Assalomu alaykum, yordam.uz saytimizga xush kelibsiz.
Bu saytda o`zingizni qiziqtirgan savollarga javob olishingiz va o`z sohangiz bo`yicha savollarga javob berishingiz mumkin. Bizning Oilamizga a'zo bo`lganingiz uchun chuqur Minnatdorchilik bildiramiz !!!

Yangi dasturlash tilini o'rganishda qanaqa usuldan foydalanasiz?

+5 ovoz
185 marta ko‘rilgan
so‘radi 18 dekabr, 16 Unknown (803 bal)
teglar o‘zgartirildi 18 dekabr, 16 Saidolim
Assalomu Alaykum.

Yangi dasturlash tilini o'rganishda qanaqa usuldan foydalanasiz?
Bu savol tajribali dasturchilarga. Qanday usulga tayangan holda yangi tilni o'rganasiz? Bir o'zingiz o'rganishni afzal ko'rasizmi, yoki do'stlaringiz bilan? Qanday qilib o'rganishni boshlaysiz? Sizlarning sevimli kitoblar jamlanmangiz bormi? Yoki osongina o'rganish uchun shunaqa joy bormi?  

Qaysi kutubxonalardan o'rganish mumkinligini maslahat bera olasiz? Qanday qilib bilasiz biron narsa o'rganayotganingizni va qaysi darajada bildim deb hisoblaysiz agar tilni o'rganingizda.

Xotirada saqlash uchun birorta maxsus narsalardan foydalanasizlarmi?
izoh qoldirdi 04 fevral, 17 Jamshid (30 bal)
bu savolga javobni tajribali dasturchilar bergani yaxshi albatta, lekin javob savol berib turgan dasturchini tajribali yoki boshqa holatiga qarab javob beriladi

3 Javoblar

+5 ovoz
javob berdi 19 dekabr, 16 Unknown (803 bal)

Va alaykum Assalom.

Qisqaroq javob: Quyida men odatda o'rganish uchun qo'laydigan uslubim:
- Yangi tilni sintaksisi bilan tanishish uchun o'qib chiqaman.
- O'zim qiziqadigan ochiq kodli(open source) loyiha topaman.
- Yangi tilga uni moslashtiraman.
- Zarurlarini takrorlayman.

Batafsilroq: Yangi qiziqayotgan dasturlash tilini o'rganish uchun muhimroq bir loyihani qilaman. Kitoblarni o'sha til bilan tanishish uchun yoki qiziqarli  imkoniyatlarini bilish uchun o'qisangiz bo'ladi, lekin hech narsa loyiha(project)chalik yangi tilni o'rganishga samara bermaydi. O'sha loyihani qilish jarayonida sizni ko'pgina kitoblar o'qib qilishga majbur qiladi. Shuning uchun ham o'sha loyiha sikli('deployment' -tayyor holga keltirish, 'refactoring code' - kodlarni o'qilishini, foydaliligini va strukturasini yanada yaxshilash,  'versioning' - versiyalash jarayoni, 'all aspects of IDEs' - kod yozadigan muhitni hamma qirralarini, foydalanuvchilarni) tilni chuqur tushunishga imkon beradi. 

Yana bir ma'lumot: shunchaki kitob o'qishning o'zi  ba'zi narsalarni tushunishda noto'g'ri ta'surot qoldirishi mumkin, lekin kamdan-kam holatda kutilgan natijani berishi mumkin. 

Manba: http://stackoverflow.com/q/1020540/4365315

+5 ovoz
javob berdi 03 fevral, 17 Faxriddin (823 bal)
Yangi dasturlash tilini o'rganishda boshida video darslardan foydalanaman, Yangi tilning sintaksisi va asosiy xususiyatlarini o'rganib bo'lgunimcha vido darsdan foydalanaman. Keyin yangi dasturlash tilida biron loyiha olama va shu asosda o'rganishni davom etaman (Paydo bo'lgan savollarga Google orqali javob qidiram). Shu tahli yangi loyihalar bilan bilimlarni mukammallashtirib boraman
+3 ovoz
javob berdi 03 fevral, 17 alimovich (284 bal)
Menimcha bu odamni o'ziga bog'liq: kimlardir video darslar yordamida, kimlardir kitob o'qib, yana kimlardir bironta loyiha yordamida o'zganadi. Masalan men, video dars yordamida o'rganishni ma'qul ko'raman. O'rgangan bilimlarimni bironta oddiy bo'lsa ham kichikkina loyiha yaratib mustahkamlayman. Ba'zida bironta tushunmagan joylarimni aniqlashtirish uchun maqolalar o'qib turaman. Eng muhimi xohish va qiziqish bo'lsa bas!!!

Assalomu alaykum, yordam.uz saytimizga xush kelibsiz.

Bu saytda o`zingizni qiziqtirgan savollarga javob olishingiz va o`z sohangiz bo`yicha savollarga javob berishingiz mumkin.

Bizning Oilamizga a'zo bo`lganingiz uchun chuqur Minnatdorchilik bildiramiz !!!

Telegram kanal YordamUzRss

...