Assalomu alaykum, yordam.uz saytimizga xush kelibsiz.
Bu saytda o`zingizni qiziqtirgan savollarga javob olishingiz va o`z sohangiz bo`yicha savollarga javob berishingiz mumkin. Bizning Oilamizga a'zo bo`lganingiz uchun chuqur Minnatdorchilik bildiramiz !!!

Sinxron va asinxron jarayonlar

+3 ovoz
640 marta ko‘rilgan
so‘radi 11 fevral, 17 vejon (2,992 bal)
Assalom alaykum.

Dasturlashda yoki oddiy operatsion tizimlarda sinxron va asinxron jarayonlar mavjud. Ular nima? Bir-biridan farqi nimada?
izoh qoldirdi 11 fevral, 17 vejon (2,992 bal)
Aniq, lo'nda ma'lumot bo'lsa yaxshi bo'lardi.

1 ta javob

+2 ovoz
javob berdi 11 fevral, 17 Dilshod (467 bal)
tanlangan 03 mart, 17 vejon
 
Eng yaxshi javob

Masalan user serverga sinxron so'rov jo'natsa, server javob qaytarguncha shu so'rov va user bir biriga bog'lanib turadi, qachonki so'rov qaytsa keyingi amallar ishlash boshlanadi. Agarda so'rov soni ko'payib ketsa user serverga xuddi qo'l, oyoqlari bo'g'langandek bo'lib qoladi, bunda tizim qotib qolish holatlari bo'ladi, bu narsa huddi ko'lga qarmoq tashishga o'xshaydi, baliqni ilinishini kutib turasiz ))))

Asinxron esa, user serverga so'rovni tashib qo'yadida serverdan javob kelishini kutmay boshqa amallarni bajaraveradi, Bunda tizimni ishlash tezligi ma'lum darajada oshadi.

Masalan siz do'staringiz bilan restoranga bordiz, va hamma bir vaqtda offitsantga buyurtma beradi, va offitsant esa oshpazni oldiga borib, tayyor buyurtmalarni orqama-ketin olib kelishni boshlaydi. Mana shu asinxron ishlash bo'ladi. Agarga offisant barcha buyurtmalarni tayyor qilib keyin birdaniga hammasini olib kelsa - bu sinxron bo'ladi bunda vaqtdan yutqazish mumkin. Yana bir misol ratsiya aloqa vositasi ham sinxron ishlaydi, ikkala odam ham bir vaqtda gapira olmaydi, telefon esa asinxron....

Assalomu alaykum, yordam.uz saytimizga xush kelibsiz.

Bu saytda o`zingizni qiziqtirgan savollarga javob olishingiz va o`z sohangiz bo`yicha savollarga javob berishingiz mumkin.

Bizning Oilamizga a'zo bo`lganingiz uchun chuqur Minnatdorchilik bildiramiz !!!

Telegram kanal YordamUzRss

...