Assalomu alaykum, yordam.uz saytimizga xush kelibsiz.
Bu saytda o`zingizni qiziqtirgan savollarga javob olishingiz va o`z sohangiz bo`yicha savollarga javob berishingiz mumkin. Bizning Oilamizga a'zo bo`lganingiz uchun chuqur Minnatdorchilik bildiramiz !!!

Pascalda aylana chizish dasturi

+6 ovoz
670 marta ko‘rilgan
so‘radi 22 fevral, 17 eldorislomov (48 bal)
tahrirlandi 23 fevral, 17 Saidolim

Men 9 - sinf darsligida berilgan ushbu sariq fonda qizil rangdagi chiziqli aylana chizish dastur matnini kiritsam kompilyatsiya qilmayapti

Uses  Graph;
Var  gd,  gm:=Integer;
Begin  Gd:=Detect;   InitGraph(gd,gm,");
SetBkColor(Yellow);
Setcolor(Blue);      Line(10,10,630,200);
Setcolor(Green);     Circle(300,200,100);
Readln;    CloseGraph;
End.

Nima uchun bunday bo'lyapti?

buning to'g'ri variantini yozishga yordam berib yuboringlar iltimos!

O'zi umuman darslikda berilgan bironta dastur matni to'liq ko'chirilsa ham kompilyatiya bo'lmay error berayapti.

izoh qoldirdi 22 fevral, 17 oakrom (389 bal)
Kompilyator nima deb urushyapti? Kompilyatorni xatoliklarini yozing shunga qarab bir nima deyish mumkin.
izoh qoldirdi 23 fevral, 17 Unknown (803 bal)
Javoblardan to'g'risi bo'lsa belgilab qo'ying

2 Javoblar

+2 ovoz
javob berdi 22 fevral, 17 Kenjebaev (1,092 bal)
tanlangan 26 fevral, 17 vejon
 
Eng yaxshi javob
Uses Graph;
Var  
	gd, gm :Integer;
Begin  
	Gd:=0;   
	InitGraph(gd,gm,'');
	SetBkColor(Yellow);
	Setcolor(Blue);      
	Line(10,10,630,200);
	Setcolor(green);     
	Circle(300,200,100);
	Readln;    
	CloseGraph;
End.

Tepada men yozganni ishlatib ko'ring. Ishlashi kerak. Kitoblarda 50-60 masaladan bittasida xato chiqishi mumkin. Qolganlari to'g'ri bo'ladi. 

InitGraph(gd,gm,''); 
'' alohida ikki belgi.
izoh qoldirdi 22 fevral, 17 eldorislomov (48 bal)
Javob uchun rahmat!
Sizdan yana bir narsani iltimos qilmoqchiman, agar iloji bo'lsa tel raqamingizni yozing, men ko'p muammolarga duch kelyapmanda. Vaqtingiz bo'lsa tel qilib so'rardim.
izoh qoldirdi 22 fevral, 17 Kenjebaev (1,092 bal)
Telegramda @kenjebaev deb qidirsangiz topasiz.
Men yozgan kod xato ekanmi?
Nimaga bekor qildingiz?
izoh qoldirdi 22 fevral, 17 DelphiGuru (823 bal)
Kodingizda xech qanday xato yo'q.
izoh qoldirdi 22 fevral, 17 eldorislomov (48 bal)
Uzur uni bilmasdan bekor qilib qo'yibman, sizga yozaman deb shuni bosuvdim, telefonimda qanaqa belgi ekanligini ko'rsatmay to'rtburchakcha chiqib turgandida. Shu belgi javob qaytarish belgisimi debman
izoh qoldirdi 22 fevral, 17 eldorislomov (48 bal)
Telefonimda muammo bor ekan. Endi to'g'rilandiyov
izoh qoldirdi 22 fevral, 17 eldorislomov (48 bal)
Beminnat yordam qilayotgan barcha do'stlarga katta rahmat!
izoh qoldirdi 23 fevral, 17 eldorislomov (48 bal)
GRAPH.TPU topilmayapti
izoh qoldirdi 23 fevral, 17 oakrom (389 bal)
Turbo Pascalni original virtual mashinada ishlamaydigan versiyasini topib, 32 bitli OSda ishlating, shunda ishlaydi bu kod. O'zi nima maqsadda Turbo Pascalni ishlatyapsiz? Maktabda darslik sifatida ishlatmoqchi bo'lsangiz bu siyqasi chiqqib eskirib aktualligini yo'qotgan IDE, undan ko'ra birato'la Delphi 7da consol applicationlarda Pascal asoslarini boshlagan maqulroq, chunki yangi OSlarda bu eski IDE to'g'ri ishlashi amri mahol...
izoh qoldirdi 23 fevral, 17 eldorislomov (48 bal)
Pascal maktab darsligida berilgan ekan. Men institutga kirganimdan keyin kompyuterni o'zim ishlatib ko'rganman. Maktabda o'qiganligimizda kompyuter yo'q edi. Shuning uchun hozir qiziqyapmanda. Maktab darsligida esa shu berilgan ekan, menimcha eng osoni shu bo'lsa kerak deb shundan boshladimda, sizdan endi ma'lumot olaman deganimda svet o'chib qolib internetda ishlay olmay qolyapman. Shuning uchunmi o'zlashtirishim juda qiyin bo'lyapti.
+1 ovoz
javob berdi 22 fevral, 17 DelphiGuru (823 bal)
O'zgaruvchilarni e'lon qilishda, uning toifasini ostin ustun ikkita nuqta bilan berib o'tasiz.

Qolgan kodlar to'g'ri.  Sizdan iltimos, kompilyator qanaqa xatolik berayotganini bizga yozib yuboring!

Misol uchun GRAPH.TPU moduli topilmayotgan bo'lishi mumkin...
izoh qoldirdi 22 fevral, 17 eldorislomov (48 bal)
Javob uchun katta rahmat! Siz aytganday graph.tpu topilmayapti ekan.
izoh qoldirdi 22 fevral, 17 eldorislomov (48 bal)
Bazan error ,, ; " deb ham qoladi. Yani nuqtali vergulni xato deb ko'rsatadi.
izoh qoldirdi 22 fevral, 17 eldorislomov (48 bal)
Demak o'zgaruvchini
Var gd,gm: Integer
deb elon qilishim k.k ekanda a?
 
Aytgancha orada interval bo'ladimi yoki tagchiziq_____?
izoh qoldirdi 22 fevral, 17 DelphiGuru (823 bal)
Xa, tushunarli.  Sizga maslahatim, Turbo Pascalni toza versiyasini oling!  Windows 7 va Windows 8.1 uchun qayta ishlangan. Ya'ni Virtual Qutilarda ishlaydigan Turbo Pascal da juda ko'p xatolik bo'ladi.
izoh qoldirdi 22 fevral, 17 DelphiGuru (823 bal)
Xa o'zgaruvchilar faqat nuqtali vergullar bilan toifalari ta'riflanadi.

Var
  GD, GM: Integer;
  Satr: String;
  ....    va hokazo.
izoh qoldirdi 23 fevral, 17 eldorislomov (48 bal)
Endi sizlar yozgan kodni kiritsam Graph.TPU topilmadi deb yozayapti
izoh qoldirdi 23 fevral, 17 DelphiGuru (823 bal)
Delphi 7 dan foydalaning! Yoki PascalABC.Net dan foydalaning!
izoh qoldirdi 23 fevral, 17 eldorislomov (48 bal)
PascalABC.net ham dastur matnini kompilyatsiya qiladimi?

Assalomu alaykum, yordam.uz saytimizga xush kelibsiz.

Bu saytda o`zingizni qiziqtirgan savollarga javob olishingiz va o`z sohangiz bo`yicha savollarga javob berishingiz mumkin.

Bizning Oilamizga a'zo bo`lganingiz uchun chuqur Minnatdorchilik bildiramiz !!!

Telegram kanal YordamUzRss

...