Assalomu alaykum, yordam.uz saytimizga xush kelibsiz.
Bu saytda o`zingizni qiziqtirgan savollarga javob olishingiz va o`z sohangiz bo`yicha savollarga javob berishingiz mumkin. Bizning Oilamizga a'zo bo`lganingiz uchun chuqur Minnatdorchilik bildiramiz !!!

Parallelism va Concurrency farqi

+3 ovoz
148 marta ko‘rilgan
so‘radi 11 fevral, 17 vejon (2,992 bal)
Assalom alaykum.

Juda global va ko'pchilikni chalg'itadigan savollardan biri parallelik(parallelism) va "birvaqtlik"(concurrency) haqida so'ramoqchi edim. Ularning farqi nimada? Qaysi hollarda ularni qo'llash foydali?
izoh qoldirdi 11 fevral, 17 vejon (2,992 bal)
Aniq, lo'nda ma'lumot bo'lsa yaxshi bo'lardi.

1 ta javob

+2 ovoz
javob berdi 12 fevral, 17 Behzod Tillaxonov (40 bal)
tanlangan 12 fevral, 17 vejon
 
Eng yaxshi javob

Qisqa qilib aytadigan bo'lsak:
Concurrency bu ko'p narsalar bilan bir vaqtning ichida ishlash.
Parallelism esa ko'p narsalarni bir vaqtda qilish.

To'liqroq qilib ayatadigan bo'lsak,
Parallelism - 2 yoki undan ortiq ishni bir vaqtda qila olishimiz, haqiqiy parallelism faqatgina ko'p yadroli protsessorlarda yuz bera oladi.
Concurrency - bir yadroli protsessorda ham yuz beradi, buni operation tizim darajasida ko'rib chiqamiz.
Bir yadroli protsessorlar bir vaqtning ichida 2 operatsiya bajara olmasligini bizga yaxshi ma'lum, shuning uchun operation tizimda har bitta jarayonga cheklangan kvant vaqt beriladi va shu vaqt ichida operation tizim o'z ishini bajara oladi, kvant vaqt tugagandan keyin boshqaruvni o'tkazish (context switch) yuz beradi. Shu yo'l bilan operation tizimlarda multitasking amalga oshirilgan. Masalan, bir vaqtning ichida ham musiqa eshitib, ham o'yin o'ynay olamiz. Protsessor shunchalik tez ishlaydiki, biz buni sezmaymiz ham. Shu vaziyatini biz concurrency deya olmiz.

"Rob Pike Concurrency Is Not Parallelism https://www.youtube.com/watch?v=cN_DpYBzKso "

Assalomu alaykum, yordam.uz saytimizga xush kelibsiz.

Bu saytda o`zingizni qiziqtirgan savollarga javob olishingiz va o`z sohangiz bo`yicha savollarga javob berishingiz mumkin.

Bizning Oilamizga a'zo bo`lganingiz uchun chuqur Minnatdorchilik bildiramiz !!!

Telegram kanal YordamUzRss

...