Assalomu alaykum, yordam.uz saytimizga xush kelibsiz.
Bu saytda o`zingizni qiziqtirgan savollarga javob olishingiz va o`z sohangiz bo`yicha savollarga javob berishingiz mumkin. Bizning Oilamizga a'zo bo`lganingiz uchun chuqur Minnatdorchilik bildiramiz !!!

Ilova logika(Application logic) bilan Biznes logika(Business logic) ni farqi

+6 ovoz
120 marta ko‘rilgan
so‘radi 20 dekabr, 16 Unknown (802 bal)
tahrirlandi 20 dekabr, 16 Unknown

Assalomu Alaykum. 

Savolim (Senior larga):  "Application logic" bilan "Business logic" farqini kengroq tushuntirib bersangizlar? 

Ilova logikasi bu dasturlash jaryoni uchun sozlashlar(config) emasmi. Bu logikalarni tuzishni, o'zgartirishni kimlar(qaysi kasbdagilar) hal qiladi. Bu logikalar aynan qayerlarda yoziladi(controllerdami, viewdami, helperdami, ...)? 

Bu ikkala logikadan boshqa logika ham mavjudmi?

izoh qoldirdi 21 dekabr, 16 oakrom (389 bal)
tahrirlandi 26 dekabr, 16 oakrom
bu ko'proq falsafiy savol, ko'pchilik dasturchilar bu masalada turlicha fikr bildirishadi, kimdur ikkalasi alohida narsa deydi, kimdur biri ikkinchisini tarkibiga kirib ketadi deydi, kimdur umuman bu ikki narsani solishtirib bo'lmaydi deydi. Bu masala bo'yicha xali biror bir konsesusga kelishganini ko'rganim yo'q. Meni shaxsiy fikrim tizimning biznes logikasi dastruning logikasi tarkibiga kirib ketadi, biznes logikani odatda vazifa qo'yuvchilar (постановщик задач yoki buyurtmachi) belgilaydi, dasturdagi qolgan barcha narsa shu jumladan biznes logika ham dasturning logikasiga kirib ketadi...

1 ta javob

+1 ovoz
javob berdi 03 mart, 17 vejon (2,992 bal)
Qaysi holatda ishlatishga bog'liq. Lekin hamma holat uchun shaxsiy shablon qilib olish ham mumkin. Masalan,ma'lumotlar bilan ishlash jarayonida mos ravishda DAL, BLL va UI ko'rinishida.

DAL(Data Access Layer) - ma'lumotlar bazasi bilan ishlash uchun(MySql, MSSQL, Postgresql va boshqalar)

BLL(Business Logic Layer) - asosan, DAL yetkazib bergan ma'lumotlar ustida har xil amallar bajarish;

UI(User Interface) - Bunda foydalanuvchi interfeysi bo'lib, BLL bilan ishlaydi,

Bu kabi usul asosan .net loyihalarda qo'llaniladi.

Assalomu alaykum, yordam.uz saytimizga xush kelibsiz.

Bu saytda o`zingizni qiziqtirgan savollarga javob olishingiz va o`z sohangiz bo`yicha savollarga javob berishingiz mumkin.

Bizning Oilamizga a'zo bo`lganingiz uchun chuqur Minnatdorchilik bildiramiz !!!

Telegram kanal YordamUzRss

...