Assalomu alaykum, yordam.uz saytimizga xush kelibsiz.
Bu saytda o`zingizni qiziqtirgan savollarga javob olishingiz va o`z sohangiz bo`yicha savollarga javob berishingiz mumkin. Bizning Oilamizga a'zo bo`lganingiz uchun chuqur Minnatdorchilik bildiramiz !!!

OYD da "Polimorfizm" nima?

+8 ovoz
728 marta ko‘rilgan
so‘radi 18 dekabr, 16 Unknown (802 bal)
tahrirlandi 19 dekabr, 16 oakrom

Obyekga Yo'naltirilgan Dasturlash(OYD)da "Polimorfizm" haqida ba'zi dasturchilardan so'raganimda tushuntirib berisha olmagandi. Yaxshigina tajribasi bo'lishiga qaramasdan. "Overloading" yoki "Overwriting" bilan adashtirishadi, ya'ni xususiy holda tushuntirishadi. 

Umumiy tushunchasi qanaqa? "Polimorfizm" nima?

2 Javoblar

+5 ovoz
javob berdi 19 dekabr, 16 Unknown (802 bal)
tanlangan 22 dekabr, 16 Unknown
 
Eng yaxshi javob

Polymorphism: poly - kop, morpha - forma, ya'ni ko'p formada bo'la olish degani. Masalan, mushuk bir vaqtning ozida ham *hayvon* va *sut emizuvchi hayvon* bo'la oladi. 

Mushuk baroq = new Mushuk(); //Bunday o'zlashtirish "upcasting" deb ataladi
Hayvon baroq = new Mushuk();
SutEmizuvchiHayvon baroq = new Mushuk();

baroq bir necha turda bo'la olyapti bu degani - polimorfizm.

Yoki ArrayList obyekti, bir vaqtning o'zida, List hamda Collection turlarida o'zgara oladi.
ArrayList list=new ArrayList();
List list =new ArrayList();
Collection list = new ArrayList()

Xullas Javadagi Collectionlar zo'r misol. Men o'ylashim bo'yicha Polimorfizm overloading(bir xil nomdagi lekin xar xil parametrlarga ega metodlar), overwriting(ajdod classning metodini avlodda o'zgartirish) (upcastingni agar sanash lozim bo'lsa uni ham) larda namoyon bo'ladi.

(Savol va javobim manbasi:  Telegramdagi UzbekDevelopers yopiq guruhidan olingan.)

+1 ovoz
javob berdi 09 noyabr, 17 Nasibulloh (15 bal)
tahrirlandi 10 noyabr, 17 Nasibulloh

Polymorphism​ ni tushunishni eng oddiy usuli bu merosxo'rlikni bilishdir . Ota class yoki interface oz bolalarini nazorat qila oladi yani qopol qilib aytsa Otani geni bollarida boladi va Ota ularga ozinikidek qaray oladi. Misol :

"Velosiped" degan class bo'lsin. Endi bu modeldan ozimizni sub modellarimizni yaratamiz. 

class TogVelosiped extends Velosiped{}

class SportVelosiped exteds Velosiped{}
Velosiped tog=new TogVelosiped();

Velosiped  sport=new  SportVelosiped();
Yuqorida ko'rilgandek . Ota ozini 2 bolasiga ham egalik qila oladi. Yani Ota class ni propertiylari bollarida aniq bo'ladi. Ota nazarida qaraganda ikki bolasida ham otani aynan genlari boladi. Otanikidan tawqari propertiylarni polymorfizmda korib bolmaydi chunki u faqat Ota da mavjudlari bollaridan oladi holos.

Assalomu alaykum, yordam.uz saytimizga xush kelibsiz.

Bu saytda o`zingizni qiziqtirgan savollarga javob olishingiz va o`z sohangiz bo`yicha savollarga javob berishingiz mumkin.

Bizning Oilamizga a'zo bo`lganingiz uchun chuqur Minnatdorchilik bildiramiz !!!

Telegram kanal YordamUzRss

...