DBGridni DataSourcega, DataSourceni ADOQueryga ulash kerak, ADOQueryda SQL xossasiga saralash uchun SQL so'rov yozish kerak, keyin Active xossasini true ga o'zgartirish kerak. SQL so'rov namunasi:
select familiya, ism, gurux
from talaba
where familiya like 'Abdu%'
order by gurux, familiya, ism
Bu so'rov orqali talaba jadvalidan familiya maydoni 'Abdu' dan boshlanuvchi barcha qatorlarni, avval gurux maydoni, keyin familiya, keyin ism maydoni bo'yicha tartiblab faqat familiya, ism, gurux maydonlarini chop etadi.