Assalomu alaykum, yordam.uz saytimizga xush kelibsiz.
Bu saytda o`zingizni qiziqtirgan savollarga javob olishingiz va o`z sohangiz bo`yicha savollarga javob berishingiz mumkin. Bizning Oilamizga a'zo bo`lganingiz uchun chuqur Minnatdorchilik bildiramiz !!!

polimorfizm nima?

+6 ovoz
1,452 marta ko‘rilgan
so‘radi 08 fevral, 17 dilmurod (66 bal)
polimorfizm nima va uning vazifasi? iloji bo'lsa kichik bir misol

2 Javoblar

+2 ovoz
javob berdi 08 fevral, 17 Gayratjon (408 bal)
tanlangan 26 yanvar vejon
 
Eng yaxshi javob

Obyektga abstrakt darajada qarash xususiyati. Masalan, turli xil oynalar mavjud: deraza oynasi, eshik oynasi, mashina oynasi, telefon oynasi. Bularning barchasi bir biridan ishlatilish sohasi, tuzulishi, shakli bilan farq qiladi. Lekin barchasini umumiy qilib oyna deb qarash mumkin. Polimorfizm turli xil obyektlar bilan bir xil uniformada ishlash imkoniyatini beradi.

Polimorfizm orqali bir jarayonni turli yo'llar bilan tashkillashtirishimiz mumkin. Polimorfizm so'zi yunoncha ikki so'zning birikmasidan tashkil topgan «poly» — Ko'p va «morphs» — formalar. Polimorfizm ham ko'p formalar degan ma'noni anglatadi.

Javada polimorfizmni ikki turi mavjud: programma kompilyatsiya bo'layotgan vaqtda sodir bo'ladigan polimorfizm (compile time polymorphismstatic polymorphism) va programma ishlab turgan vaqtda sodir bo'ladigan polimorfizm (runtime polymorphismdynamic polymorphism). Javada polimorfizm funksiyalarni qayta yuklash (overload) va qayta yozish (override) bilan amalga oshiriladi.

to'liqroq : http://texnoman.uz/post/18-dars-javada-polimorfizm.html

+1 ovoz
javob berdi 08 fevral, 17 Jasur TIU (117 bal)
polimorfizm - bu ko'p shakillilik degani.  Ya'ni

Biron bir funksiya yoki o'zgaruvchi bo'ladimi u boshqa joyda ishlatilsa ya'ni foydalanilsa bu u uchun umumiylikni kasb etadi va polimorfizm boladi.

Yana polimorfizm 2 xil bo'ladi.

  1. Dinamik

  2. Static

Dinamik polimorfizmga misol:

     Biron A class ni B class ga extends (voris) qilsak bunda dinamik bo'ladi.

Static polimorfizmga misol:

     Biron classdan Obyekt olish bo'ladi.

Biz qilayotgan ko'p hodisalarning yoki usullarimizning nomi polimorfizm deyiladi.

Assalomu alaykum, yordam.uz saytimizga xush kelibsiz.

Bu saytda o`zingizni qiziqtirgan savollarga javob olishingiz va o`z sohangiz bo`yicha savollarga javob berishingiz mumkin.

Bizning Oilamizga a'zo bo`lganingiz uchun chuqur Minnatdorchilik bildiramiz !!!

Telegram kanal YordamUzRss

...