo'ladi.

  3. Overloading funksiya bitta class da bo'ladi, Overraiding funksiya bir nechta class da bo'lishi mumkin.

  4. Overloading funksiya Dinamik polemorfizim, Overraiding funksiya esa Static polemorfizm.

Assalomu alaykum, yordam.uz saytimizga xush kelibsiz.

Bu saytda o`zingizni qiziqtirgan savollarga javob olishingiz va o`z sohangiz bo`yicha savollarga javob berishingiz mumkin.

Bizning Oilamizga a'zo bo`lganingiz uchun chuqur Minnatdorchilik bildiramiz !!!

Telegram kanal YordamUzRss

...