Assalomu alaykum, yordam.uz saytimizga xush kelibsiz.
Bu saytda o`zingizni qiziqtirgan savollarga javob olishingiz va o`z sohangiz bo`yicha savollarga javob berishingiz mumkin. Bizning Oilamizga a'zo bo`lganingiz uchun chuqur Minnatdorchilik bildiramiz !!!

Har bir tuman/shaharlarda dasturlashni o'rgatadigan kurslar ochilishi kerakmi?

+12 ovoz
485 marta ko‘rilgan
so‘radi 12 fevral, 17 Javlonbek Masharipov (16 bal)
tahrirlandi 13 fevral, 17 vejon

Assalomu Alaykum Yordam.uz foydalanuvchilari, adminlari. Bu saytda 1-chi savolim.

Men Qoraqalpog'iston R. Beruniy shahrida yashayman. Dasturlashga, axborot texnologiyalariga qiziqaman.

Kollejni bitirib, Toshkentga dasturlashni o'rgangani boraman deguncha ancha qimmatli vaqtlar o'tib ketadi. 

Yurtimizda dasturlashga qiziqadigan yoshlar ko'p. Lekin ko'pchiligida dasturlashni o'rganishga imkoniyat yo'q, ayrimlarida hali dasturlash nimaligini tushunmaganlari uchun qiziqish ham yo'q.

O'sha qiziqishni hosil qilish va Davlatimiz rivojlanishi uchun o'z hissamni qo'shish maqsadida shu taklifni kiritmoqchimanki:

Har bir shahar/tumanlarda yoki ma'lum bir hududdagi aholi yoshlari qiziqishlariga qaragan holda Dasturlashga oid kurslar ochilishi kerak.

Yolg'iz o'rgangandan ko'ra jamoa bo'lib kurslarda o'rgangan yaxshi. Chunki, u yerda raqobat, bir-biridan o'zish, intlish bo'ladi.

Taklif bor ekan uni har tomonlama o'ylab qayergadir murojaat qilish kerak. Har bir tuman/shaharlarda dasturlashni o'rgatadigan kurslar ochilishi kerakmi?

izoh qoldirdi 19 fevral, 17 Farrux Mamatxalilov (15 bal)
Assalomu Alaykum Javlonbek. Fikringiz yaxshi, amalga oshirish sal muammo bo'lishi mumkin chunki har shahar/tumanlarda yetarlicha mutaxasislar yo'q. Shuning uchun har bitta dasturlashga qiziquvchi odam o'zi o'rganishga harakat qilishi kerak bo'ladi. Har bitta kollej, maktabda kompyuterlar bor (bo'lmasa direktordan talab qilish kerak, chunki davlat hisobidan pul ajratilgan albatta olishgan bo'lishlari kerak) ularda bemalol foydalanish mumkin. Man maktab o'qib yurganim maktab kompyuterlaridan foydalanish uchun darsdan keyin qolardim. Darslik esa oddiy O'zbekcha 9-sinf uchun informatika kitobidagi Paskal dasturlash tilli. Agar qiziq bo'lsa bemalol shu kitobdan o'rganish mumkin, man ham shundan o'rganman 2012 yilda :) Bitta dasturlash yaxshi tili o'rganib olsangiz, boshqa dasturlash tillarini o'rganish qiyin bo'lmaydi. Keyin HTML,CSS,PHP ,MySQL shundan keyin o'zizni o'ziz yo'liz topib ketasiz.  Undan keyin dasturchilar davrasiga tushib olsangiz, boshqa dasturchilar nimalar qilayotganini kuzatib borish, texnologiyani kuzatib borish kerak bo'ldi :)

2 Javoblar

+8 ovoz
javob berdi 12 fevral, 17 Saidolim (3,566 bal)
tahrirlandi 13 fevral, 17 vejon
 
Eng yaxshi javob

Assalomu alaykum hurmatli Javlonbek,

Sizning taklifingiz va fikrlaringizni ko`rib, bu savolni moderatsiyadan o`tkazishni va shaxsiy fikrimni Siz bilan ulashishga qaror qildim.

1) Dasturlashni o`rganish uchun Toshkent shahriga kelish shart emas. Hamma o`zi yashab turgan manzilidan o`rgansa bo`ladi. Sababi, dasturlashni o`rganish uchun sizga bitta qurilma (kompyuter, planshet yoki telefon) va manba (kitob, internet) yetarli bo`ladi.

2) Dasturlashga qiziqadigan yoshlarimiz albatta ko`p, lekin men ularda imkoniyat yo`q demagan bo`lar edim. Sababi, ular hech bo`lmasa haftada 1 marta internetga kirib, o`ziga kerakli ma'lumotlarni qog`ozga chiqarib olishi va hafta davomida o`qib yurishi va dasturlar yozib ko`rishi mumkin. Savollari chiqsa, maktab yoki kollejdagi o`qituvchilaridan, yoki bo`lmasa Yordam.Uz ga savol berish orqali savollariga javob topishlari mumkin. Bizning maqsad ham shunday, yoshlarimizga qo`ldan kelganicha yordam berish va tajribalarimizni ulashish. Orqalab ketganimizdan nima foyda.

3) Agar davlatimiz va yurtimizga yordamingiz tegishini xohlayotgan bo`lsangiz. Sizda katta imkoniyat bor. Siz sinfdoshlaringiz, kursdoshlaringiz va mahalladoshlaringizga dasturlashni o`rganishlarida vositachi bo`lishingiz mumkin. Ularning internetga imkoniyatlari bo`lmasa, Siz ularning savollarini bizga yetkazib, bizdan javoblarini olib, ularga yetkazishingiz mumkin. Bu bilan ham ular bilimli bo`lishadi, ham sizning shaxsiy tarjibangiz ortadi.

4) Dasturlash kurslarini har bir shahar va tumanlarda ochsa bo`ladi, lekin har bir markazda 5-10 kishi o`qisa, davlat uchun foydasidan ko`ra, ziyoni ko`proq bo`ladi. Dasturlash internet orqali o`rganish mumkin bo`lgan kasblardan biri ekan, nima uchun internetdan foydalanmaylik? Hamma narsani davlat qilib bersin deb emas, men shuni qilay, davlatimga yordam bo`lsin, degan fikr bilan ishlagan yaxshiroq.

5) Jamoa bo`lib o`rganish albatta yaxshi, shuning uchun ham biz Yordam.Uz saytida yurtimiz dasturchilarini yig`ib, tajriba almashish imkonini berdik. Agar astoydil dasturlashga qiziqadigan odam bo`lsa, bu kichkina saytchamizdan foydalanib, o`zi bilib olishi va boshqalar bilimli bo`lishiga yordam beradi

6) Biror joyga murojaat qilish shart emas, hammasi o`zimizni qo`limizda. Siz aynan to`g`ri joyga murojaat qilibsiz. Keling sizning orzuingizni shu sayt orqali amalga oshirishni boshlaylik.

Agar kimda yana fikrlar bo`lsa, shu savolga javob tariqarisa yozsak. Yaxshilarini yig`ib balki yangi loyihalar qilishimiz uchun tayyor dastur (reja) bo`lar edi.

izoh qoldirdi 12 fevral, 17 Javlonbek Masharipov (16 bal)
tahrirlandi 12 fevral, 17 Javlonbek Masharipov
Yana bir bor Assalom Saidolim aka. Javobingiz uchun katta rahmat. O'zimdagi muammoli savollarga javob oldim.

Mayli o'sha kurs ochilmasin ham. Hali bunga talab juda kamdir. Lekin baribir o'sha kun kelashini bilaman.

To'g'ri qiziqgan odam izlanib, qidirib o'ziga kerakli ma'lumotlarni izlab toparkan buni o'zimda sinab ko'rdim. Dasturlashdan tashqari qiziqadigan 5-6 ta soham bor.

Hozir menda yana bitta muammo bu noutbokim eski, slabiy shuni ham zo'rg'a erishganman. Shu noutbokda bir amallab ishlatib turibman. Lekin ayrim joylarida juda ko'p qotadida.

Internetdan kuzatish orqali Toshkentda kompyuter orqali ishlab yurganlarni ko'rib havasim keladi. Qani edi men ham shunday bo'lsam deyman. Ularni bunday erishga muvaffaqiyatlariga, hayotiga qiziqaman.

Agar iloji bo'lsa shunday bir kichik loyihacha qiling. O'zbek dasturchilari shu darajaga qanday yetib kelgani, ma'lum bir dasturlash tilini qanday o'rgangani, dasturlashga qanday kirib kelgani, qanday qilib ishgani kirgani, dasturlashni o'rganish usullarni va boshqa ko'plar savollarga javob berishsin.

Bu loyiha orqali dasturlashga endi kirib kelayotgan yoshlarga katta foydasi tekgan bo'lardi. Shaxsan o'zim internetda Farrux aka (tg: @webstyle)ni rasmlarini ko'p ko'rganman, to'g'risini aytsam havas qilaman bu insonga. Chunki shunday chiroyli hayotda, shunday zo'r noutboklarda ko'rib odamni havasi keladi.
Azamat.uz sayti muallifi Azamat akaga ham havas qilaman. Wordpress orqali qanday chiroyli, antiqa saytlarni yaratgan. Ajoyib blogida juda foydali maqolalar beri boradi.
izoh qoldirdi 12 fevral, 17 Saidolim (3,566 bal)
Vaalaykum assalom Javlonbek,
Kurslar hali ochilishiga hammamiz ishonamiz. Lekin hamma narsaning o`zini vaqti bor albatta.

Notebook masalasiga bitta misol etmoqchi edim, toki o`quvchilarimiz katta programmistlarni ko`rib ham havas qilishsin, ham ularning o`tgan qo`llarini bilishsin.

2 kursda o`qib yurganimizda, bizda ham notebook tugur, oddiy kompyuterlarimiz bo`lmas edi. Biz kompyuterga erishish uchun, oddiy kichik xodim bo`lib, o`qishimizni o`zida ishlar edik. Maqsad bitta, ishxonada ishlarimizdan bo`sha vaqtda ishxona kompyuteridan foydalanish. Bunga rahbarimiz ham rozi edilar. Oyligimiz 5400 so`m bo`lgan edi. Bu menga katta tajriba berdi. Sababi, agar o`zimda o`sha kompyuter bo`lganida edi, men programma yozishdan ko`ra ko`proq internetda sayt qilish va musiqa eshitish bilan band bo`lishim mumkin edi. Vaqt kam bo`lgani uchun siz unumli foydalanasiz o`sha kompyuterdan....

Notebook bor ekan, shuni o`zida boshlang. Hozir sizga c++ yoki php uchun yetarli shu notebook. Asosiysi Mantiq va Algoritm. Shunlarni o`rganing, qolgani o`zi iziga tushib ketadi. Hali iMac ham ishlatasiz, hali joningizga ham tegadi ))))
+2 ovoz
javob berdi 14 fevral, 17 parmonov98 (1,678 bal)
Salom Javlonbek.siz o`ylagan narsalarni men ham bazida o`ylab qolaman, lekin Saidolim aka tushuntirganidek talab, siz o`ylaganchalik talab yo`q.boganda ham imkoniyatini qilsa boladi.Men ham siz kabi oddiy 512 mb RAM li oddiy PC dan boshlaganman,hozir Allohga shukur bir necha barobar yaxshi PC da ishlaytman. men o`zimni yaxshi dasturchi deyolmiyman lekin imkonini qilib men yaxshi parametrga ega PC sotib olganman(albatta onamni yordami bilan). shunday qilib yuqoridagi keltirilgan fikrlar yetarli. bu narsani yozishim ham ortiqcha aslida shunda ham fikr bilidirib qoya qoldim.Undan oldin bir shaxsiy fikrimni aytay: dasturlashni organishdan oldin Ingliz tilini organishni maslahat beraman!

Assalomu alaykum, yordam.uz saytimizga xush kelibsiz.

Bu saytda o`zingizni qiziqtirgan savollarga javob olishingiz va o`z sohangiz bo`yicha savollarga javob berishingiz mumkin.

Bizning Oilamizga a'zo bo`lganingiz uchun chuqur Minnatdorchilik bildiramiz !!!

Telegram kanal YordamUzRss

...