Loyiha haqida

Hozirgi kunda internet olamida axborot texnologiyalariga oid o'zbekcha ma'lumotlar juda kam bo'lib, dasturlashni endi boshlagan yoshlar uchun sohaga oid zaruriy bilimlarni izlash, o'rganish bo'yicha qiyinchiliklar yuzaga kelmoqda.

Bundan tashqari, o'zganish davomida yuzaga kelgan o'zlarini qiynagan savollarga javob topishda ham foydali resurslar yetishmovchiligi kuzatilmoqda. Yana shuni ham ta'kidlash joizki, dasturlash jarayonida ba'zi bir sohaga oid savollar tug'ilganda va u savollarga o'zimizni ona tilimizda javob topish, qaloversa ba'zi hollarda axborot texnlogiyalarida bizni sharoit, tilimiz, davlatimiz, internetning o'zbekcha qismida, internetning O'zbekistonga oid qismida, qadimiy urf-odatlarimiz, mentalitetimizga oid bo'lgan katta va kichik muommolarni hal qilishda zaruriy, sifatli maydonning yo'qligi sabab, qaysidir ma'noda respublikamizda axborot texnologiyalarining rivojlanishiga va umuman respublikamizning rivojlanishiga to'sqinlik qilmoqda. Shu muommolarni hisobga olgan holda, axborot texnologiyalar sohasidagi sifatli ma'lumotlar, bilim, malakalarga bo'lgan ehtiyojlarni o'rganib chiqib, yordam.uz loyihasini yaratish va uni yuqori sifatli manba qilishga bir guruh ko'ngillilar qaror qilindi.

Ushbu loyiha UzGeeks guruhi asosida dunyoga kelgan bo'lib, o'zbekona hashar yo'li bilan ishga tushirildi. Loyiha ma'lum muddat davomida sinovdan o'tkazildi va sinov jarayonida bir qancha katta va kichik muommolar aniqlandi va aniqlangan muommolarni bartaraf etishga harakat qilindi. Shunisi e`tiborga loyiqki, haqiqatdan ham yordam.uz kabi resursga talab va ehtiyoj bor ekan!!!

Demak, yordam.uz'ning asosiy maqsadi internet olamida foydali, sifatli, tanlangan, to'liq va ishonchli, soha mutaxassislari shaxsiy malakalaridan foydalangan holda, o'zbek tilida axborot texnologiyalariga oid ma'lumotlarni bir joyda jamlash va axborot texnologiyalari bo'yicha yuqori sifatli savol-javoblar maydoniga aylanish!

Assalomu alaykum, yordam.uz saytimizga xush kelibsiz.

Bu saytda o`zingizni qiziqtirgan savollarga javob olishingiz va o`z sohangiz bo`yicha savollarga javob berishingiz mumkin.

Bizning Oilamizga a'zo bo`lganingiz uchun chuqur Minnatdorchilik bildiramiz !!!

Telegram bot @YordamUzBot

Telegram kanal YordamUzRss

Savol berish:
...