Assalomu alaykum, yordam.uz saytimizga xush kelibsiz.
Bu saytda o`zingizni qiziqtirgan savollarga javob olishingiz va o`z sohangiz bo`yicha savollarga javob berishingiz mumkin. Bizning Oilamizga a'zo bo`lganingiz uchun chuqur Minnatdorchilik bildiramiz !!!

Berilgan IP bo`yicha tarmoqqa bo`lish eng optimal usuli

+3 ovoz
147 marta ko‘rilgan
so‘radi 19 fevral, 17 User (144 bal)
tahrirlandi 19 fevral, 17 Saidolim
Berilgan IP bo`yicha tarmoqqa bo`lish eng optimal usulini ko`rsatib bera olasizmi?

Masalan, 101.20.0.0/24 IPni teng 12 ta tarmoqqa ajratish talab qilinsa va har bir parametrlarini ham.

Masalan, tarmoq oxirgi IP adresini broadcast, sherokovotilniy adresi va x.k.

1 ta javob

0 ovoz
javob berdi 19 fevral, 17 Saidolim (3,566 bal)
tanlangan 20 fevral, 17 User
 
Eng yaxshi javob

Teng 12 ta bo`la olmaysiz. Teng bo`lish uchun, 2 ning darajasi bo`lgan sonlarga bo`lish mumkin. Demak siz 8 yoki 16 ta teng bo`la olasiz.

Agar IP manzilingiz 10.20.0.0/24 bo`lsa, (101 xato ketgan shekilli. chunki siz local IP larni bo`la olasiz. global IP larni siz bo`lishiz uchun provider bo`lishingiz kerak)

10.20.0.0 dan 10.20.0.255 gacha IP larni ishlata olasiz.

Teng 16 ga bo`lib ko`raylik. 16 = 2 ^ 4 demak 4 ta bit suramiz. va 24 + 4 = 28 bo`ladi

10.20.0.0/28 - bu birinchi to`r to`plami bo`ladi.

to`r manzili : 10.20.0.0
broadcast : 10.20.0.15
IP manzillar: 10.20.0.1 - 10.20.0.14
host lar soni : 14 ta

255.255.255.240 maska orqali yasash mumkin bo`lgan IP lar quyidagi sonlar juftliklari orasida yotadi:

0-15, 16-31, 32-47, 48-63, 64-79, 80-95, 96-111, 112-127, 128-143, 144-159, 160-175, 176-191, 192-207, 208-223, 224-239, 240-255

Agar IP manzillar bilan ko`p ishlashingizga to`g`ri kelsa. Internetdan IP calculator so`zi orqali turli saytlarni topishingiz mumkin. Ishingizni oson qiladi.

Assalomu alaykum, yordam.uz saytimizga xush kelibsiz.

Bu saytda o`zingizni qiziqtirgan savollarga javob olishingiz va o`z sohangiz bo`yicha savollarga javob berishingiz mumkin.

Bizning Oilamizga a'zo bo`lganingiz uchun chuqur Minnatdorchilik bildiramiz !!!

Telegram kanal YordamUzRss

...