Assalomu alaykum, yordam.uz saytimizga xush kelibsiz.
Bu saytda o`zingizni qiziqtirgan savollarga javob olishingiz va o`z sohangiz bo`yicha savollarga javob berishingiz mumkin. Bizning Oilamizga a'zo bo`lganingiz uchun chuqur Minnatdorchilik bildiramiz !!!

Inkapsulyatsiya nima?

+5 ovoz
1,046 marta ko‘rilgan
so‘radi 08 fevral, 17 dilmurod (66 bal)
inkapsulyatsiya nima va u qanday amalga oshriladi?

3 Javoblar

+2 ovoz
javob berdi 09 fevral, 17 Baron (862 bal)

Umumiy ma'noda Inkapsulyatsiya - dasturning bir komponentidan boshqa bir komponentiga huquqni chegaralovchi til mexanizmi. Asosan sinf maydonlari va metodlarining ochiq, yopiq va himoyalangan bo'lishi orqali amalga oshiriladi.

//C++
class A
{
 public:
   int a, b; //ochiq berilganlar
   int GetA(); //ochiq metod
 private:
   int Aa, Ab; //yopiq berilganlar
   void Metod(); //yopiq metod
};

//Java
class A {
 //yopiq berilganlar
 private int a;
 private int b;

 private void Metod() { //yopiq metod
  //biror kod
 }

 public int getA() { //ochiq metod
  return a;
 } 
}

Ochiq berilganlar va metodlarga sinf obyekt yaratilgandan keyin ixtiyoriy kerakli paytda murojaat qilish mumkin. Yopiq (himoyalangan) berilganlar va metodlarga esa faqat sinf metodlarining ichida murojaat qilish mumkin.

0 ovoz
javob berdi 09 fevral, 17 Dilshod (467 bal)

inkapsulyatsiya -  kapsula ichi.

class Myclass(){

class MyClass
{
	public $name;
	private $id;
	protected $tax;
 
	public function userId()
	{
		return $this->id = 786;
	}
}
 
$obj = new MyClass();
 
echo $obj->userId();  -  man shu narsa inkapsulyatsiya, va asosan "public"dan tashqari method va o'zgaruvchilarga murojaat qilib bo'lmaydi, shuning uchun class ichida ularga murojjat qiladigan birorta method yoziladi. Getter va Setter methodlar inkapsulyatsiyaga misol bo'ladi.
$obj2 = new MyClass();
$obj2->name = 'My Name';
echo $obj2->name      - bu inkapsulyatsiya emas
0 ovoz
javob berdi 09 fevral, 17 Faxriddin (823 bal)
Inkapsulatsiyalash modullikning obyektga mo‘ljallangan tavsifidir. Inkapsulatsiyalash yordamida dasturiy ta'minotni ma’lum funksiyalarni bajaruvchi modullarga bo‘lib tashlash mumkin. Bu funksiyalarni amalga oshirish detallari esa tashqi olamdan yashirin holda bo‘ladi.

Mohiyatan inkapsulatsiyalash atamasi «germetik berkitilgan; tashqi ta’sirlardan himoyalangan dastur qismi» degan ma'noni bildiradi.

Aynan inkapsulatsiyalash tufayli mustaqillik darajasi ortadi, chunki ichki detallar interfeys ortida yashiringan boladi.

Agar biror-bir dasturiy obyektga inkapsulatsiyalash qo‘llanilgan bo‘l- sa. u holda bu obyekt qora quti sifatida olib qaraladi. Siz qora quti nima qilayotganini uning tashqi interfeysini ko'rib turganingiz uchungina bilishingiz mumkin. Qora quti biror narsa qilishga majburlash uchun. unga xabar yuborish kerak. Qora quti ichida nima sodir bo‘layotgani ahamiyatli emas, qora quti yuborilgan xabarga adekvat (mos ravishda) munosabatda bo'lishi muhimroqdir.

Assalomu alaykum, yordam.uz saytimizga xush kelibsiz.

Bu saytda o`zingizni qiziqtirgan savollarga javob olishingiz va o`z sohangiz bo`yicha savollarga javob berishingiz mumkin.

Bizning Oilamizga a'zo bo`lganingiz uchun chuqur Minnatdorchilik bildiramiz !!!

Telegram kanal YordamUzRss

...